Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti va vazifalari Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u oʻta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va maʼnaviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning xosilasi ekanligi bilan eʼtirof etilsa, ijtimoiy psixologiya oʻz uslubiyati, predmeti va fanlar tizimida tutgan oʻrnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida soʻz borar ekan, uning rasman eʼtirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V.Makdugall oʻzining “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa “Ijtimoiy psixologiya” deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta alohida fan – ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga taʼrif berildi. Ikkala muallif ham – biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog boʻlishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uygʻunlikda oʻrganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan. Toʻgʻri, mazkur mualliflarning har xil fan sohasining vakili ekanligi, ularning ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiatini yoritishga nisbatan oʻziga xos qarashlarining mavjudligi va bunday yondashuv to hozirgacha davom etayotganligiga asos boʻldi. Rus olimasi G.M.Andreyeva5 taʼkidlaganidek, ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi – psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi, – uning ushbu fan predmetiga yondashuvida oʻz aksini topadi, chunki agar u sotsiolog boʻlsa, ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi anʼanalar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog konkret olingan shaxs psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun-qoidalariga tatbiq etishga harakat qiladi. Nima boʻlganda ham, shuni asosli tarzda eʼtirof etish zarurki , ijtimoiy psixologiyaning alohida fan boʻlib ajralib chiqishiga sabab boʻlgan ilmiy manbalar ikki an – psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuqlari va har qaysisining doirasida maʼlum muammolarning yechilishi uchun yana qoʻshimcha alohida fanning boʻlishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning uchun ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan olim yoki izlanuvchining kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv
Psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol
Koʻzga tashlanadi. Demak, bu fanning tugʻilishi, oʻz predmeti
Sohasini aniqlab olishiga sabab boʻlgan sotsiologiya va psixologiya
Fanlari, G.M. Andreyeva taʼriflagandek, aslida uning “ota –
Onalaridir”.
Umumiy holda, hozirgi kunda ijtimoiy psixologiyaning
Predmetini quyidagicha taʼriflash mumkin: ijtimoiy psixolo-
Giya – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari
Jarayoni davomida ularda hosil boʻladigan tasavvurlar, fikr-
Lar, eʼtiqodlar, gʻoyalar, his-tuygʻular, kechinmalar, turli xulq-
Atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fan, shaxs va jamiyat
Oʻzaro bogʻliqligida sodir boʻladigan psixologik xodisalarni
Tahlil etuvchi ilmiy yoʻnalishdir. Demak, har bir shaxsning
Jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya qilgan holda
Oʻziga oʻxshash shaxslar bilan oʻrnatadigan murakkab oʻzaro
Munosabatlari va ularning taʼsirida hosil boʻladigan hodisalar-
Ning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Shu kabi umumiy
Taʼriflardan yana biri – ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy
Vaziyatlarda roʻy beradigan ijtimoiy muloqotning murakkab
Shakl va mexanizmlarini oʻrganuvchi fandir.
Shuni mamnuniyat bilan eʼtirof etish joizki, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublikamiz
Prezidenti Islom Karimov oliy taʼlimni isloh qilishda va
Malakali kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologiyaning fan
Sifatida alohida oʻrni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi.
Darhaqiqat, yetuk kadr boʻlish uchun shaxs nafaqat oʻz iqtidori,
Bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha
Ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayyor boʻlmogʻi, ijtimoiy faoliyatni boshqarishning, odamlar bilan turli jamoalarda
Ishlash, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirishga oid ilmiy
Qonuniyatlar va qoidalarni mukammal egallamogʻi zarur. Boshqaruv,
Marketing va menejment, taʼlim va tarbiya sohalarida, ayniqsa
Inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi
Jamiyatda sogʻlom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali
Uni kamol toptirish yoʻlidir. Shuning uchun bugungi kunda
Yurtboshimiz taʼkidlaganidek, ijtimoiy psixologiya va umuman
Ijtimoiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi fanlarning asosiy
Vazifasi – barkamol avlod tarbiyasini taʼminlovchi barcha
Maʼnaviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil
Qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga
Tatbiq etishdir. Bu oʻrinda, ayniqsa, ijtimoiy tafakkurning,
Yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning
Oʻziga va oʻzgalarga taʼsir etishning mexanizmlarini oʻrganish eng
Dolzarb masalalardandir. Chunki mamlakatimizning birinchi
Prezidenti Islom Karimov mustaqillikka erishish boʻsagʻasidayoq,
“respublikada vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-
Psixologik vaziyat bizni juda tashvishlantirmoqda”
6
, deb, bu
Vaziyatni barqarorlashtirish uchun ijtimoiy psixologik omillar-
Ni oʻrganish, tahlil qilish va amaliy choralar koʻrishga
Jamoatchilikning diqqatini tortgan edilar. Lekin ming afsuski,
U paytda ijtimoiy psixologiya fan sifatida hali yurtimizda
Rivojlanmagan, bu sohada fundamental va amaliy ilmiy
Tadqiqotlar oʻtkazuvchi markazlar mavjud emas edi. Faqat
Mustaqillikka erishganimizdan keyingina mamlakatimizda ilm-
Fan taraqqiyoti uchun yaratilgan shart-sharoitlar bois bu fan ham
Shakllanish pallasiga oʻtdi. Ijtimoiy psixologiya alohida fan
Sifatida nafaqat boʻlgʻusi psixologlar hamda pedagoglarga, balki
Xalq hoʻjaligining turli tarmoqlari uchun malakali, oliy
Maʼlumotli kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurtlarida ham
Oʻqitilmoqda.
Xoʻsh, bugungi kunda ijtimoiy psixologiya fan sifatida oʻz
Bahs mavzusini va predmetini qaysi obʼektlarga qaratmoqda?
Birinchidan, uning asosiy yoʻnalishi kichik guruhlar va
Jamoalar psixologiyasini oʻrganishdan iboratdir. Har bir shaxs
Hamisha maʼlum ijtimoiy guruhlar doirasida faoliyat koʻrsatadi.
Bu uning oilasi, mehnat jamoasi, koʻcha-kuydagi norasmiy guruhdagi doʻstlari davrasi, oʻquv jamoasi, sinf, auditoriya,
Boshqaruv muassasalari va hokazo. Shaxsning yakka va turli
Guruhlar doirasida oʻzini tutishi, xulq-atvori, mavqei, unga oʻziga
Xos guruhiy taʼsirlar, guruhdagi shaxslararo moslik, liderlik,
Guruhiy tazyiqqa beriluvchanlik kabi qator hodisalar aslida oʻsha
Guruhlarni boshqarish, sogʻlom oʻzaro munosabatlar sharoitini
Yaratish – bu odamlarni samarali oʻzaro muloqotga oʻrgatishning
Zaruriyatidir. Boshqaruv psixologiyasi ijtimoiy psixologiyadan
Ajralib chiqqan tatbiqiy soha boʻlib, u hozirgi kunda xalq
Hoʻjaligining turli tarmoqlarida insonlar faoliyatini boshqa-
Rish bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni, guruhiy hamda guruhla-
Raro muloqotni samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni
Takomillashtirish mexanizmlarini oʻrganadi.
Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasi masala-
Si ham bugungi kundagi oʻzgarishlar va maʼnaviy jihatdan
Poklanish davrida oʻta muhim sohadir. Zero, har bir shaxsning
Jamiyatda roʻy berayotgan tub islohotlarga munosabati, ularni
Idrok qilish va anglash darajasi, oʻz-oʻziga nisbatan munosabati-
Ning tabiati, xulqidagi ijtimoiy motivlar va yoʻnalishlar katta
Ahamiyatga egadir. Ayniqsa, bolaning voyaga yetishi jarayonida uning
Ijtimoiylashuvi, yaʼni ijtimoiy munosabatlar muhitiga kirib
Borishi, ijtimoiy taʼsirlarni ongiga singdirishi va u yoki bu
Turdagi xulq andozalarini mustahkamlash, mafkuraviy dunyoqara-
Shining shakllanishi jarayonlarining psixologik tabiatini
Tekshirish barkamol shaxsni voyaga yetkazish dasturini yaratish uchun
Zarur. Lekin har bir shaxsda bu jarayon oʻziga xos tarzda roʻy
Berishi sababli, ijtimoiy psixologiyada uning ijtimoiy tiplari
Farqlanadi va har bir murabbiy yoki tarbiyachi ularni bilishi
Amaliy ahamiyat kasb etadi.
Uchinchidan, jamiyat miqyosida roʻyo beradigan ommaviy hodisalar
Ham ijtimoiy psixologiya uchun tatbiqiy ahamiyatga ega. Chunki
Alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruh-
Larning taʼsirini inkor etish – masalaga bir yoqlama yondashishga
Barobardir. Masalan, shaxs uchun u mansub boʻlgan millat, elat yoki
Xalqning ruhiyati, uning ongidagi asrlar davomida saqlanib
Kelayotgan anʼanalar, rasm-rusumlar, aqidalar, udumlar, faoliyat
Stereotiplari kabilar oʻz muayyan taʼsir kuchiga ega. Millatning
Ruhi ilk bolalikdayoq shaxs ongiga u oʻzlashtirgan milliy til
Orqali, oila muhitida shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |