2 kurs talabasi (………)
5
Ishontirish metodi jamiyatda kabul qilingan meyorlarni bola xulki va
faoliyoti motivlariga ko`chirishga yordam berib, e‘tikodni shakllantiradi.
E’tikod - bu bolaning ma‘naviy bilimlarining xakikiyligi va adolatliliga
kat‘iy ishonch bo`lib, u shaxsning axlokiy faoliyatga va xarakatga ichki xoxishidir.
E‘tikod - bu muayyan xarakatning zarurligi va to`griligini
tuShuntirish va
isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongi, xis - tuygulari
va irodasiga ta‘sir o`tkazadi. Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun
bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning xulki va kizikishlarini, shaxsiy
tojribasini xisobga olishi zarur.
2 kurs talabasi (………)
6
2.
MMT BOLALARNING MOSLASHUV KO’NIKMALARINI
SHAKILLANTIRISH TEXNALOGIYALARI
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslaShuvi uning
hamma narsani egallashga bo‘lgan ob‘ektiv ehtiyoji jarayonidapaydo bo‘ladi.
Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob‘ektiv ehtiyoj -o‘ziga xosligini
namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul
va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallaShuvi ro‘y
beradi. Bu hodisa Shunda namoyon bo‘ladiki, shaxsning
ijtimoiy ahamiyatga ega
hislatlari individual, faqat Shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo‘ladi, uning
ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib bolaning
ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (
ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallaShuv
(mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish).
Shu tarzda ijtimoiylashuv
tushunchasi zamonaviy fanda moslaShuv (birlashish) va individuallaShuv
jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning
aniq bir jamiyat sharoitlariga moslaShuvidir. moslaShuv sub‘ekt va ijtimoiy muhit
faolliklarining yaqinlaShuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslaShuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat
bildirishidir.
Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslaShuv)
individning ijtimoiy
mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. IndivuallaShuv insonning xali
yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob‘ektiv ehtiyojlari bilan bog‘liq jamiyatdagi o‘z-
o‘zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish;
b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish;
v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasini aniqlab
olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon
bo‘ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalaShuv
jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlaShuvi ro‘y
2 kurs talabasi (………)
7
beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro ta‘sir etish ham sodir
bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslaShuv va
individuallaShuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin.
Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish,
erkin mo‘ljal olish.
-
muomala-muomala
doirasini
kengaytirish,
uning
mazmunini
chuqurlashtirish, xulq-atvor me‘yorlarini o‘zlashtirish.
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning
faol ishtirokchisi sifatida
shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni
shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: