Ijtimoiy nazorat
— bu shaxsning xulqiga, qadriyatlariga, tasav-
vurlariga va ustanovkalariga nisbatan
jamiyatdagi guruhlarning
yoki jamoatchilikning ta ’siridir. Ijtimoiy nazoratga ekspektatsi-
ya, me’yor va sanksiyalar kiradi.
Ekspektatsiya
— aynan shaxsga
nisbatan atrofdagilarning kutish shaklidagi talablaridir.
Ijtimoiy
m e’yor —
ma’lum vaziyatlarda shaxsning nima deyishi, o‘ylashi,
his qilishi, nima qilishini ko‘rsatuvchi namunalar yig‘indisidir.
Ijtimoiy sanksiyalar — ijtimoiy nazoratning
muhim vositalaridan
biri sifatida shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralaridir.
Ijtimoiy nazoratning shakllari —
bu shaxsning jamiyatdagi hayoti
va turli xil guruhlardagi faoliyatini boshqarish usullaridir. Ijtimoiy
nazoratning ko‘proq tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat:
1. Qonun — davlat miqyosida shaxslarning rasmiy munosa
batlarini nazorat qiluvchi va yuridik kuchga ega boigan me’yortiv
aktlar yig‘indisi.
2. Tabu — shaxsning biror-bir fikri yoki harakatlariga nisbatan
cheklovlar tizimini qamrab oladi.
3. Urf-odat — yoshlikdan o‘zlashtiriladigan vajamoaviy odatli-
lik xarakteriga ega. Urf-odatning asosiy belgisi tarqalganlikdir.
Urf-odat jamiyatda ma’lum bir davrga xos boigan va vaqtincha
davom etuvchi tavsifga ega.
4. A n’ana — shunday
urf-odatki, ma’lum bir xalq madaniyati
bilan bogliq holda shakllangan, avloddan avlodga o‘tuvchi, xalq-
ning mentaliteti bilan aniqlanadi. Urf-odat va an’analar ommaviy
harakatlarni qamrab oladi va jamiyat
integratsiyasida muhim rol
o‘ynaydi. Ma’naviy ahamiyatga ega va aynan guruh yoki jam i
yatda yaxshilik va yomonlikni tushunish bilan bogliq boigan
maxsus urf-odatlar mavjud.
5. Axloq — ma’lum bir davrda jamiyat kishilarining xulq-at-
vorida, xatti-harakatlarida, o‘zaro muloqot jarayonida o‘z
aksini
topadigan ijtimoiy kategoriyadir.
6. Odat — shaxs hayotida ko‘p takrorlanaverganligidan av-
tomatlashganlik darajasiga aylanib qolgan, anglanilmagan holda
bajariladigan harakat shaklidir.
7.
Etiket (etiket me’yorlari) — odamlarga
nisbatan ijobiy va
xayrixohlik bilan muloqotga kirishishda munosabatlarning tashqi
ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan o‘zini tutish qoidalari. Ammo
bunday odoblilik orqasida ba’zan ichiqoralik va shaxsga nisba
tan behurmatlik munosabatlari yashiringan bo‘lishi ham mum
kin. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu
m e ’y o r n i
baja-
rishda shaxsning odamlar bilan munosabatida uning samimiyligi
yo£qolishi mumkin.
Shunday bo‘lsa ham, «semiz janjaldan, ozg‘in tinchlik yaxshi».
Jamiyatning har bir a’zosi interiozatsiya
jarayoni va natijasi
tufayli individ tomonidan doim ham anglanilmaydigan ijtimoiy
nazoratning kuchii psixologik ta’siri ostida boladi.
Bulardan tashqari shaxsning jamiyatdagi xatti-harakati va
xulq-atvorini nazorat qilib turuvchi nazorat shakllari ham mav
jud bo‘lib, ulardan biri ijtimoiy me’yorlardir.
Dostları ilə paylaş: