Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq - atvorini
ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi.
Lekin insonning komilligi,
uning ahloq - ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o‘ziga ham bog‘liqdir.
Odamning o‘z - o‘zini anglashi, bilishi va o‘z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita
o‘ziga, o‘z ichki imkoniyatlari,
qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi.
Ya’ni, ijtimoiy xulq - shaxs tomonidan uni o‘rab turgan odamlar, ularning xulq - atvorlariga
e’tibor berishdan tashqari, o‘zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda
tahlil
qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Ijtimoiy normalar
Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq -
atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir.
Masalan, o‘zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo‘lishidan qat’iy nazar,
«Assalomu alaykum» deb kelishi - norma; o‘quvchining o‘qituvchi
bergan topshiriqlarni
bajarishi lozimligi - norma; xotinning er hurmatini o‘rniga qo‘yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik
- norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o‘rin
bo‘shatishi - norma va hakozo. Bu normalarni ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi,
ular bir
kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo‘lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy
vaziyatlarda ko‘p chilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan harakterlanadi, har bir jamiyat,
davr, millat va ijtimoiy guruh psixologiyada muhrlanadi.
Ijtimoiy sanksiya
Ijtimoiy
normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo‘lmish shaxs tomonidan
qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat
qilinadi.
Ijtimoiy sanksiyalar - normalarning shaxs xulqida namoyon bo‘lishini nazorat qiluvchi
jazo va raqobatlantirish mexanizmlari bo‘lib, ularning borligi tufayli
biz har bir alohida
vaziyatlarda ijtimoiy xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri ob’ektiga
aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida
katta muysafid kishiga o‘rin bo‘shatishni norma deb qabul qilmagan o‘smirga nisbatan ko‘p
chilikning ayblov ko‘zi bilan qarashi, yoki og‘zaki tanbeh berishi, juda kam hollarda o‘zini
bebosh tutayotgan o‘smirning qo‘lidan tutib, nima qilish kerakligini o‘rgatib, «ko‘zini moshday
qilib ochib qo‘yish» ijtimoiy sanksiyaning hayotdagi bir ko‘rinishidir.
Dostları ilə paylaş: