1. Bolalar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish davr talabi.
Axborot bugungi kunda davlatlarning geosiyosiy ta‟sirini belgilovchi kuchga aylanmoqda. Sohta axborotlar insonning qalbini, ongini nishonga oladi, ruhiyatini zaharlaydi, istiqbolga ishonchni susaytiradi, shuurida ikkilanishni paydo qiladi. Quloqqa xabar bo„lib kirsada, miyani o’qday jarohatlaydi.
Hozirgi kunda dunyoning tunli burchaklarida paydo bo’layotgan nizolar, urushlar terorchilik xati-harakatlarning avj olishiga bundan manfaatdor tashqi kuchlar ta’siridagi ommaviy axborot vositalarining informatsion xurujlari ham sabab bo’layapti.
Tabiiy xavf – bu tabiat qonuniyatlariga muvofiq ro’y beradigan xavf bo’lib, ko’p hallarda uni bartaraf etish mashaqqatga aylanayapti. Masalan, ilm-fan, texnika va texnologiya yuksak darajada rivojlangan mavjud sharoitda ham er yuzining turli xududlarida sodir bo„layotgan suv toshqinlari, dovullar, ekologik inqirozning oldini olishga muvaffaq bo’linmayapti. Ibtidoiy tuzum kishilari uchun eng katta xavf – bu tabiiy xavf, ya‟ni, tabiiy ofatlar edi. Tabiiy jarayonlar mohiyatini to„g„ri baholay rlmagan kishilar tabiat tomonidan yuzaga keltirilga xavfning oldida butunlay ojiz edilar. Bugungi kunda ham tabiiy xavf mavjud va u insoniyat hayotini, salomatligiga salbiy ta‟sir ko„rsatib turibdi. Biroq, shuni ham ta‟kidlab o„tish lozimki, global tabiiy xavfning paydo bo„lishiga asosiy sababchi – bu insonning o„zi. Global isish, ozn qatlamining emirilishi, ekologik inqiroz kabilarningyuzaga kelishida bevosita inson omili etakchi o’rin egallamoqda.
Ijtimoiy xavf-Axborot- xavfsizlikni ta‟minlash uchun malakatimizga kirib kelayotgan barcha axborot xurujlarga qarshi kurash yo’llarini va choralarini ko„rish kerak bo„ladi. Buning uchun axborot xavfsizligini nima ekanligi anglab etish lozim. Mamlakatimiz va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib ijtimoiy munosabatlar sohasida aytish mumkinki, axborot xavfsizligi –bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining axborot sohasidagi turli tahdidlardan mustahkam va etarli darajada himoyalanganligi holatidir.
Internet fenomenining ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur o’rganishni va yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish vazifasini yuklaydi. Kuchli mafkuraviy ta‟sir ko’rsatish vositasi bo’lgan internet tizimi jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Ushbu tizimdan qo’poruvchilik, g„aoyani «eksport» qilish, odamlar ongini manipulatsiya qilish maqsadlarida foydalanish mumkinligi esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtiradi, yoshlarni elektron «sayberterrorizm» qarshisida chorasiz qilib qo’ydi.
Dostları ilə paylaş: |