larni o‘tkazishdagi ba’zi qoidalarni aks ettiradi. Marosimlardan
farqli o‘Jaroq udumlarda
shunday xususiyat borki, ular axloqiy
(ideal) maqsadli va odam psixikasiga chuqur ta ’sir ko‘rsatadi.
Insoniyatning yangi va yuqoriroq rivojlanish bosqichlarining
ko‘rsatkichlari bo‘lmish odatlar keyingi davrlarda rivojlangan ijti
moiy me’yorlardir.
Ibtidoiy davrda rivojlangan yana bir ijtimoiy me’yor
turi bu
diniy me’yorlardir. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchi oldida o‘zining
zaifligini sezar va uni xudoning kuchi deya qabul qilishar-
di. Dastlab, diniy sig‘inish obyekti aniq bir buyum — «fetish»
bo‘lgan. Keyinchalik odamlar biror-bir hayvon yoki o‘simlikka
— «totem»ga sig'inishgan, chunki uni o‘zining himoyachisi va
ajdodlari deb hisoblashgan.
Ilk ibtidoiy jamiyatda odat va diniy me’yorlar bilan paral
lel ravishda axloq m e’yorlari ham shakllangan bo‘lib,
ularni
ijtimoiy me’yorlar deb atash mumkin. Ularning vujudga kelgan
vaqtini aniqlab bo‘lmaydi. Faqat shuni aytish m um kinki,
axloq
insoniyat jam oatchiligi bilan birga yaraladi va ijtimoiy nazorat-
ning eng m uhim shakllaridan biri hisoblanadi. Davlatlarning
paydo bo‘lishi bilan birga dastlabki huquqiy m e’yorlar
yuzaga
kelgan.
Dostları ilə paylaş: