Ijtimoiy pedagogika


Bolalar va yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning holati va tarbiyaviy imkoniyatlari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/13
tarix15.04.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#55517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Абдуназарова Динара кур иши слайд

2. Bolalar va yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning holati va tarbiyaviy imkoniyatlari.

O’quv-tarbiya jarayonida o’quvchi-yoshlarni OAVlari yordamida ma‟naviy shakllantirish masalasi qaralganda matbuotining bu sohadagi imkoniyatlarini ham o’rganish maqsadga muvofiq. CHunki, bugungi kunda matbuoti nafaqat guruhlar devoriy gazetalari, ko„p tirajli gazetalari, radio-televidenie tarmoqlarini, balki tobora kengayib borayotgan kompyuter, internetni ham o’z ichiga oladi.

YUqorida ko„rsatilgan imkoniyatlarning barchasini hisobga olgan taqdirdagina ma‟naviyat bilan bog„liq ishlarimiz mazmuniga o’zimiz yashab turgan vaqt (davr)ning ruhi, nafasini muntazam ravishda singdirib borish mumkin.

O’quvchi-yoshlarda axborot madaniyati ko„nikmalarini shakllantirish murakkab jarayon sanaladi. Uning murakkabligi shundaki, mazkur jarayonni izchil, uzluksiz, tizimli boshqarishning imkoni yo„q. SHu sababli yoshlarda ommaviy axborot vositalar foydalanish ko„nikmasini shakllantirishda ta‟lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, oila hamda ommaviy axborot vositalarining xizmatlaridan samarali foydalanish talab etiladi. Bunda, ayniqsa, davlat tasarrufida bo„lgan ommaviy axborot vositalari – gazeta, eurnal, tele-radiokanallarning tarbiyaviy ta‟sir imkoniyatlarini aniq maqsadga yo’naltira olish muhimdir.

Ta‟lim muassasalarida yoshlar orasida axborot madaniyatini ta‟minlashning ijtimoiy-pedagogik ahamiyatini yorituvchi amaliy harakatlarni tashkil etishga jiddiy e‟tibor qaratilishi kerak. bunda quyilagi yo’llardan foydalanish, kutilgan natijalarni qo’lga kiritishga imkon beradi:

1. Yoshlar orasida axborot manbalariga bo’lgan qiziqishlar darajasini o’rganuvchi tashxis xizmatidan foydalanish.

2. Ma‟naviy-ma‟rifiy targ’ibotni yo’lga qo’yish.

3. Nodavlat hamda tijorat faoliyatiga asoslangan ommaviy axborot vositalari faoliyati yuzasidan «Ijtimoiy o’rganish»ni yo’lga qo’yish.

 

4. Yoshlarning g’oyaviy-mafkuraviy immunitet va dunyoqarashga egaliklarini o’rganish maqsadida monitoringni tashkil etish va hokazo.



 


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin