murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan
munosabatiga bog‘liqdir.
2. Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi, lekin savollar tartibiga ham e’tibor berish
kerak, chunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa, bu narsa repondentni cho‘chitib qo‘yishi,
hattoki, to‘ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi ham mumkin.
Shuning uchun
boshida yengil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini qiziqtirib olib, keyin qiyinroq,
psixologik
savollarga o‘tish, oxirida yana “neytralroq" savollar berish maqsadga muvofiq.
3.
Yakuniy qism yoki “pasportichka" respondentning shaxsiy sifatidagi ob’ektiv
ma’lumotlarni olishga qaratilgan bo‘lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va
boshqalar so‘raladi.
Anketalar tarqatilish uslubiga ko‘ra, qo‘l
bilan tarqatiladigan, pochta orqali
yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to‘ldiriladigan formalarga bo‘linadi.
To‘plangan ma’lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuterlar
yordamida analiz qilinadi
.
Dostları ilə paylaş: