«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha


Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

 
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish 
muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti-xarakatlarimizning sabablari biz 
tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barda 
misollarda va xolatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga 
oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga 
udraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon 
bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizda 
“attitud”) xodisasi orqali tushuntiriladi. 
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, xodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok 
qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik xolatiki, u bu baho yoki 
munosabatning aslida qadon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni 
hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz 
keladi, tijorat ishlari bilan shug‘ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va 
xakozo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qadon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib 
qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kediraveramiz. 
Mana shularning bardasi ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir 
inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret 
vaziyatlarda ro‘yobga diqadi.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning ud komponentli tizimini ishlab diqqan: 
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar,tushunda va 
tasavvurlar majmui; 
B. Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan real hissiyotlar 
(simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar); 
V. Harakat komponenti - sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi 
mumkin bo‘lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‘lish). 
Bu uchdala komponentlar o‘zaro bir - birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki 
bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo 
monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burdi va tartib - intizom 
bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. “Tasodifan dars 


qoldirish”, “jamoatdilik joylarida tartibni buzish” kabi xolatlar kognitiv va xarakat 
komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi prinsipining 
turli shaxslarda turlida namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir neda marta bila turib, ijtimoiy 
xulqqa zid xarakat qilsa, va bu narsa bir neda marta qaytarilsa, u bu xolatga o‘rganib qoladi va 
ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar 
vositasida bunday qarama - qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz 
kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin