Ijtimoiy pedagogika fanidan loyiha ishi topshiriq: Jeyms Klirning “Atom odatlar” asarini oʻqing va quyida berilgan savollarga javob yozing



Yüklə 16,55 Kb.
tarix03.06.2023
ölçüsü16,55 Kb.
#124547
3-topshiriq Ijtimoiy ped. (sirtqi)


Ijtimoiy pedagogika fanidan LOYIHA ISHI
Topshiriq: Jeyms Klirning “Atom odatlar” asarini oʻqing va quyida berilgan savollarga javob yozing.
I.Siz yoritishingiz kerak boʻlgan masalalar taxminan quyidagilar:

  1. Yaxshi odatlarni shakllantirishning toʻrt oddiy bosqichi haqida kitobda qanday mulohazalar mavjud?

  2. Odat yaqqol boʻlishi uchun intizom siri nimada?

  3. Inson shaxsiyatida yaxshi odatlar oson shakllanishi uchun ikki daqiqa qoidasi qanday?

  4. Xulq-atvor oʻzgarishining bosh qoidasi deyilganda asarda nimalar koʻzda tutilgan?

  5. Yaxshidan chinakam buyukka aylanish uchun qanday me’yorlarga rioya qilish zarur?

  6. Asardan olgan taassurotlaringiz va fikr- mulohazalaringizni yozib qoldiring.

  7. Siz Jeyms Klirning “Atom odatlar” asarini oʻqib chiqdingiz. Asarni oʻqiganligingizdan kelib chiqib, tasavvuringizda vujudga kelgan tasvirni topshiriqda aks ettiring. (tasvirni qogʻozga chizib, fotosuratini joylashingiz ham mumkin.)

Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda yozing.

II. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 25.
a) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida toʻliq, yoritib bersa, 22-25 ball bilan baholanadi.
b) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, 17-21 ball qoʻyiladi.
c) Agar mustaqil ishni toʻliq yoritishga harakat qilsa va unda 5-8 ta kamchiliklar boʻlsa – 11-16 ball qoʻyiladi.
d) Agar talaba mustaqil ishda asarni oxirigacha oʻqimasdan tayyorlasa, bir necha kamchiliklarga yoʻl qoʻysa, yetarlicha savollarga javob yozolmagan boʻlsa- 5-10 ball qoʻyiladi.
f) Agar mustaqi ish mavzusi belgilangan tartibda yoritilmagan boʻlsa yoki ushbu asarni oʻqimay tahlil etsa – 0-4 ball qoʻyiladi.

Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan joʻnatishingizni soʻrayman.


III. Topshirish muddati: 09.06.2023. Soat: 23:55.
Barchaga omad yor boʻlsin!
Fan oʻqituvchisi: Qalandarova Zarafshon
Yüklə 16,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin