2 kurs talabasi (………)
23
Ijtimoiy
tarbiya
nazariyasini
ishlab
chiqishda
etnografiya
va
etnopsixologiya ma‘lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni
tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda
inobatga olish lozim. Shu bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos
tushadigan etnosda shakllangan tarbiya usullaridan Shu xalq doirasida ijtimoiy
tarbiya tizimida foylanish maqsadida muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv
va tarbiyaning ba‘zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va
o‘rnini to‘ldirish ham lozimdir.
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. ijtimoiy
psixologiya insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari faktini keltirib chiquvchi
inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, Shuningdek bu guruhlarning
psixologik ta‘riflarini ham o‘rganadi. YOsh psixologiyasi inson ruhiyati
dinamikasi va yosh xususiyatlari Shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq
omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya
(jinoyatShunoslik) muammolarini o‘rgana turib va ijtimoiy tarbiya uslubiyat va
psixologiyasini ishlab chiqa turib ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma‘lumotlaridan
foydalanadi.
Shunday qilib ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning intizomiy sohasi
hisoblanadi. Uning asosi pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va
vositalar hisoblanadi. Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari ijtimoiyogiya
tomonidan o‘rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba‘zi ijtimoiyogik
nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi. Shu bilan birga ijtimoiy
pedagogika o‘zining nazariya, uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab
chiqadi.
YUqorida bayon etilgan isbot dalillar asosida YU.N.Galaguzovaning
ta‘rifiga juda yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta‘rifi quyidagicha:
ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish,
jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik
faoliyatning samaraliusullari texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga
qaratilgan pedagogika sohasi.