So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida
oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi,
ikkinchi shaklida esa, xattoki,
komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq
o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Bu metodlarni qo‘llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki,
bu yerda
doim shaxslararo o‘zaro munosabatlar, o‘zaro ta’sir shakllari mavjud bo‘lib, tadqiqotchining
sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Tadqiqot mobaynida
shaxslararo idrok va
sub’ektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay, juda
ko‘p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to‘plashda so‘roq metodlari eng qulay usullar sifatida
ishlatib kelinmokda.
Shunday qilib, so‘roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita (suhbat,
intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi ma’lumotlar to‘plash usulidir.
Odamlar tilidan yozma yoki og‘zaki tarzda olingan fikrlar ma’lumotlarning manbai bo‘lib
xizmat
qiladi. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o‘zaro fikr
almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli,
intervyu aniq muammo doirasida,
qatiy bir yo‘nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqeda
bo‘lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o‘tkazmasligi lozim. Intervyu
jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o‘ziga
nisbatan ijobiy munosabat
shakllantirib, birinchi so‘zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir.
Intervyu o‘tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki u
odamdan qator muhim sifatlarning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy
psixologiyada "rolli o‘yinlar" metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar
maxsus tayyorgarlik
kursidan o‘tadilar.
Dostları ilə paylaş: