Ijtimoiy-psixologik testlar Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qiska sinov usuli bo‘lib, ular yordamida u
yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qiska muddat ichida bir texnik usul — testda tekshiriladi.
Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni— bir test yordamida bir ob’ektning u yoki bu
xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish mumkin. Lekin ularni universal deb
bo‘lmaydi, chunki u yoki bu testni faqat qanday turdagi ob’ektda sinalgan bo‘lsa, shunga
o‘xshash ob’ektlardagina qo‘llashmumkin, qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy
xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda
hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning
muloqot sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs
aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik
kerakki, testni tuzish, uni ob’ektlarda sinovdan o‘tkazish, xattoki, tayyor testni moslashtirish
yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir.
Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‘z ''kaliti" bo‘ladi va bu
kalitning egasida maxsus lisenziyalar, ya’ni kelishuvga ko‘ra ishonchli shaxslargagina sotish,
berish huquqi bo‘ladi. ''Kalitsiz" esa maxsus testlarni hech kim ishlata olmaydi.
Test - so‘rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni
taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya -
ekstroversiyani o‘lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berish so‘raladi.
Test - topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni
nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi ijodiylilikni aniqlash uchun ko‘pincha bir qarashda
oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o‘zi xoxlagancha
rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning
o‘ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va
kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko‘rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi
ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo‘llashning qulayligi, bir guruhda natija
bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o‘tkazish imkoniyatining borligi bo‘lsa,
kamchiligi - ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda
uning kechishiga ta’sir ko‘rsatishi, faktlarni soxtalashtirishi mumkinligidir.