ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni
kuzatganmisiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakdi faoliyat
aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, xattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va
jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan,
yoki yangi fikrni topib, undan
mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga
oshirayotgan - misol uchun, uzum ko‘datini ortiqda barglardan xalos etayotgan bog‘bon
harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqda
ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy xarakatlar - shaxsning ongli tarzda, idki psixologik mexanizmlar vositasida amalga
oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday
harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z idiga oladi. Bunday
harakatlar quyidagi
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
•
perseptiv - ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va
xodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
•
mnemik faoliyat, narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning
eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab
faoliyat turi;
•
fikrlash faoliyati - aql, fahm - farosat vositasida turli xil muammolar,
masalalar va
jumboqlarni yedishga qaratilgan faoliyat;
•
imajitiv - (“image” -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda
hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning
xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida
shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida
psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada
interiorizatsiya
deb ataladi, aksinda, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi
faoliyatga ko‘dirilishi
eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan,
shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har
bir elementni jiddiy ravishda, alohida-
alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt
o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu
oddiy tilga o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat
yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa,
faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz
buni
ko‘nikmalar deb ataymiz.
Ko‘nikmalar - doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi.
Masalan, ko‘nikma va malakalar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham o‘quv faoliyati
jarayonida shakllanadigan barda ko‘nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o‘qishini
ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat
malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yo‘llari quyidagida bo‘lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
tushuntirish yo‘li bilan;
ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.
hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy
urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport
sohasida va ijodiyotda
muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu barda
insonlarga xos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yida tabaqalashdir. Bu - muloqot, o‘yin, o‘qish va
mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamdi faoliyat
turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kudli ehtiyojlardan biri - inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab
gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan
ehtiyojlaridan kelib diqadi. Shaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan
boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat
turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat
normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki
o‘ynamagunda, kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi.
O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rolü o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu
shunday faollikki,
uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi
albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga xissa qo‘shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda
faoliyatning barda qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini
egallash uchun ham unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo‘lganda yana
esga tushirish orqali uni bajarish bo‘lmay, balki ham idki (psixik), ham tashqi (predmetga
yo‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yotishini
unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishiga majbur
qilgan psixologik omillar - sabablar muhim bo‘lib, bu
faoliyat motivlaridir.
Dostları ilə paylaş: