2 kurs talabasi (………)
12
4.
OILAGA IJTIMOIY PEDAGOGIK YORDAM SHAKILLARI
Pedagogik yordam o‘z ichiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki
yo‘nalishini oladi: ta‘lim olishda va tarbiya olishda yordam.
Ta‘lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni
bartaraf etish va ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga
qaratilgan.
Ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi masalalar bo‘yicha ota-onalarning
keng yoritishni ko‘zda tutadi:
-ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va
ijtimoiy-biologik tayyorgarligi;
-bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda
ota-onaning o‘rni;
-bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona obro‘ e‘tiborining ahamiyati,
-oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati, bolalarga pedagogik ta‘sir
usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabat shakllantirish.
Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan avvalo, ota-
onalar bilan ularga maslahat berish orqali, Shuningdek esa bola bilan maxsus
tarbiyaviy holatlar yaratish orqali o‘tkaziladi.
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo‘nalishi 2 komponentdan
iborat: ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va korreksiya (to‘g‘rilash).
Qo‘llab-quvvatlash qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni
yaratishga qaratilgan turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotgan
oilalarni psixologik qo‘llab-quvvatlashni ijtimoiy pedagogning qo‘shimcha
psixologik ma‘lumot bo‘lganda amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu ishni
psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo‘llab-quvvatlash
kompleks tarzida amalga oshirilsa nihoyatda foydali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog
oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o‘rnini, oilaning
jamiyat bilan aloqasini tahlil qilib muammoni o‘rganadi, psixolog esa psixologik
testlar va boshqa metodlar vositasida oila a‘zolarining nizoga olib keluvchi ruhiy
holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo‘ladi.
2 kurs talabasi (………)
13
SHaxslararo munosabatlarning korreksiyasi asosan oilada bolaga
nisbatan ruhiy zo‘rlik bo‘lganda qo‘llanadi. Ruhiy zo‘rlik bola asab-ruhiy va
jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. YAqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli
e‘tibor berilmagan. Bunaqa zo‘rlikka bolani qo‘rqitish, uni haqorat qilish, g‘ururini
poymol qilish, ishonchini oqlamaslik kiradi.
Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni Shunday korreksiyalashi
lozimki, oilada tartib va intizomni ta‘minlashga qaratilgan barcha choralar bola
huquqlari
to‘g‘risidagi
Konvensiya
talablariga
asoslanishi
lozim.
Psixoterapiyadan farqli o‘laroq korreksiya oila ichidagi nizolarni ochib
ko‘rsatadi. Uning maqsadi oila a‘zolariga ular o‘rtasidagi munosabatlarni bilishga
ko‘maklashishdir.
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo‘nalishi uch komponentdan
iborat: tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga
yordam.
Tashkil qilishga yordam oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan.
Oilaviy dam olish o‘z ichiga xayriya auksionlari o‘tkazish, oilaviy bayramlar,
tanlovlar, uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga solishga yordam berish muayyan oilaning muammosini hal
qilish bo‘yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday
muammolarga:
1. Bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish,
2. Bolalikka olish,
3. Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.
Axborot berishga yordam oilani ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha
axborot bilan ta‘minlashga qaratilgan va konsultatitsiya shaklida o‘tkaziladi.
Masalalar maishiy, oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar,
ayollar, nogironlar huquqlari, Shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo‘lishi
mumkin.
Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari
2 kurs talabasi (………)
14
Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari muhtojlarga ijtimoiy
pedagogik yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo‘ladi.
Qisqa shakllar ichidan olimlar o‘zaro munosabatlarning intervent va
muammoli modellarini ajratishadi.
Oila bilan ish yuritishning
intervent modeli inqirozli holatda bevosita
yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o‘zgarishlar yoki
tasodifiy noxush holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Inqirozli holatga qaysi muammolar sabab bo‘lganidan qat‘iy nazar
ijtimoiy pedagogning vazifasi bevosita emotsional yordam ko‘rsatish orqali stress
holatining ta‘sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini bartaraf etishga
qaratishdir.
Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va vositachilik xarakteriga ega
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: