2. Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni. Yan Amos Komenskiyning pedagogik sistemasi.
Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi ornini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo'ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda katta hissasini qo'shdilar.
Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha yondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qogoz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o'nlik tizircf kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo'lish o'ylab topildi.
Eramiz boshlanishidan oldin O'rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo'lgan joyda O'rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li qurildi. So'ngra O'rta Osiyo orqali Xitoydan O'rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo'li» ochildi. Natijada O'rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.
Ayniqsa, qadimgi yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.
Yunoniston uncha katta bo'lmagan bir qancha quldorlik davlatlari- dan tashkil topgan. Uning mo'tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo'ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi.
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar. '
Lakoniya (Sparta)da kemalar to'xtaydigan qulay gavanlar bo'lma- ganligi tufayli qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo'lgan quldorlar 250 mingdan ko'proq aholiga hukmronlik qilardi. Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo'hb, uning asosiy maqsadi spartaliklaming bolalarini baquwat, jismoniy soglom, bardoshh, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklaming bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog'lom bo'lish uchun turh mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og'riqqa bardosh berishga o'rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf ohm Plutarx Sparta maktablari- dagi ta’hm-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:
«O'qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirjishni, chidamli bo'lishni va engish ilmini o'rgatishni ko'zda tutar edi».
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalash¬dan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo'hb ko'ringan har qanday qulni o'ldirar edilar. Maktablarda «didaskol» deb atalgan o'qituvchilar mashg'ulot olib borar edilar. (Men o'qitaman, degan ma’nodagi «didasko» so'zidan keyinroq «didaktika» — ta’hm nazariyasi kehb chiqqan).
O'g'il bolalami maktabga qullar etaklab borar edi, bunday qul pedagog deb atalgan («pays» - bola, «agogeyn» - etaklab borish degan so'zlardan ohngan). Grammatist maktabida o'qish, yozish va hisoblash o'rgatilar edi, o'qishda harflarni hijjalab o'qitish usuh, so'ng qo'shib o'qish usuhdan foydalanganlar. Yozuvni o'rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalangan va ingichka cho'p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblagan. Kifarist maktabida adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomatsiyalar o'rgatilar edi.
O'g'il bolalar 13-14 yoshga etganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o'quv yurtiga o'tar, bu yerda ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug'ullanardilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurashish, disk va nayza uloqtirish, suvda suzish kabilar. Palestrada o'qish tekin bolgani uchun yoshlaming ko'pchihgi shu yerda o'qish bilan cheklanib qolar edi. Badavlatroq oiladan bolganlari esa palestrani tugat- gach gimnasiyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o'rgatilar, tahsilni tugatganlar davlat boshqaruvihda qatnashishlari mumkin edi.
Nihoyat, Spartada bolgani kabi, Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar Efeblar qatoriga o'tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va siyosiy bilimlarini
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining tug'ilishiga imkon yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Suqrot(Sakrat). (eramizdan awalgi 469-399-yillar) O'zining ijtimoiy kehb chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o'g'li edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o'z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzihshini, buyujmlarning fizik holatini bilib bo'lmaydi, odamlar faqat o'zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo'hshi bilan birga ajoyib notiq ham edi. Keng maydonlarda so'zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o'tkazar, tinglovchilami savol-javob yo'li bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot Chexoslovakiyalik gumanist-pedagog Yan Amos Komenskiy o'zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o'qitish va tarbiyalashdek ohjanob ishga bag'ishlagan ulug1 pedagogdir.
Buyuk chex pedagogi 1592-yili 28 martda Moraviyadagi Ugorskiy Brod degan joyda tegirmonchi oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo'lib, bu jamoa Chexiyaningozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlami o'z atrofiga to'plagan edi.
Komenskiy ota-onasidan ajrahb, ancha vaqt o'qiy olmaydi, 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o'qishga kiradi. Bu haqda Komenskiy shunday yozgan edi: Men o'sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimning orqada ekanhgini ko'rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishh bo'hshi kerak. Maktabni tugatgach Xorbomi universitetiga (Germaniya) o'qishga kiradi,so'ngra Geydelberg universitetida o'z davrining bilimdon professorlaridan ma’ruza tingladi. Komenskiy Avstriya va Gollandiyada bo'lib iqtisodiy-siyosiy hamda madaniy hayot bilan tanishib ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi. metodi»(Evristik) nomi bilan fanga kirgan. Chexoslovakiyalik gumanist-pedagog Yan Amos Komenskiy o'zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o'qitish va tarbiyalashdek ohjanob ishga bag'ishlagan ulug1 pedagogdir.
Buyuk chex pedagogi 1592-yili 28 martda Moraviyadagi Ugorskiy Brod degan joyda tegirmonchi oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo'lib, bu jamoa Chexiyaningozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlami o'z atrofiga to'plagan edi.
Komenskiy ota-onasidan ajrahb, ancha vaqt o'qiy olmaydi, 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o'qishga kiradi. Bu haqda Komenskiy shunday yozgan edi: Men o'sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimning orqada ekanhgini ko'rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishh bo'hshi kerak. Maktabni tugatgach Xorbomi universitetiga (Germaniya) o'qishga kiradi,so'ngra Geydelberg universitetida o'z davrining bilimdon professorlaridan ma’ruza tingladi. Komenskiy Avstriya va Gollandiyada bo'lib iqtisodiy-siyosiy hamda madaniy hayot bilan tanishib ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi. Komenskiy o'z asarlarida tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashekanligi va buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkinligini uqtiradi. Bular:
1. Aqliy tarbiya.
2. Axloqiy tarbiya.
3. Diniy tarbiyalardir.
Bular bola tug'ilganidan 24 yoshiga kirguncha amalga oshiriladi, bu vaqt mobaynida bola har biri 6 yildan bo'lgan to'rt maktabni o'qib tugatishi kerak, deb hisoblaganulug' pedagog. Komenskiy materialni mustahkam, asosli o‘zlashtirishga katta ahamiyat berib, «mustahkam asos» vujudga keltirish, o'qitilayotgan narsalarni bir-biriga bog'lagan holda olib borish lozim, deydi. O'tilgan mavzuni mashq qildirish va takrorlatish o'quvchilarning mustahkam o'zlashtirishiga ohb keladi.
Sinf - dars tizimi. Komenskiy o'qituvchi butun sinf bilan jamoa bo'lib ish olib borishini, ya’ni sinf - dars tizimida o'qitishni ohb borishni tavsiya etadi. Dars vaqtida o'tgan darsni qaytarish, yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish kerakligini ko'rsatadi. Darsni rejalashtirib o'tish to'g'risida ko'rsatma berar ekan har bir darsning o'z mavzusi va o'z vazifasi bo'hsh lozimligini aytadi. O'qituvchi o'quvchilarning dars mashg'ulotlarida faol qatnashishlarini ta’minlashi, kuzatib borishi, sinfda intizom saqlanishi kerakligini uqtiradi. O'quv jarayonini tashldl qilishni haddan tashqari oshirib yuborib, o'qituvchi bir vaqtda 300 o'quvchi bilan dars ohb borishi mumkin, deb hisobladi. O'qituvchi o'ziga yaxshi o'quvchini yordamchi qihb ohshi mumkinligini aytadi.
3. Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g‘oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik nazariyasi va didaktik ta’limoti. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. K.D.Ushinskiy o’qituvchilik va professorlik faoliyati davrida hamma bilimini tаlаbаlarga berishga, ularda ilm-fanlarni qunt bilan, jiddiy suratda o’qish havasini to’g’dirishga, ularda xalqqa muhabbat, unga xizmat qilish uchun tayyor turishi hissasini tarbiyalashga intiladi. Ushinskiyning taraqqiyparvarlik faoliyatini ko’rolmagan reaksion kayfiyatdagi professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar vazirligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati yozdilar, K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto’g'ri, buzuq, xavfli kishi deb tuhmat toshi otilgan 1884 yilda Yevropada bo'lib o'tgan inqiloblar podsho hukumatini chuchitadi. Podsho hukumati shubhali kishilarni ta`qib ostiga ola boshlaydi. Shu jumladan Ushinskiy ham 1849 yilda liseydan “yomon otliq” qilib ishdan bo'shatiladi. Shundan so'ng u moddiy jihatdan qiynaladi. Shu yillari o'z zamonasi uchun mashhur bo'lgan “Zamondosh (“Sovremennik”)” va “O’qish uchun kutubxona” (“Biblioteka dlya chiteniya”)” jurnallarida adabiy xodim bo'lib ishlaydi, chet tillarini (ingliz tili) o'rganadi. Chet tillardagi asarlarni rus tiliga tarjima qiladi. 1859 yilda Ushinskiy Smolniy aslzoda qizlar institutida o'qituvchi va inspektorlik vazifasida ishga o'tadi. Bu o’rta ma`lumot beradigan maktab yopiq o'quv yurti bo'lgan, bunda qizlar ta`lim va tarbiya olganlar. Ushinskiy institutga ishga borgach tubdan islohotlar o'tkazadi. 1860-61 yillarda «Xalq maorifi ministrligi» jurnaliga rahbarlik qildi, quruq, kishilarni qiziqtirmaydigan umumiy jurnalni ilmiy pedagogika jurnaliga aylantirdi. K.D.Ushinskiyning tarbiya nazariyasi falsafa, filologiya, pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, tarix fanlari qonuniyatlariga asoslanadi. Uning fikricha, tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat: tarbiyachi va o'qituvchilar tarbiyaning prinsipini, qoidalarini o'rganishlari kerak va shu bilan birga ana shu qoida va qonunlarni amaliyotga qo'llay bilishlari kerak. Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Bu asar pedagogik-psixologik asardir. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi. K.D.Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim. Har bir avlod o'z xis tuyg'ularini, tarixiy voqialar, diniy e`tiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg'u vaxursanchiliklarini ona tili xazinasiga qo'shadi. Xalq butun ma`naviy xayoti natijalarni ehtiyot qilib o'z tilida saqlab keladi. Til bor ekan, xalq ham bor, xalqning hayot ekanligini til orqali bilish mumkin. Bola ona tilini o'zlashtirganda tovush va birikmalarni bilibgina qolmasdan tushunchalar, fikrlar va tuyg'ular badiiy obrazlarni ham o'zlashtiradi. Ushinskiy kishi kаmоlgа еtgаn bo’lishi uchun uning аqliy, jismоniy vа аxlоqiy o’sishi bir-birigа uyg’un bo’lishi kеrаk dеb bildi. Ushinskiyning fikrichа аxlоqiy tаrbiyaning vоsitаlаri qo’yidаgilаr: 1. Ta`lim; 2. O'qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar qalbiga quyosh nuridek ta`sir etadi. 3. E`tiqod bolalarda-e`tiqodni tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib bo'lmaydi. 4. O'qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo'lishi (pedagogik odob). 5. Ogohlantirish. 6. Qiziqtirish va jazolash. Ushinskiy insonning to'g'ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan takomil-lashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O'qish ham mehnatdir va mehnat bo'lib qoladi, ammo to'la ma`noli mehnat bo'lishi lozim” – deb hisoblaydi.
K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi Ushinskiy didaktika sohasidagi qarashlarini “Ona tilini o'qitish yuzasidan qo'llanma, “Maktab-maorif ishlarini o'rganish uchun Shveysariya bo'ylab sayohat” maqolalarida bayon etdi. Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik. Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan. Ushinskiy o'quv materialni anglab, puxta va mustaxkam o'zlashtirishga katta e`tibor berdi. O'quv materiallarini takrorlashga doir metodikani ishlab chiqdi. Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi. Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o'qitish” nomli maqolasida zarur metodik ko'rsatmalar berdi. Uning fikricha o'qitishning uch vazifasi bor: 1. Bolalarning nutqini o'stirish. 2. Bolalarni o’z tilidan foydalanishga o'rgatish. 3. Tilning mashqini o'zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi. K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir darsliklar ham tuzdi:
1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan.
2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3-4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan.
Ushinskiyning fikricha, o'qituvchi xalq orasida chiqqan bo'lishi kerak: u pedagogika va psixologiyani bilishi, pedagogik odob va mahoratlarga ega bo'lishi kerak. O'qituvchi o'z ustida mustaqil ishlab, ongini turli yangiliklar bilan boyitib borishi lozim.
Ushinskiy 1861 yilda “O’qituvchilar seminariyasining proekti” maqolasida boshlangich maktablar uchun o'qituvchilar tayyorlash tizimini taklif etdi. Xulosa qilganimizda, Ushinskiy Rossiyada maorif sohasida ko'p xizmat qildi. U «Rus dumboqchalarining do'sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”.