boshdan kediradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham
ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi
bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z - o‘ziga
munosabatlaridan kelib diqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har
birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni
tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli
imtihon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda qayg‘uradilar, xattoki,
qo‘rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu
jarayonni bosiqlik bilan boshdan kedirib, ididan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni
boshqalarga bildirmaydilar. Yana udindi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira
koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari
ishining muvaffaqiyati va
faoliyatning samarasi turlida bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir
qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilgan - bilmaganini isbot qilishga urinsalar,
ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan
tortishmaydilar ham.
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari,
shaxsiy
xislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara olishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: