Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə8/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo‘lib, uning
muddati to‘rtoydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni
yechishga qaratiladi, ya‘ni model markazida Shunday talab turadiki, yordam
ko‘rsatuvchi mutaxassis shaxslar o‘z harakatlarini oiladagi muammolarini
yechishga yo‘naltirishlari kerak. Bu model muayyan holatlarda aksar
muammolarni odamlarni o‘zlari xal qilishlariga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning
asosiy vazifasi aynan Shunday holatlarni yaratishdir, muammoli modelning
yetakchi metodi yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasida shartnoma
tuzilishidir. SHartnoma tuzilayotganda oilaning vazifasi oldinda turgan
faoliyatning maqsad va vazifalarinianiqlashdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa
bu maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo‘lgan muddatni
belgilash.
Shuni ta‘kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasidagi shartnoma
biznes yoki nikoh shartnomasiga o‘xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas,
balki axloqiy majburiyatlarga ega bo‘lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi.
SHartnoma bo‘yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda,
qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini ta‘minlaydi. O‘smirlar va o‘spirinlar


2 kurs talabasi (………)


15
bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga
jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega.
Asosan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari
psixoijtimoiy yondoShuvga asoslanishadi va to‘rtoydan ortiq vaqtni talab qiladi.
Psixoijtimoiy yondaShuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga
odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish, oilaga ta‘sir qiluvchi boshqa
ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o‘zgartirishdan iborat. Aynan ijtimoiy pedagogik
yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin