qanchalik oson bo‘lsa,
gapni tugatib, xayrlashib ketishi ham oson. Suhbat tugagandan keyin
qolgan ishini davom ettirib ketaveradi.
Rigid suhbatdosh esa uning aksi. Bunday shaxs qatiyatli, dadil bo‘lsa ham, bir faoliyat
turidan ikkinchisiga ko‘chishi juda qiyin, u ma’lum muddatni talab qiladn. Chunki u
o‘ylamasdan tavakkal ish qila olmaydi. Masalan, u xat yozayotgan
paytda kirib qolsaniz, to biror
bo‘lagiga nuqta quymaguncha sizga qaramaydi. Qaragandan keyin esa, tezgina suhbatga kirisha
olmaydi. Rigid shaxs juda yaxshi suhbatdosh. Mobil tipdagi suhbatdosh bilan gaplashayotganda
u tez-tez gapni bo‘lib, suhbatdoshga tashabbusni bergisi kelmaydi, rigid esa juda diqqat bilan
tinglaydi. Lekin o‘zi
gapirganda, sekin, mantiqan to‘g‘ri gapirishni yaxshi ko‘radi, gapini
bo‘lishlarnni sira istamaydi. Agar suhbatni bo‘lsangiz, keyingi safar siz bilan gaplashmay qo‘ya
qolishni afzal ko‘radi. Agar u bilan urishib qolsangiz, ancha vaqtgacha uning jaxli chiqmaydi,
sizni oxirigacha eshitib, sekin javob beradi, undagi ranjish, jaxl chiqishi
odatda siz ketgandan
keyin keladi. Agar uning suhbatdoshi toqatsiz odam bo‘lsa, ikkalasining chiqishishi qiyin,
chunki u uzoqdan kelib tushuntirishni yaxshi ko‘radi. Demak bu tiplar ham har xil, har birida
ham yaxshi, ham yomon sifatlar bor.
Dominant va tobe toifali shaxslar
Dominant tip muloqot jarayonida sira ham boshqalardan past kelishni xohlamaydi, savol
berilsa,
xohlasa javob beradi, bo‘lmasa, indamasligi ham mumkin. U doimo suhbatdoshga ta’sir
ko‘rsatishi, uning bo‘ysunishini xohlaydi. Unda egoizm hissi kuchli, o‘zi xato fikr yuritsa,
xatoligini suhbatdosh sezsa ham uni bo‘yniga olmaydi. Dominant tip — qatiyatli. Suhbat
davomida u sizning fikringizni yarim yo‘lda tushunsa, sizni oxirigacha tinglashni istamaydi,
gapni bo‘lib, mayinlik bilan gapni tugatib qo‘yishi mumkin. Agar ikkala suhbatdosh ham
dominant bo‘lishsa, unda ular o‘rtasida osongina
raqobat hissi yuzaga chiqishi, kelishmay
qolishlari mumkin. Shuning uchun janjallashib qolmaslik uchun dominant shaxsning
mustaqilligi, dadilligiga ko‘nish, unga o‘z
nuqtai nazarini oxirigacha bayon etish imkoniyatini
berish lozim.
Tobe tipli shaxs esa suhbatdoshning qarashlariga moslashadi, doimo yon berishga
tayyor, shuning uchun u kam janjallashadi, lekin yomon ko‘rib qolgan odami bilan umuman
gaplashmaydi. Suhbat sharoitidagina u asta-sekin o‘zining dadilligini ko‘rsatishi,
ochiq
gaplashishi, ba’zan e’tirozlar bildirishi mumkin. Tobe shaxsli bolalarni rag‘batlantirish
maqsadga muvofiqdir, shuning uchun ham ularni maqtab turish, gapirayotganda ko‘zlar, yuz
ifodalari bilan ularni ruhan qo‘llab turish kerak. Biror qarorga kelish kerak bo‘lib qolsa, bu shaxs
qarorni yaxshisi siz qabul qilishingizni xohlaydi, chunki javobgarlikni bo‘yniga olishni
istamaydi.
Yuqorida keltirilgan tiplarni kuzatar ekanmiz,
barchasida yaxshi va yomon, noqulay
sifatlar borligini ko‘ramiz. Hayotda ko‘pincha sof u yoki bu tip vakili uchramaydi, lekin u yoki
bu vaziyatlarda takrorlanadigan fazilatlarga qarab odamlarni tiplarga bo‘lamiz. Bundan tashqari,
bir marta ko‘rishda odam haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Uni turli sharoitlarda bir necha
marta kuzatish lozim.
Dostları ilə paylaş: