2- Topshiriq Innovatsion texnologiyalar asosida ota-onalar yigilishi dasturini ishlab chiqing O‟qituvchi-sinf rahbari, mehribon tarbiyachidir. Maktabning boshlang‟ich sinflaridagi muhim xususiyatlardan biri-biriga qadrdon o‟qituvchi rahbarligida 4-yil hamkor, hamdard bo‟ladilar. SHu sababdan boshlang‟ich sinf o‟quvchisi oila va ota-onalar jamoasi bilan ham ishlash o‟ziga xos xususiyatga ega: Har bir inson farzand ko‟rish va uni voyaga yetib borishini to‟rt ko‟zlab, kuzatayotganidan Allohga hamdu sanolar aytib, u buyuk ne‟matni qadriga yeta bilishi lozim. Bu ne‟mat bolaning maktabga birinchi qadamidir. G‟ulomiddin Akbarzoda «Ilm demak jon. Ilm demak madaniyat «dini odobiga sabib» demak, deb yozgan edi. Bas, shunday ekan ota-ona 1-sinf o‟quvchisining ilm dargohidan ko‟p bilim va tarbiyaga ega bo‟lishi uchun nimalar qilishi kerak: 1. O‟qituvchi muqaddas siymo u sizning maslahatchingiz, uni ardoqlab obro‟- e‟tiboriga sadoqatli bo‟lish. 2. Sinf va maktab jamoasining ta‟lim-tarbiya tadbirlariga faol qatnashib taklif va mulohazalaringizni aytish. 3. Bolangizda nima yaxshi, nima yomon ekanligani uqtirib sharqona rasm-rusm, udum an‟analarimizdan xabardor qilish o‟qituvchiga ko‟makdosh bo‟lish. 4. Bolangizning o‟quv ishlariga yordam berib borish. Unga beriladigan topshiriqlarni bajarishda ularga yordamingizni berish. 5. Bolangizda maktab, sinf, o‟qituvchi va o‟rtoqlarga nisbatan yaxshi fikr uyg‟otish, chunki 1-sinf o‟quvchisining maktab sharoitiga moslashtirish ancha murakkab ruhiy holatdir. 6. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatidagi munosabatini kuzatib, so‟rab borish. Bunday suhbatda yaxshi, juda yaxshi, marhamat, rahmat, baraka top kabi sehrli So’zlarni, nojo‟ya harakat sodir bo‟lgan bo‟lsa, «chakki ish bo‟libdi», «men kutmagan edim» kabilarni ishlatish. 7. Ota-ona maktabning yaqin yordamchisi bo‟lishi, ko‟makdoshi o‟z farzandining kamoli bilan yashashi kabilar. Birinchi ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikasi. Har bir o‟quv yilining boshida o‟tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy, nazariy, ma‟naviy va metodik jihatdan mazmunan tashkil qila bilish ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib doimiy qatnashuvchi bo‟lishiga zamin hozirlaydi. Bundan majlis o‟qituvchidan ko‟p bilim va mahorat talab etadi. Dastlab undagi masalalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak. Bular: har bir oila a‟zosi va shart-sharoiti haqidagi ma‟lumotta ega bulish: - oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini soz yoki nosozligini aniqlash; - har bir o‟quvchi shaxsi hahida to‟liq ma‟lumotga ega bulish; - oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.
Birinchi majlisni o‟tkazishdan oldin o‟qituvchining tayyorgarligi:
1. Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash.
2. Majlis o‟tadigan joyni jihozlash.
3. Majlis o‟tkazish metodini tanlash; suhbat, tushuntirish.
4. Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa ma‟lumot tayyorlash.
5. Ota-onalar jamoasi nizomini
Ko’rgazma tariqasida tayyorlash (maktab rahbariyatining nizom haqidagi chiqishini hozirlash). 6. Sinf ota-onalar qo‟mitasini saylash. Birinchi ota-onalar majlisi samarasi ko‟p jihatdan o‟qituvchining shaxsiga bog‟liqdir. Uning o‟zini tutishi, muomalasi, ishbilarmonligi, har bir o‟quvchi va oilasi haqida ma‟lumotga ega bo‟lishi, ota-onalarga ijobiy taassurot qoldiradi. Kuzatishlarimiz shuni ko‟rsatadiki, maktabdagi ota-onalar majlisini yuqori saviyada bo‟lmasligi ota-onalarni maktabdan sovitadi. Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki tabellarni berib qo‟l qo‟ydirishdir. Ayniqsa «yomon» o‟qiydigan bolalarning ota-onalarini jamoa orasida obro‟sizlantirishga intilish holatlari, ota-onalarni maktabdan uzoqlashib ketishiga sabab bo‟ladi. Bunday majlislardan voz kechish kerak. Mustaqil O‟zbekiston Respublikasining milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlovchi yangicha munosabat maktab – ota-onalar yosh avlodning tarbiyasiga zarurdir. Har bir ota-onalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli shakllarda tashkil qilish, talabga muvofiqdir. Ya‟ni: – «Pedagog maslahatiga amal qilamiz» mavzusidagi majlislar; – «Uchrashuvchi majlis», (olim, tibbiy xodim, sanьat madaniyat arboblari); – bahs majlislari: ta‟lim-tarbiyaga doir mummolar yuzasidan yoki pedagogik adabitlar yuzasidan; «Merosga ixlos» majlislari; – bola tarbiyasiga doir Qur‟oni Karim, Hadis va mutafakkirlarning dono fikrlaridan foydalanish; – sinf ota-onalar majlisini o‟tkazish tartibi; – sinf o‟qituvchisi va ota-onalar qo‟mitasi a‟zolarining oldingi majlislarida qabul qilingan qarorlarining bajarilishi haqida axborotlari eshitiladi. Majlis maqsadiga ko‟ra mavzuning e‟lon qilinishi (yuqorida ko‟rsatilgan majlis turiga ko‟ra uning mazmuni asoslab beriladi). Ota-onalar fikr va mulohazalari eshitiladi. O‟quv-tarbiya ishlaridan savol va talablarni muhokama etiladi. Turli masalalar hal qilinadi. Sinf majlisi qarori chiqarilib, tasdiqlanadi. O‟qituvchi kelgusi majlis rejasi bilan tanishtiradi. Majlis o‟tkazish tartibi mavzuning o‟ziga xos xususiyatiga kura o‟zgarib boradi. Ota-onalarga pedagogik bilim berish shakl va rejalari. Inson kamoloti shunchalik murakkabki unga hayotiy tajriba yetarli emas uning uchun o‟rganish, bilim, o‟qish nihoyatda zarurdir. K.D.Ushinskiy «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» hamda «Pedagogik adabiyot orasida»gi risolalarida Ota-ona uchun pedagogik bilim dastlab pedagogik adabiyotlar o‟rganishdan boshlanadi. Bola tarbiyasidagi bilim xalq ruhi bilan sug‟orilgan-xalqchilik g’oyasiga asoslangandagina ota-ona bilimdon tarbiyachilik san‟atiga ega bo‟la oladilar», – deyilgan. Pedagogik bilim ota-onalar uchun nihoyatda zarur. Bu bilim maktabda, mahallada va kundalik axborot vositalari orqali berib boriladi. Lekin hayotimizdagi yangi-yangi muammolar pedagogik bilimini yanada kuchaytirishni, chuqurlashtirishni talab etadi. Ota-onalar uchun ma‟ruza. Ma‟ruza ota-onalarga pedagogik bilim beradigan turlardan biridir. Ota-onalar uchun mo‟ljallangan ma‟ruza ta‟limi-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‟lishi kerak. Ota-onalar uchun pedagogik bilim beradigan ma‟ruzalar mavzulari: – millin istiqlol mafkurasini shakllantirish va barkamol inson tarbiyasida otaonalar o‟rni. – oilada iqtisodiy tarbiya. – ma‟naviy meros va oila. – siz o‟tmish avlodlaringizni bilasizmi? Oilanoma yaratish masalalari. – mutafakkirlar ijodiyotida oila tarbiyasi. – farzand tarbiyasida xalqimiz qo‟llagan usullar. – oiladagi adolat –to‟g‟ri tarbiya asosidir. – farzandingiz sahiy, muruvvatli bo‟lsin desangiz? – oilada iymon-e‟tiqod tarbiyasi. Ota-onalar uchun tanlangan mavzular quyidagicha rejalashtiriladi. Mavzu: «Ma‟naviy meros va oila». Maqsad: Ota-onalarga o‟tmish merosimizdan bolani oilada tarbiyalash haqidagi mutafakkir va ma‟rifaparvarlar asarlaridagi ta‟limotlar haqida bilim berish. Ma‟ruzani ta‟minlovchi manbalar: a) utmish ma‟rifatparvar va mutafakkirlarning asarlari (Abu Ali Ibn Sinoning «Tadbir al-manozil», Alisher Navoiyning «Maqbubul qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqiy Muxsiniy» asarlaridagi oila tarbiyasidagi g‟oyalar. b) ko‟rgazmalar-allomalarning rasmlari va kitob namunalari. v) didaktik materiallar, dono so‟zlar yozilgan kartochkalar, faktlar. Maruzaning kirish qismi.
Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamda milliy meros haqida tushuncha. Bu boradagi O‟zbekiston rahbariyatining olib borayotgan siyosati. Ma‟ruzaning asosiy qismi. Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy va Voiz Koshifiylarning asarlaridagi davomiylik g‟oyalarining bir-biri bilan bog‟langanligi, asarlarning yaratilishi haqida ma‟lumot boriladi. So‟ngra asardagi oila, ota-onaning hurmat, vazifa, burchlari haqidagi ma‟lumotlar. Oilada ayol va erkak fazilatlari qanday qilib farzand burchini anglatishi muammolari. Axloq-odob tarbiyasidagi dono fikrlar, rivoyat, hikoyat, tanbehlar orqali asoslab, tushuntirib maktab hayoti bilan bog‟lanadi. Ma‟ruzaning yakuniy qismi. Milliy merosimizdan qanday foydalanishga doir metodik ko‟rsatma va tavsiyalar beriladi. Maktabda «Ota-onalar kunini» tashkil qilish pedagogik bilim berish turlaridan biridir. Ota-onalarni maktabga ma‟lum kunda taklif etib turli o‟quv-tarbiya ishlaridan xabardor qilish an‟anaviy ahamiyatga ega bo‟lib, u «Maktabda ota-onalar kuni» yoki «Ochiq eshik»lar kuni deyiladi. Bu kundagi ish tartibi quyidagicha bo‟lishi mumkin: 1. Pedagogik maslahat burchagani tashkil etish. 2. Bolalar ijodiyotidan kurgazmalar uyushtirish. 3. Ochiq darslarga ota-onalarni taklif qilish. 4. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish. 5. Ota-onalar uchun kontsert dasturini namoyish etish. Yuqoridagi ota-ona va maktab hamkorligidagi ishlar metodik jihatdan to‟g‟ri tashkil etilsa ijobiy natija beradi. Ota-onalar bilan ishlash. Bu bo‟limda oilalarni o‟rganish (oilaning ijtimoiy ahvoli, o‟quvchiga yaratilgan shart-sharoitlar, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini o‟rganish), ota-onalar faollari bilan ishlash (ular yordamida va ishtirokida bolalar tarbiyasiga oid turli-tuman ishlar rejasini tuzish, ular tomonidan ba‟zi oilalarga ko’mak va ta’sir o‟tkazish), ota-onalarning tarbiyaga oid bilimlarini oshirish (otaonalar majlislari, dorilfununlari tashkil qilish, yaxshi oilalar tashviqoti bilan shug‟ullanish, o‟zaro tajriba almashish). Keltirilgan reja tartibini majburiy deb qaramaslik kerak. Sinf rahbarlari ish rejasi turlicha tuzilishi va har xil shaklda bo’lishi mumkin. Bu sinf rahbarlarining ish saviyasi, tajribasi, o‟z kasbiga qiziqishi, har xil sinflarda ish sharoitlarining turlichaligiga bog‟liqdir. SHuni nazarda tutish lozimki, ish rejasi qaysi shaklda bo‟lishdan qat‟i nazar, tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari mazkur rejaning muhim bo‟limlaridan biri bo‟lishi shart. Ish rejasini tuzish va uni hayotga tadbiq qilish ishlariga o‟quvchilar va ota-onalar faollarini jalb qilish kerak. Avvalo ular alohida topshiriqlarni, asta-sekin esa rejada ko‟rsatilgan keng hajmdagi ishlarni amalga oshiradi. Rejaga kiritiladigan ish va tadbirlar, ularning mazmun-mohiyati, amaliyotga tadbiq qilish haqida mazkur kitobning tegishli bo‟limlarida atroflicha fikr yuritilgan.
3- Topshiriq
“Rivojlanishida anomal bo‘lgan bolalarni reabilitasiyalashda ijtimoiy pedagogning imkoniyatlari. .” mavzusida slayd taqlimot tayyorlang. PowerPoint shaklida joylashtiring.