topshirig‘i beriladi. Ya’ni, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar,
tugatilmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan buyumlar, yog‘ochlar berilishi
mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o‘zining
hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai
nazaridan baho berishi mumkin.
Proektiv usullarga mashhur "Rorshaxning siyoh dog‘lari" testini kiritish mumkin (1921
y.). Bu dog‘lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog‘lardan iborat bo‘lib, har
bir dog‘ har xil buyoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir "dog‘" ning nimani
eslatayotganligini aytish so‘raladi. Uning fikridan va so‘zlaridan, assotsiatsiyalarga qarab (ularni
kontent-analiz qilib) shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.
Yana bir proektiv usul—bu S. Rozensveygning rasmli assotsiatsiyalar usulidir. Bunda
hayotda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga
tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir
gapirayotgan holda
gavdalantiriladi, unga qarshi tomondagi shaxs esa hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiruvchi
tekshiriluvchidan tez, qiska muddat ichida bo‘sh kataklarga berilishi mumkin bo‘lgan javobni
yozishni so‘raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yo‘nalishn, uning ziddiyatlarga
munosabati, agressiya-jaholat
hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va
shunga o‘xshash muhim faktlar
to‘planadi.
Ijtimoiy-psixologik eksperiment
Ijtimoiy psixologik eksperiment—bu ijtimoiy hodisalarni o‘rganish maqsadida
tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o‘rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqotdir.
Bunday
muloqotning bo‘lishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana
shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to‘playdi. Umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi, ijtimoiy
psixologiyada ham tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlari farqlanadi. Tabiiy eksperimentga
misol qilib, rus pedagogi A. Makarenkoning jamoaning shakllanishi
va uni uyushtirish borasida
olib borgan tadqiqotlarini olish mumkin. Amerikalik psixolog M. Sherif esa guruhlararo
munosabatlarga taalluqli fenomenlarni tabiiy sharoitlarda maxsus reja asosida tekshirib
o‘rgangan. Uning asosiy maqsadi vaqtinchalik tuzilgan jamoa — yozgi ta’til lagerlarida
kooperatsiya hamda turli ziddiyatlarning paydo bo‘lishidagi psixologik sabablarni o‘rganishdan
iborat edi.
Laboratoriya eksperimenti odatda maxsus sharoitlarda,
maxsus xonalarda, kerakli asbob-
uskunalar yordamida o‘tkaziladi. Birinchi marta laboratoriya sharoitida ijtimoiy psixologik
tadqiqotni rus olimi Bexterev o‘tkazgan edi. U maxsus asboblar yordamida idrokning aniqligini,
xotiraning sifatini, kuzatuvchanlik xususiyatlarini yakka holda va guruh
sharoitida solishtirib
o‘rgandi va guruhning
borligi har bir guruh a’zosi psixik jarayonlariga bevosita ta’sir etishini
isbot qildi.
Bundan tashqari, maxsus asbob-uskunalar yordamida guruh a’zolaridagi
ishonuvchanlik—konformizm hodisalarini ham eksperimental tarzda o‘rganish mumkin.
Guruhdagi bunday xodisalarni o‘rganish uchun maxsus moslamalardan foydalaniladi.
Modellashtirish metodi kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki
boshqa usullar yordamida
o‘rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bunda o‘sha
hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida
tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi.
Shunday qilib, ijtimoiy psixologiya hozirgi kunda juda ko‘p metodlarga ega, biz tanishib
chiqqan
metodlar ularning asosiylari, bir qismi, xolos. Har bir xolatda o‘z
tadqiqot ob’ektining
xususiyatlari, tadqiqot maqsadi va mavzuiga qarab kerakli uslubni tanlash mumkin. Shuning