Ijtimoiy psixologiya


Agressiv xulq-atvorning shakllanishida



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Ijtimoiy-psixologiya

Agressiv xulq-atvorning shakllanishida
tengdoshlarning roli
Bola xulq-atvorning turli modellarini (ijtimoiy jihatdan qabul 
qilingan va qilinmagan) boshqa bolalar bilan bo‘lgan m uno­
sabatlar natijasida o‘rganib boradi. Agressivlikning turli shakl­
lari ham tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqotda paydo bo‘ladi. 
Biz bola tengdoshlari bilan aloqa qila turib, qanday agressiv 
xulq-atvor orttirayotganligini va bolaning tengdoshlariga nisba­
tan boigan agressivligi qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rib 
chiqamiz.
Tengdoshlari bilan o‘ynash bolaga agressiv reaksiyalarga 
o‘rganish imkoniyatini beradi (masalan, mushtlashish va haqorat- 
lash). Bolalar bir-birini turtgan, masxaralagan, tepgan va bir- 
biriga ziyon yetkazishga qaratilgan shovqinli o‘yinlar agressiv 
xulq-atvorga o‘rgatishning «xavfsiz» usuli boiib xizmat qilishi 
mumkin. Bolalarning aytishicha, shovqinli o‘yinlardagi ularning 
sheriklari ularga yoqadi va ular bunday o‘yinlarda kamdan kam 
jarohatlar oladilar. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bola­
larni o‘rganish natijasida shu narsa aniqlandiki, voshligida teng­
doshlari bilan haddan ortiq muloqot qilish ularning kelgusidagi 
agressivligi bilan bog‘liqdir. 0 ‘qituvchilar tomonidan maktabga­
cha boigan besh yil davomida bolalar bog‘chasida muntazam tar- 
biyalangan bolalar, bog‘chaga kamroq borgan bolalarga nisbatan 
agressivroq ekanligi qayd etilgan. Shuni aytish mumkinki, teng­
doshlari bilan agressiv xulq-atvorda ko‘proq «amaliyot o‘tkazgan»


bolalar (masaian, bog‘chada), bunday reaksiyalarni muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirib, endi uni boshqa sharoitlarda (maktabda) qo‘llashga 
moyil bo‘ladilar.
Agressiv bolalarni tengdoshlari yoqtirmaydilar va ko‘p hollarda 
ularga «yoqimsiz» degan yorliq ilib qo'yadilar. I.S.Kon va A. Ku- 
pershmidt agressivlik va ijtimoiy mavqe o‘rtasidagi bogiiqlikni 
bir-biri bilan tanish va bir-birini tanimaydigan bolalar misolida 
o‘rganib chiqdilar. Tadqiqotchilar 4-sinf bolalarining sinfdosh- 
larining fikriga ko£ra ijtimoiy mavqeini o£rganib chiqib, bir-birini 
taniydigan (sinfdoshlar) va bir-birini tanimaydigan (barchasi har 
xil maktabdan) o‘g‘il bolalarga darsdan so‘ng komanda o‘yinida 
ishtirok etishni taklif qildilar. Boshqa tadqiqotlar natijalarida ham 
aytilganidek, tengdoshlari tomonidan «yoqimsiz» deb tan olin- 
gan bolalar tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqotda verbal (do‘q- 
po‘pisa, so‘kinish) va jismoniy (urish, tepish) agressiyaga xos ijti­
moiy xulq-atvorni namoyish qildilar va bu bilan boshqalarning 
nafratini uyg‘otdilar. Demak, bola o£zi bilgan yoki bilmagan bo­
lalar bilan o‘ynashidan qat’i nazar, uning ijtimoiy statusi sinfda 
qanday bo‘lsa, o‘yin guruhida ham shundayligicha qolgan.
Agressivlik va ijtimoiy status o‘rtasida uzviy bogliqlikning 
borligini isbotlab beruvchi adekvat bir fikrning yo‘qligiga qara- 
may, mazkur tajriba tengdoshlarning nafrati ham, agressivlik 
ham turli vaziyatlarda saqlanib qoladigan parametrlar ekanligini 
ko£rsatadi, ya’ni bola maktabda agressiv bo£lsa va uni hech kim 
yaxshi ko£rmasa, u boshqa muhitda ham agressiv va yoqimsiz- 
ligicha qolaveradi. Lekin ba’zi tengdoshlari yoqtirmagan bolani 
boshqa barcha bolalar ham tan olmaydi, degan xulosaga kelish 
kerak emas. Amalda bir guruh tan olmagan bolani boshqa gu­
ruh qabul qilishi va bu guruhda u muhim rol o£ynashi mum­
kin. E. Keyrns va uning hamkasblari agressiv bo£lmagan bolalar 
ijtimoiy guruhlarga qanday kirsalar, agressiv bolalar ham shun- 
day kiradilar, deb ta’kidlaydi. Biroq agressiv bolalar o£zlariga 
o£xshash agressiv xulq-atvorli bolalar guruhlariga qo£shiladilar. 
Tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki, agressiv bo£lmagan bolalarni


qancha o‘quvchi yaqin do‘st sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa, xulq-at­
vori agressiv boigan qiz va o‘g‘il bolalarni ham shuncha ko‘p 
o‘quvchilar eng yaxshi do‘st, deb atashgan. Lekin shunga qara- 
may, taxmin qilinganidek, agressiv bolalar o‘zlari kabi agres­
siv tengdoshlari bilan birlashishga moyillar. Agressivlik darajasi 
yuqori boigan o‘smirlardan ko‘plab tengdoshlari yuz o'girishi 
mumkin. Lekin agressiv bolalar ba’zi bir tengdoshlari bilan 
o‘rnatgan munosabatlari muhimlikda noagressiv bolalar bilan 
o‘rnatgan munosabatlaridan kam emas.
0 ‘smirlik davrida o‘g‘il bolalar ham, qiz bolalarda ham shun­
day davrlar boladiki, ularda agressiv fe’l-atvor eng yuqori yoki 
eng past ko‘rsatkichlarga ega boladi. 0 ‘g‘il bolalarda ikki tip- 
dagi agressiyaning namoyon bolishi aniqlangan: 12 yosh va 
14—15 yosh. Qizlarda ham ikki tipdagi agressiv xulq-atvorning 
eng yuqori ko‘rsatkichlari 11 va 13 yoshga to‘g‘ri keladi. Qiz bo- 
lalardagi va o‘g‘il bolalardagi agressiv xulq-atvor komponentla- 
rining turlicha namoyon bolish darajasi solishtirilganda, o‘g‘il 
bolalarda to‘g‘ri jismoniy va to‘g‘ri verbal agressiyaga, qizlarda 
esa to‘g‘ri verbal va bevosita verbal agressiyaga moyillik aniq­
langan. Shunday qilib, o‘g‘il bolalar uchun agressiyani to‘g‘ridan 
to‘g‘ri, ochiq shaklda va nizoga kirishayotgan shaxsning o‘ziga 
ko‘rsatish xarakterlidir. Qizlarga esa aynan verbal agressiyaning 
turli ko‘rinishlarini (to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita) ma’qul deb bilish 
xarakterlidir. Agressiyaning bevosita shakli boshqasiga qaraganda 
keng tarqalgan. 0 ‘g‘il bolalarda to‘g‘ri agressiyaning (ko‘p hollar- 
da jismoniy), qizlarda esa bevosita verbal agressiyaning rivojlanish 
tendensiyasi o‘smirlarga xos boigan holat boisa kerak.
Boshqa tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 10—11 yoshli o‘smirlarda 
jismoniy agressiyaga moyillik ko‘proq boisa, ular ulg‘ayib borgach 
14—15 yoshda verbal agressiya birinchi planga chiqib qoladi. Biroq, 
ulg‘ayish bilan jismoniy agressiya ko‘rinishlarining susayishi o‘zaro 
bogliq emas. Aynan 14—15 yoshda agressiyaning barcha shakl- 
larining maksimal namoyon bolishi aniqlangan. Lekin jismoniy 
va verbal agressiyaning ulg‘ayishga nisbatan o‘sish dinamikasi bir


xilda emas: jismoniy agressiya ko‘rinishlari ko‘payib borsa-da, 
u darajada sezilarli bo‘lmaydi. Verbal agressiya ko‘rinishlari esa 
tez va sezilarli maromda ko‘payib boradi. Agressiya shakllarning 
namoyon bo‘lishi bir paytning o‘zida ham yosh, ham jinsiy o‘ziga 
xosliklar bilan belgilanadi. Boshlang‘ich o‘smirlik davrida o‘g‘il 
bolalarda jismoniy agressiya hukmronlik qilsa, qizlarda u deyarli 
sezilmaydi — ular agressiyaning verbal shakllariga moyillar. Le­
kin tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 12—13 yoshga kelib qizlarda 
ham, o‘g‘il bollarda ham agressivlikning negativ shakli alohida 
namoyon bo‘la boshlaydi.
Shuni e ’tirof etish joizki, yoshdan qat’i nazar o‘g‘il bolalarda 
agressivlikning barcha shakllari qizlarga qaraganda kuchliroq 
namoyon bo‘ladi. Agressiv xulq-atvor va ijtimoiy mavqe o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni tadqiq etishning ko‘rsatishicha, o‘smirlar orasida eng 
yuqori sotsiometrik mavqega ega bo‘lgan («emotsional liderlar») 
larning 48%i agressivlik darajasi o‘rtadan yuqori bo‘lgan «shaxs- 
lardir». Shu tariqa «emotsional lider»larning 33%i o‘rta agressiv 
ko‘rsatkichlarga, 19%i esa past agressiv ko‘rsatkichga ega ekanligi 
ham aniqlangan.
Ba’zida «agressivlik» tushunchasi nizolashuvchanlik tushun- 
chasi bilan sinonim tushuncha sifatida qabul qilinadi. Bu tu- 
shunchalarning aralashtirilishi bejiz emas, chunki tadqiqotlar 
davomida agressivlik va konfliktlilik o‘rtasida korrelyatsion alo- 
qalarning mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari bu ikki tu- 
shunchaning boshqa shaxsiy sifatlar (shiddatlilik, jahldorlik, tez 
xafa bo‘lish, betoqatlik va boshqalar) bilan bir xildagi korrelyatsi- 
yasi ham aniqlangan.
Agressiv reaksiyalarining ifodalanish darajasi o'smirning o‘z- 
o‘zini baholashi bilan ham korrelyatsiyalanadi. Bundan umumiy 
tendensiya to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlikning mavjudligiga asosla- 
nadi: o‘z-o‘zini baholash darajasi qancha yuqori bo‘lsa, umumiy 
agressiya va uning tashkiliy qismlarining ko‘rsatkichlari shun- 
cha yuqori bo‘ladi. Bunday bog‘liqlik instrumental agressiyaga va 
agressiyaning yana bir turi bo‘lgan adovatga ham xosdir. Bir tad-


qiqotda shu narsa aniqlanganki, 14—17 yoshdagi o‘smirlarning jis- 
moniy agressiyasi darajasi shaxsning o‘z-o‘zini umumiy baholash 
darajasi bilan korrelyatsiya beradi. 0 ‘z-o‘zini baholash qancha 
yuqori bo‘lsa, jismoniy agressivlikni namoyish qilishga bo‘lgan 
moyillik ham shu qadar kuchli ifodalangan boiadi. Peshqadamlik 
qobiliyatiga baho berish va o‘zining «jismoniy Men»ini baholash 
kabi parsial o‘z-o‘zini baholash turlari ham agressiya bilan kor­
relyatsiya qilishi m aium bo‘ldi. Shunday qilib, avtoritetlarga va 
o‘rnatilgan qoidalarga qarshi yo‘naltirilgan xulq-atvor ko‘rinishi 
ko‘p hollarda aynan o‘zining peshqadamlik sifatlarini, jismoniy 
barkamolligini va go‘zalligini yuqori baholaydigan o‘smirlarga 
xosdir.
Shu tadqiqotning verbal agressiyaning yuqori darajada 
namoyon bo‘lishi peshqadamlik qobiliyatlarini yuksak baho- 
lovchilarga xosligi ham aniqlandi. Undan tashqari verbal agressi­
ya shaxsning o‘zidagi mustaqillik, avtonomlik sifatlarini hamda 
intellekti darajasini yuqori baholash bilan ham bogiiq boiib 
chiqdi. Shunday qilib, yuqori verbal agressiyaning ko‘rinishlari 
shaxsning o‘z-o‘ziga katta baho berishi, ayniqsa, o^smirning 
o‘zini eng avtonom, eng mustaqil, eng peshqadam boiishga 
loyiq va eng intellektual rivojlangan, deb hisoblashi bilan ham 
bogiiqligi ayon boidi.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yana bir tendensiya ko‘zga tash- 
lanadiki, agressivligi yuqori boigan o‘smirlar ko‘p hollarda eks- 
tremal ravishda o‘z-o‘zini juda yuqori yoki juda past baholash 
xususiyatiga ega. Noagressiv bolalarga esa o‘zini adekvat baholash 
xarakterlidir.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin