Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


  TARBIYA VA IJTIMOIY TARBIYA



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə12/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

6. 
TARBIYA VA IJTIMOIY TARBIYA

O‘zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an‘analarga ega davlat bo‘lgani


uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining Sharq mutafakkirlari va diniy
arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o‘zbek
ma‘rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi
faoliyati ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma‘lum bir
davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib
qo‘shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha bo‘lgan davrda pedagogikadan voz kechish,
so‘ngra ijtimoiy muammolarni ma‘lum qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan
bo‘lsa, ana Shu asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy
nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini o‘rganadi, keyinchalik unga
burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX
asrning 90-yillarida ro‘y berdi. Uning qayta ―tug‘ulishi‖ ijtimoiy pedagoglarning
zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy pedagogika fanining
yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va
jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat,
byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy
holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy hayotni
demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta‘minlangan
qatlamlariga e‘tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi
davrning nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog‘ini bu ikki soha bir-biridan
alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida


2 kurs talabasi (………)


20
shakllanishiga ta‘sirini ko‘rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to‘liq
qamrab oluvchi ta‘rif mavjud emas.
Masalan, Yu.V.Vasilkova bu fanni ―alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va
o‘qitish nazariya va amaliyoti‖ deb ta‘kidlaydi
1
.
A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika-―barcha yosh guruhlar va
ijtimoiy toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi pedagogikasi‖dir
2
.
V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan yutuqlarini
birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya amaliyotida amalga oshiradi
3
, deb
hisoblaydi.
I.Podlaso‘yning ―Pedagogika darsligida quyidagicha ta‘rif mavjud: ―
ijtimoiy pedagogika-ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya
muammolariga ta‘siri qonuniyatlarini o‘rnatuvchi fan‖
4
.
Yu.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob‘ekti va predmetini
aniqlash orqali ta‘rif bermoqchi bo‘lgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun ―fan‖
tushunchasining o‘zi inson faoliyatining ob‘ektiv bilimlarni tizimlashtirish va
ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta‘kidlash lozim. Tushunchaning
ilmiy mazmuniy jihatini o‘rganish ― ijtimoiy pedagogika‖ atamasining o‘ziga
e‘tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo‘lib, ularni bitta sohaga
birlashtirib turadi. Bu birlaShuv tasodifiy emas va fanda tabaqalaShuv va
ixtisoslaShuvning zamonaviy jarayonlariga bog‘liq. Pedagogika fanida
tabaqalaShuv va ixtisoslaShuv jarayoni so‘nggi paytlarda ancha kuchaydi. Ba‘zi
bir ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi,
maxsus pedagogikasi, kasb-xunar pedagogikasi, tarix pedagogikasi mustaqil ilmiy
sohalarga aylanib bo‘lishdi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak
bo‘ladi.
1
2
3
4


2 kurs talabasi (………)


21
Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika singari ta‘lim-tarbiya jarayoni
jarayoni va hodisalarini o‘rganadi dalolat beradi. Biroq ularni muayyan o‘ziga xos
yo‘nalishlarda o‘rganadi. Bu fanning o‘ziga xos xususiyati ― ijtimoiy‖ so‘zida
mujassamlashtiilgan.
― Ijtimoiy‖ (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida
odamlarning shakllari, ular o‘zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog‘liq
barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o‘sib kelayotgan
avlodlarning ta‘lim tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta‘lim-
tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq
xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning jamiyatga ―kirish‖ jarayoni, uning muayyan
ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari)
ijtimoiylashuv deyiladi.
Shunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob‘ekt va
predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi.
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob‘ekti- bu bola, biroq
o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani
tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa
bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, bu
ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay natijada ularning o‘ziga xos
vazifalari tufayli uzoqlashishi ro‘y berdi. Umumiy pedagogikaning spetsifik
vazifasi ta‘lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogning
asosiy kasbi hisoblanadi.
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni
o‘rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini ,nimaga bir
guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga
harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda,
uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Shu bilan birga o‘z rivojlanishida
umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo‘ldi. Hozirda
uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari
muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida


2 kurs talabasi (………)


22
yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy
pedagoglar faoliyatning turli sohalari: ekologiya, badiiy ijod, sog‘lomlashtirish
sohalarida ixtisoslashishadi. Ijtimoiy pedagogning kompleks xarakteri uning
boshqa fanlar bilan munosabatida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin