o‘zlashtirish
normalarini bajarish, amaliyotda bo‘lish, dekanatning bergan jamoatchilik
topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu rol uning uyga
borgach bajaradigan «farzandlik» roli (ota va ona, yaqin qarindoshlar oldida) talab va
imtiyozlaridan farq qiladi. Ya’ni, konkret shaxsning o‘ziga xosligi va qaytarilmasligi u
bajaradigan turli - tuman ijtimoiy rollarning harakteridan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra,
kimdir
«tartibli, ba’mani, fozil, ahloqli va odobli» deyilsa, kimdir - be’mani, bebosh, o‘zgaruvchan,
ikkiyuzlamachi (ya’ni, bir sharoitda juda qobil, boshqa yerda - betartib) degan hayotiy mavqega
ega bo‘lib qoladi.
Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar ko‘p
ligi sababli ham, turli vaziyatlardagi uning
mavqei - statusi ham turlicha bo‘lib qoladi. Agar biror rol shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida
uning o‘zi uchun o‘ta ahamiyatli bo‘lsa (masalan, talaba roli),
u boshqa rollarni unchalik
qadrlamasligi va oqibatda, o‘sha vaziyatda boshqacharoq, noqulay
va noboproq mavqeni egallab
qolishi mumkin. qolaversa, rollarning ko‘pligi ba’zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi
mumkinki, oqibatda - shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi mumkin.
Masalan, sirtdan tahsil olayotgan talaba sessiya paytida ishlab turgan
korxonasiga komissiya
kelishi va uning faoliyatini tekshirayotganligini bilib, ruhiy azobga tushadi - bir tomondan,
talabachilik
va uning talablari, ikkinchi tomondan - kasbdoshlar oldida uyalib qolmaslik uchun
har kuni ishxonaga ham borib kelish.
Dostları ilə paylaş: