5-mavzu. Olimning ijtimoiy mas’uliyati



Yüklə 98,93 Kb.
səhifə1/5
tarix26.12.2023
ölçüsü98,93 Kb.
#197967
  1   2   3   4   5
5 мавзу


5-mavzu. Olimning ijtimoiy mas’uliyati.

  1. Ilmiy tadqiqotda erkinlik va ijtimoiy nazorat. Neytralizm va ijtimoiy mas’uliyat.

  2. Ilmiy va intellektual elita.

  3. Ijtimoiy mas’uliyat tushunchasi va uning zaruriyati.

  4. Olimlar jamoasining tasnifi: super intellektual elita, intellektual elita, ilm ahli tushunchalarini bir-biridan farqlovchi asosiy belgilar.

  5. O‘zbekistonning intellektual elitasi va ularga ishlash uchun yaratilgan sharoitlar.

Ilmiy tadqiqotda erkinlik va ijtimoiy nazorat. Fan «havaskorlik» mashg‘uloti bo‘lgan davrda u asosan adabiy mehnat bilan bog‘liq mavzular bilan cheklangan, keng ko‘lamli va qimmatbaho tadqiqotlarni talab qilmagan. Ammo u xo‘jalik faoliyatida amaliy naf ko‘rish uchun mablag‘lar kiritiladigan ijtimoiy mehnat tarmog‘iga aylangach, vaziyat o‘zgardi. Tadqiqotlar buyurtmaga muvofiq bajarila boshladi. Ilmiy tadqiqotlarning mavzularini belgilash olimlar ixtiyoridan chiqdi. Fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tanlash va ilmiy mehnatga baho berish fandan uzoq odamlar qo‘liga tushdi. Bundan eng avvalo fundamental fan jabr ko‘rdi, chunki unga ajratiladigan mablag‘lar kamaydi, undan kadrlar ketib qola boshladi, uning obro‘si pasaydi. Ammo gap shuning o‘zidagina emas. Fan tizimi to‘laligicha hokimiyat va mablag‘larni o‘z qo‘lida jamlagan odamlar ixtiyoriga o‘tdi. Olimlar nimani buyurishsa, shuni bajaradigan yollanma kasb egalari bilan bir qatorga qo‘yildilar. Bu ularning qarshiligi va noroziligiga sabab bo‘ldi.
Ilmiy hamjamiyatda fanning erkinligi tamoyili keng e’tirof etiladi. Bu tamoyil tarafdorlari fan o‘z rivojlanish mantiqiga ega ekanligini va uning shu jumladan ijtimoiy foydalilik nuqtai nazaridan ham eng muhim va istiqboli porloq bo‘lgan yo‘nalishlarini faqat mutaxassislar, professional olimlargina to‘g‘ri belgilashlari mumkinligini, fan imkoniyatlarini, uning yutuqlarini hayotga joriy etish yo‘llarini baholashga ulardan boshqa hech kim qodir emasligini ta’kidlaydilar. SHuning uchun ham ular fanning ichki ishlariga jamiyat aralashishi mumkin emas, fanni rivojlantirish haqida qarorlar qabul qilish jarayonidan ilmga daxldor bo‘lmagan odamlar chiqarilishi lozim, olimlar bilimlarni ijtimoiy fondlar yordamida, lekin sirtdan aralashuvlarsiz rivojlantirish huquqiga ega bo‘lishlari darkor, deb hisoblaydilar.1 Olimlarga tadqiqot faoliyati erkinligi, uning muammolarini mustaqil tanlash, fanni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan resurslar qaysi ilmiy muammolarga va qay tarzda sarflanishi lozimligini hal qilish imkoniyati berilishi kerak. Aks holda fan imkoniyatlaridan amalda to‘laqonli foydalanilmaydi.


Bunga javoban fanning erkinligi g‘oyasining muxoliflari ilmiy faoliyat ustidan ijtimoiy nazorat tamoyilini ilgari suradilar. Ularning fikricha, ilmiy hamjamiyat fanni rivojlantirishga faqat o‘z ichki ishi sifatida qaraydigan «sekta»ga aylanib qolmasligi kerak. Agar olimlarga ilmiy tadqiqotlarning maqsad va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash huquqi berilsa, ular «ziyokor» maqsadlarga erishish ketidan quvib, «unumdor» maqsadlarni butunlay unutishlari mumkin. Bu holda fan olimlar qo‘lida o‘z qiziqishlarini g‘azna hisobiga qondirish vositasiga aylanishi mumkin. Hamonki jamiyat fanni mablag‘ bilan ta’minlar ekan, u fanning rivojlanish jarayonini nazorat qilishga haqlidir.
Fanning differensiatsiyalashuvi o‘z-o‘zidan aksariyat olimlarni tor mutaxassislarga aylantiradi. Ular o‘z sohasida bilimdon bo‘lganlari holda, ijtimoiy ehtiyojlarni va amaliy hayotda, ishlab chiqarish, iqtisodiyot va siyosatda yuzaga kelayotgan vazifalarni lozim darajada baholay olmaydilar. Jamiyat ijtimoiy buyurtma mexanizmi orqali olimlarning kuchlarini jamiyat uchun amaliy nuqtai nazardan ayniqsa muhim bo‘lgan vazifalarni echishga yo‘naltirishi lozim. Fanni rivojlantirishga mablag‘lar berar ekan, jamiyat bu mablag‘lar nimaga sarflanishini belgilash imkoniyatigi ega bo‘lishi kerak. Ijtimoiy nazoratsiz fandan jamiyat uchun foydali naf ko‘rilishini ta’minlash mumkin emas.
Hozirgi davrda fanining erkinligi va uning ustidan ijtimoiy nazorat o‘rnatish o‘rtasidagi ziddiyat odatda fanni rivojlantirish masalalarini hal qilishga olimlarni ham, amaliyot xodimlarini ham jalb qilish yo‘li bilan echiladi. Ko‘pincha bu masalalarni ular ayni shu maqsadda tuziladigan kollegial organlar, ekspertiza hay’atlari va maslahat kengashlarida bahamjihat hal qiladilar. Ammo, shunga qaramay, mazkur prinsiplar o‘rtasidagi ziddiyat yo‘qolgani yo‘q, u konkret masalalarni echishda ushbu prinsiplarning tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuv joyi bo‘lib qolayotir. Vaqti-vaqti bilan, odamlarga muayyan xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yoki jamiyatning axloqiy me’yorlari va madaniy an’analari bilan to‘qnashuvchi ilmiy tadqiqotlar haqida gap borganida, mazkur ziddiyat ayniqsa keskin tus oladi.
Hozirgi vaqtda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan masalalardan biri – bu olimlar tadqiqotlarning maqsad va vositalarini tanlashda to‘la erkin bo‘lishlari kerakmi yoki jamiyat bu erkinlikni biron-bir tarzda cheklashi zarurmi, degan masaladir.
Ayrimlar ilmiy bilimlar bizga qay darajada xavfli yoki zararli bo‘lib tuyulmasin, ularning rivojlanish jarayoniga to‘sqinlik qilish mumkin emas, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, insoniyatga xos bo‘lgan bilimlarni kengaytirishga intilishni to‘xtatish mumkin emas. Ilmiy bilim esa o‘z-o‘zicha zararli bo‘la olmaydi: zarar faqat undan yomon niyatda foydalanilishi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Jamiyat bilimdan ayni shunday foydalanish hollarini to‘xtatishi lozim.
Boshqa bir guruh olimlar ilmiy tadqiqotlarning mavzularini tanlash erkinligi hech bo‘lmasa ularning qimmatligi tufayli cheklanishi lozim, deb hisoblaydilar. Jamiyat olimlarga o‘z qiziqishlarini qondirish uchun jamoatning ko‘p miqdordagi mablag‘larini sarflash imkoniyatini bera olmaydi. Ammo eng muhimi – fanda insoniylikka va axloqiy me’yorlarga zid bo‘lgan tadqiqot metodlari va vositalari taqiqlanishi, oqibatlari insoniyatning mavjudligiga biron-bir tarzda tahdid soladigan, ekologik, ijtimoiy, genetik va boshqa xil halokatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan eksperimentlar yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan bir hol deb e’tirof etilishi lozim.
Umumiy mulohazalardan kelib chiqib, olimlarda ilmiy tadqiqotlarning cheksiz erkinligi bo‘lishi mumkin emasligini (va hech qachon bo‘lmaganligini ham) tan olish zarur. Umummadaniy, eng avvalo axloqiy qadriyatlar fanni rivojlantirish manfaatlaridan ustun turadi. Odamlar qo‘liga tabiatga va insonning o‘ziga ta’sir ko‘rsatishning ilgari olimlar hatto orzu qilishlari ham mumkin bo‘lmagan o‘ta qudratli vositalarini beruvchi hozirgi zamon fani uchun esa bu ayniqsa muhimdir. Ilmiy tadqiqot erkinligi insoniyatning mavjudligi uchun xavfli bo‘lgan ilmiy eksperimentlarga tatbiq etilishi, hech shubhasiz, mumkin emas. Bu sog‘lom fikrlovchi odamlar, shu jumladan fan odamlarida ham e’tiroz uyg‘otmasa kerak.
Ammo fundamental ilmiy tadqiqotlar qanday natijalar va oqibatlarga olib kelishini oldindan aytish aksariyat hollarda mumkin emas. Ular bizning hayotimizda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan foydali o‘zgarishlarni ham, zararli o‘zgarishlarni ham bashorat qilish qiyin. Ayni shu sababli biron-bir tadqiqotni uzil-kesil taqiqlash mumkin emas. Har bir holda bu masala alohida muhokama qilinishi lozim va vaziyatga (masalan, jamiyat yashash sharoitlarining o‘zgarishi, madaniyatning rivojlanishi, yangi texnik va ilmiy g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holatlarga) qarab uning u yoki bu qarorlari qayta ko‘rilishi mumkin.
Umuman olganda, hozirgi zamon madaniyatining rivojlanish jarayonlari bugungi kunda fanning mavjudligi va rivojlanishini tadqiqotlarni va umuman ilmiy faoliyatni tartibga solishning u yoki bu shakllari va me’yorlarisiz tasavvur qilish mumkin emas, degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi.1

Yüklə 98,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin