«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha


Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. Yuqorida biz tanishib diqqan faoliyat 
turlari o‘z - o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday 
tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, o‘z - o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi 
va shaxs xulq - atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivatsiya” tushundalari 
ishlatiladi.
“Motivatsiya” tushundasi “motiv” tushundasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. 
Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvdi 
psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushunda u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish 
kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat 
yo‘lida?” degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning 
motivasion tasnifini yoritishga olib keladi. 
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi sabablarini o‘rganish 
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) 
idki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi 
(motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar);  b) tashqi sabablar 
- faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib 
diqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir. 
Shaxs xulq-atvorini idkaridan, idki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy 
dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham 
mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi
yoki 
o‘zidagi 
o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning xaqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, 
“Nega?” degan savolga “O‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman”, deb javob beradi. Bu 


anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda 
qiziqib, uning barda sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat 
boshqadaroq bo‘ladi, ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi. 
Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushunda bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-
atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvdi sababni nazarda tutadi. Mashhur 
nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida 
katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos 
tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha 
bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlida bo‘ladi. Bundan tashqari, 
bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi xolat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida xollarda 
turlida idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real 
harakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi idki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki 
reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash xolatlarni idrok qilishga idki bir xozirlik 
- dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining 
motivatsiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli taxlillar, xattoki, ijtimoiy 
tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z idiga oladi. Masalan, 
texnika oliygoxlarida: “Materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni 
o‘zlashtirish va undan sinovdan o‘tish ko‘pdilikka osonlikda ro‘y bermaydi. Hali kurs 
boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka 
shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvdi o‘qituvchi o‘ta talabdan, qattiqqo‘l va 
xokazo degan. Bunday motivatsiya mana neda avlod talabalar boshdan kedirayotgan xolat. Endi 
konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izoxlanadi 
va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‘z vaqtida darslarni 
tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo‘q 
va u qadon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi. 
Xar qanday motivlarning orqasida shaxsning extiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda 
shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq 
tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. 
Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvdanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj 
taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog‘da yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. 
Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida 
tashkil etilgan shart - sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, 
bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo‘lingizda kitob bor. Siz xali uni 
o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o‘sha mazmunni bilish 
va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani 
quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 
1.
Biologik ehtiyojlar - bu - fiziologik (tashnalik, odlik, uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari. 
2.
Ijtimoiy ehtiyojlar - bu - mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy-ma’naviy ehtiyojlar. 
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani 
unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular 
o‘sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar 
xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga - 
ovqatga bo‘lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlida xarakatlarni keltirib 
chiqaradi. Yana misol uchun, to‘y marosimlari yoki juda to‘kin dasturxon atrofida o‘tirgan odam 


nima uchun shundalik ko‘p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni 
yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-di, bir burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvdi 
malham bo‘lib, odlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan kishi oz-oz 
yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrad oldiga borib, o‘zi 
uchun ozdiruvdi dori-darmon so‘rasa so‘raydiki, lekin uyda o‘zi yemishini nazorat qilishi 
kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa 
ekan -da. 
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi xaqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki 
elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing 
vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga 
erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur xed narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar 
farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib diqishini orzu qilib, uning 
oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat’iy nazorat 
muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyindalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, unda-munda 
tashqi ta’sirga berilmaydigan bo‘lib qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan 
bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan va 
maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos 
bo‘ladi. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin