shaxs
xulq-atvorini boshqarish
mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning
asosiy
vazifalaridan biridir.
Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari
Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va
o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm - bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu - shaxsning atrof
muhitida sodir bo‘layotgan
ijtimoiy hodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda
idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida
odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir.
Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorda bevosita namoyon bo‘ladi. U yoki bu xulq-
atvorning sababi uning motividir. Ijtimoiy psixologiya shaxs xulq-atvorining motivlari sifatida
ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganadi.
Rus olimi V.A. Yadov o‘zining dispozision konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to‘rt
bosqich va to‘rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.
A) elementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘p incha ongsiz
tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy
shart - sharoitlarni va
odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya.
B) ijtimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan
shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart - sharoitlar va shaxsning
ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak.
V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni
o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir.
G) qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr
- qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar
shunday qadriyatlardir,
biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk
insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o‘z qadrini yo‘qotmay
kelayotgan
qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan
motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir guruh asarlar yoqadi.
Lekin nima uchun xuddi shu asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. O‘sha
guruhdan yangi bir kitob qo‘lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo‘ladi. Shu
ma’noda olib qaralganda, ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosabatlarga o‘xshaydi.
Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida
munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham,
baholar sistemasi ham, bilimlar ham o‘z ifodasini topadi.
Ya’ni, ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan munosabat bildirishining
ichki mexanizmidir, shu ob’ektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok
qilishga tayyorgarlik holatidir.
Ijtimoiy ustanovka muammosi G‘arbda, ayniqsa, Amerika Qo‘shma
Shtatlarida har
taraflama chuqur o‘rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning
avvalgi xayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlarga bog‘liqligini o‘rganib, shaxs xulq-
atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. Ular ijtimoiy
ustanovkani bir so‘z bilan— ''attityud" so‘zi bilan ifodalaydilar. 1942 yildayok M. Smit
attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra
attityudda uch qism
bo‘lib, bular kognitiv qism, affektiv qism hamda konativ qismlaridir.
Dostları ilə paylaş: