3. Tarbiyaviy tadbirlar orqali bolalar va yoshlarni ommaviy axborot vositalaridan foydalanib ma’naviy-axloqiy tarbiyalash.
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o`quv dargohlarida, balki radio, televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang – barang axborot va ma`lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini, faqat o`rab –chirmab, uni o`qima, buni ko`rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o`rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning maqsad – muddaolarimizga ham to`g`ri kelmaydi. Sababi biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o`z oldimizga qat`iy maqsad qilib qo`yganmiz va buy o`ldan hech qachon qaytmaymiz. Davlatimiz kelajagini o`z qobig`imizda o`rmashibolgan holda emas, balki umumbahsariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o`zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang–barangligini o`z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko`ramiz. Biz butun ma`rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o`zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz. Biz uchun boshqa yo`l yo`q. Aniqrog`i, yoshlarimizning ma`naviy olamida bo`shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat – ehtirom tuyg`usini bolalik paytidan boshlab, shakllantirishimiz zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma`naviyatiga qarshi yo`naltirilgan, bir qarashda arzimas bo`lib tuyulgan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko`zga ko`rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo`lmaydigan ulkan ziyon yetkazish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |