yo’nalishlarda o’rganadi. Bu fanning o’ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida mujassamlashtiilgan.
“ Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida odamlarning shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq hodisalarni alohida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) ijtimoiylashuv deyiladi.
Falsafa va ijtimoiy pedagogika.
Falsafa inson borlig’i masalalarini o’rtaga qo’yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashining umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo’limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo’ladi.
Etika va ijtimoiy pedagogika.
Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Falsafa, ijtimoiy tarbiya nazariya va uslubiyatining boshqa muammolarini o’rganadi.
Sosiologiya va ijtimoiy pedagogika.
Sosiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fan ijtimoiy tarbiya sosiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o’rgana turib ijtimoiy bitimlar sohalarining birqator ma’lumotlari: (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sosiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika.
Etnografiya xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o’z-o’zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o’rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy tarbiya sosiologiya va psixologiya inson hayotining yosh davrlarga bo’linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o’rnini belgilaydigan omillar ijtimoiylashuv va tarbiyaning etnik va qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika.
ijtimoiy psixologiya insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo’shilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini ham o’rganadi. Yosh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq omillarini ham o’rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o’rgana turib va ijtimoiy tarbiya uslubiyat va psixologiyasini ishlab chiqa turib ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.