«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha


Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy xarakatlar



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy xarakatlar. Har qanday faoliyat real shart-
sharoitlarda, turli usullarda va turlida ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir 
harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar 
majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari 
va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning 
predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida 
o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil 
etuvdi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo‘naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va idki 
faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va 
hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, idki faoliyat - birindi navbatda aqliy faoliyat 
bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kedishidan kelib diqadi. Kelib diqishi nuqtai nazaridan 
idki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib diqadi. Dastlab predmetli tashqi 
faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar idki aqliy jarayonlarga 
aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq 
tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyindalik idida o‘zida gapirishga o‘rganib, o‘ylaydigan, 
mulohaza yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi. 
Har qanday sharoitda ham barda harakatlar ham idki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik 
nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, 


ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni 
kuzatganmisiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakdi faoliyat 
aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, xattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va 
jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan 
mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga 
oshirayotgan - misol uchun, uzum ko‘datini ortiqda barglardan xalos etayotgan bog‘bon 
harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqda 
ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi. 
Aqliy xarakatlar - shaxsning ongli tarzda, idki psixologik mexanizmlar vositasida amalga 
oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday 
harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z idiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi 
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 
perseptiv - ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va 
xodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi; 
mnemik faoliyat, narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning 
eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab 
faoliyat turi; 
fikrlash faoliyati - aql, fahm - farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va 
jumboqlarni yedishga qaratilgan faoliyat; 
imajitiv - (“image” -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda 
hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning 
xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida 
shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida 
psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya 
deb ataladi, aksinda, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi 
faoliyatga ko‘dirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi. 
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, 
shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-
alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt 
o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu 
oddiy tilga o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat 
yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, 
faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz 
buni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar - doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. 
Masalan, ko‘nikma va malakalar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham o‘quv faoliyati 
jarayonida shakllanadigan barda ko‘nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o‘qishini 
ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat 
malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yo‘llari quyidagida bo‘lishi mumkin: 
„ 
oddiy namoyish etish yo‘li bilan; 
„ 
tushuntirish yo‘li bilan; 
„ 
ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan. 
hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy 
urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda 
muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.


 Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu barda 
insonlarga xos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yida tabaqalashdir. Bu - muloqot, o‘yin, o‘qish va 
mehnat faoliyatlaridir. 
Muloqot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamdi faoliyat 
turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kudli ehtiyojlardan biri - inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab 
gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan 
ehtiyojlaridan kelib diqadi. Shaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan 
boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat 
turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi. 
O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar 
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat 
normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki 
o‘ynamagunda, kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi. 
O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rolü o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu 
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi. 
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi 
albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga xissa qo‘shishdir. 
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda 
faoliyatning barda qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini 
egallash uchun ham unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo‘lganda yana 
esga tushirish orqali uni bajarish bo‘lmay, balki ham idki (psixik), ham tashqi (predmetga 
yo‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yotishini 
unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishiga majbur 
qilgan psixologik omillar - sabablar muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin