munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «qush uyasida ko‘rganini
qiladi» degan maqol bor. Ya’ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip
jamiyatdagi boshqa guruhlar ta’sirida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o‘zbekchilik
sharoitimizda oila bilan bir qatorda
mahalla ham muhim tarbiyalovchi - ijtimoiylashtiruvchi rol
o‘ynaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib,
keyin xulosa chiqarishadi, ya’ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo‘lib, bu farq odamlar
psixologiyasida o‘z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu
mahalladan qiz qidirib qolishadi. Ya’ni, shu mahalladagi ijtimoiy
muhit qizlarning iboli, aqlli,
sarishtali bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko‘cha -
eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga o‘xshash
normalar tizimi har bir ko‘cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini
belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo‘layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita
ta’sirini ko‘rsatadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o‘choqlariga
maktab va boshqa ta’lim maskanlari kiradi.
Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyqunlashtiriladi. Bizning
ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta’lim oladigan, bola bilimlar tizimini
o‘zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Lekin aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy
vositalarda yuz beradigan maskandir. Bu yerda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy
etilgan «Ma’naviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda
tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar,
umumiy muhitning
tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o‘qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni
tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars, mavzuning mazmuni va undan
ko‘zlangan maqsad asosiyday. Lekin aslida ana shu jarayondagi o‘qituvchining o‘zini qanday
tutayotganligi, kiyim - boshi, mavzuga sub’ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi
o‘quvchilarga munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan omildir. Shu nuqtai nazardan o‘quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan
o‘qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o‘qituvchining ta’siri faqat salbiy
rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol o‘ynaydi. Ba’zi
sinflarda o‘zaro hamkorlik, o‘rtoqchilik munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan,
guruhda ijodiy
munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o‘z a’zolari ijtimoiy xulqini
faqat ijobiy tomonga yo‘naltirib turadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti - bu
mehnat jamoalaridir. Bu muhitning
ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan, ma’lum
tajribaga ega bo‘lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi. qolaversa,
egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo‘lib, shu
muhitdagi ijtimoiy normalar harakteriga ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan,
qanday o‘zaro munosabatlar muhiti ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi
ijtimoiylashuvining muhim mezonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan
biri - o‘sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‘zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va
uning jamoaga munosabati bo‘lib, ko‘p incha oylik - maosh masalasi ana shulardan keyin
o‘rganiladi. Shuning uchun
mehnat jamoalarida yaxshi, soqlom ma’naviy muhit, adolat va
samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o‘ynaydi.
Shaxs sotsializatsiyasi to‘g‘risida gap ketarkan, aytish kerakki, sotsializatsiya sof
ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, u — individning ijtimoiy muhitga qo‘shilishi, ijtimoiy
ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu
jarayon ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul
qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi.
Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, chunki individda shaxs bo‘lishga ehtiyoj
hamda shaxs bo‘lishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy
muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo‘lishga intilishni,
undagi shakllanish
jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga
ehtiyojning borligi).
Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va muassasalari
mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:
1)
faaliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita
jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, soxasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir
faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki,
ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini
shakllantiradi;
2)
muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot
sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u
faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.
3)
o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib,
avval o‘zini
boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish
qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari
rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir.
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud. Masalan, birinchi bosqich—mehnat
faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish
yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda
asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga
tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu
davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy
ta’sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga
ega bo‘lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush qurib, kelgusi avlodni
tarbiyalayotgan shaxsda
namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir. Nihoyat, uchinchi
bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan aktiv mehnat faoliyatidan
so‘ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom
etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra
shaxs strukturasida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Bu jarayon ro‘y beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan bo‘lsa, turli
davrlarda oila, bolalar muassasalari, maktab, boshqa dargohlari, mehnat jamoalarining roli
nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: