Hujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator
afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga
imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi,
matematik qayta ishlash
imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy hodisalarni kontent-analiz usuli orqali tekshirish
Materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli ijtimoiy
psixologiyada
kontent-analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy mohiyati shuki,
uning
yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd
etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari
amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo‘lib, ular bu usulni birinchi marta
ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, uning g‘oyaviy yo‘nalishini
aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy amerikalik»
nomli gazetaning kundalik
chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo‘nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan
va uning chiqishini ta’qiqlashga erishgan edilar.
Kontent-analizni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv
birliklari — kategoriyalarni aniqlashdir. Chunki bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va
tadqiqotchining e’tiqodi va dunyoqarashiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin. Masalan,
kontent-
analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik — ramziy birlik yoki simvollar
bo‘lishi mumkin, deb hisoblashgan bo‘lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday
birlik yaxlit mavzu bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Aslida, bunday birliklar kontent-analizda
ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun
ham ko‘pgina
tadqiqotchilarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin
deb hisoblaymiz:
a) alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik
tashabbus, hamkorlik va hokazo);
b) yaxlit abzaslar, matnlar, maqolalar va shunga o‘xshashlarda ko‘tarilgan
mavzular
(masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va
hokazo);
v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari;
g)
ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar,
O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o‘quvchilarning
munosabati va
shunga o‘xshash).
Yaxshi o‘tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta
ahamiyatga ega. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir
tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan,
tadqiqot
so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni
tushuntirib berish kerak.
Dostları ilə paylaş: