bo‘lishi mumkin va bu tjurli xillik ijtimoiy va shaxslalaro nizo-
larga olib kelishi ham mumkin. Ba’zi bir ijtimoiy me’yorlar esa
bir-biriga zid boiib, shaxsni ulardan birini tanlashga majbur qilib
qo‘yadi.
5.
Masshtablilik.
Me’yorlar masshtabliligiga qarab ijtimoiy
va guruhiy me’yorlarga boiin ad i. Ijtimoiy me’yorlar — butun
jamiyat miqyosida amal qiladi va o‘zida
ijtimoiy nazoratning
odat, an’ana, qonun, etiket va boshqa shakllarini namoyon eta
di. Guruhiy me’yorlar — amal qilish doirasi jihatdan kichikroq
bo‘lib, u ma’lum bir guruhdagina amal qilishi bilan cheklanadi
va aynan shu guruhda o‘zini qanday tutish kerakliligi (axloq,
odat, qiliqlar, guruhli yoki individual odatlar) bilan aniqlana-
di. Talabalar guruhida guruh a’zosini «sotmaslik» kabi me’yor
bo‘lishi mumkin.
Jamiyatning ko‘pchilik a’zolari uchun bora-bora bajarilishi
shart bo‘lib qoladigan ma’lum udumlar,
odat tusiga aylanishga
ulgurgan harakatlar shu jamiyat a’zolari uchun «umumiy qoi-
dalar» bo‘lib xizmat qiladi. Shunday me’yorlar mavjudki, ular
buzilsa yoki ularga amal qilinmasa, u holda kichik jazolar (uni
m a’qullamaslik, qovoq uyish, noma’qul qarash) qo‘llaniladi.
Ijtimoiy me’yorlar tizimi iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy va ruhiy
yuksalishlarni o‘zida aks ettiradi. Ularda quyidagilarning aksini
topish mumkin: hayot tarzi, xalqning tarixiy xususiyatlari, uning
mentaliteti, davlatda mavjud bo‘lgan boshqaruv hokimiyatining
ko‘rinishi. Me’yor odamlarni jamoa
va guruh sifatida bir-biri-
ga bog'laydi. Bu qanday amalga oshadi? Birinchidan, me’yor —
bu kutishdir: me’yorga amal qilgan odam atrofdagilardan ham
xuddi shunday harakatni kutadi. Piyodalar o‘tish yo‘lakchasining
o‘ng chekkasidan o‘tayotgan odamlar to‘g‘risidan, qarama-qarshi
tarafga kelayotgan odamlar yo‘lakning chap tarafiga o‘tsa, tartib-
li, tashkillashtirilgan harakat amalga oshadi. Me’yorlarni buzish
oqibatida esa kishilarning bir-birlari bilan
turtilib ketishi yuzaga
keladi va natijada nizoli vaziyat yoki biror falokat yuz berishi
mumkin. Demak, me’yorlar subyektining maqsadi, motivi, faoli-
yat, kutishi, baho berishi kabilarni qamrab oluvchi ijtimoiy mu
nosabatlar tizimini shakllantiradi. Shu tariqa, me’yorlar kutish
ko‘rinishida (boshqalarning o‘zini tutishiga nisbatan reaksiya)
yoki standart xatti-harakatlar (majburiyat, qoida) ko‘rinishida
talqin etilishiga ko‘ra ma’lum vazifani bajaradi.
Nimaga odamlar me’yorlarga amal
qiladi va nega jamoatchilik
bularni nazorat qiladi? Me’yor qadr-qimmatning himoyachisidir.
Oila sha’ni va qadri azaldan odamlar va jamiyatning eng muhim
qadriyatlaridan hisoblanib kelgan. Jamoatchilik tomonidan esa
uning barqarorligi va rivojlanishi qadrlanadi. Oila jamiyatning
asosiy yacheykasi va u haqida qayg‘urish jamiyatning eng muhim
vazifasidir. Oila va unda amal qiladigan me’yorlarning asosi si-
fatida quyidagi hadislarni keltirish o‘rinlidir:
«Farzandlaringiz-
ni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq odobini ham yaxshilangiz»
Dostları ilə paylaş: