Agressiv xulq-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli
Yuqoridagi mavzularni yoritish jarayonida shaxs shakllanishi-
ga oila muhitining roli, ota-onaning farzandini tarbiyalashidagi
yoki unga bo‘lgan munosabatlaridagi noto‘g‘ri xatti-harakatlari-
ning salbiy ta ’sirlarini ko‘rsatib o‘tgan edik. Xuddi shuningdek,
shaxsda agressiv xulqning shakllanishida ham oila muhitining
o‘rni kattadir. O ta-onaning farzandi xatosiga nisbatan reaksi-
yasi, ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, oiladagi
garmoniya yoki disgarmoniya darajasi, qondosh aka-uka va
opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va undan
tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda
uning balog‘at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabat-
lariga ta ’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Afsuski, ayrim oilalarda o‘z otasi yoki onasining mehr-oqi-
batidan bebahra o‘sayotgan bolalar ham yo‘q emas. Ba’zi oilalarda
esa ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy
psixologik iqlimda emasligi achinarli holdir, albatta. Aksariyat ota-
onalar o‘z farzandlarini tarbiyaga chaqirishda g‘amxo‘rlik, meh-
ribonlik, sabr-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o£rniga,
kuch bilan, ayniqsa jismoniy jazo usuli bilan ta’sir o‘tkazadilar.
0 ‘z navbatida bu kabi xatti-harakatlar bolalarda agressiv xulq-
atvorning shakllanishiga zamin bo‘ladi.
Bugungi kunda agressiv xarakterli bolalar soni ortib borayot-
ganligi psixologiyadagi dolzarb muammolar qatoridan joy egal-
lashiga sabab bo‘ldi. Bolalarda agressiv xatti-harakatlarning vu-
judga kelishi murakkab va ko‘pqirrali jarayon boiib, unga ko‘pgina
omillar o‘z ta’sirini o4kazadi. Agressiv xatti-harakatlar — oila,
tengdoshlar guruhi, oilaviy axborot vositasi ta’sirida shakllanishi
aniqlangan.
Bola agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy
manbaga asoslanib to‘playdi:
1. Nosogiom oila muhiti. Ba’zi oilalarda ota-ona bilan far-
zand o‘rtasidagi munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emas-
ligi, farzandlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, oiladagi mojaro-
lar, nizolar, oilaviy hamohanglikning mavjud emasligi bolalarda
agressiv xulq-atvorning shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi
agressivlikning namoyon boMishi oilaviy muhitning ta’sir dara-
jasiga bog‘liq hisoblanadi.
2. Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o‘z tengqur-
lari bilan bo‘lgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlar-
ni o‘zlariga singdiradilar. Ko‘pgina hollarda bolalar tengdosh
do‘stlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda o‘zlarini agres
siv tutishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o‘z
tengdoshlari orasidan siqib chiqariladi. Bunday bolalar o‘zini
xo‘rlangandek his qilib, o‘zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy
topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug‘dirmasdan qol-
maydi.
3. Ommaviy axborot vositalari — bugungi kunda bolalarning
agressivligini kuchaytirishga ta’sir etayotgan eng kuchli qu-
roldir, degan fikr keyingi paytlarda ko‘pchilik tomonidan e’tirof
etilmoqda. Shu o‘rinda oynai jahon orqali namoyish etilayot-
gan turli jangari filmlar, ko‘rsatuvlar ham bolalarda agressiv
xususiyatlarning tarkib topishiga ta’sir qilayotganligi mutaxas-
sislar tomonidan qayd etilmoqda. Bu borada internetning ta’siri
ham o‘ziga xosligi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Bolalar inter
net orqali o‘zining >osh va psixologik xususiyatlariga mos kel-
maydigan ma’lumotlar bilan tanishmoqda, jangarilikni, agressi
yani targ‘ib etuvchi, shakllantiruvchi turli xil o‘yinlarni o‘ynash
orqali o‘zlarining ongosti sohasida agressiv xulqning shaklla
nishiga sabab bo‘lmoqdalar.
Bir qator psixologlarning ta’kidlashicha, oiladagi iqlim,
ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ota-ona bilan far-
zand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaviy hamohanglik yoki aksin
cha kelisha olmaslik, opa-singillar, aka-ukalar bilan yaqinlik
darajasi, farzand tomonidan qilingan noto‘g‘ri, yanglish xatti-
harakatlarga nisbatan ota-onaning agressiv reaksiyasi — oilada
shakllanib kelayotgan agressiv xatti-harakatlarini kuchaytiruvchi
yoki susaytiruvchi omillar hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, AQSHda har yili uch mingdan besh ming nafarga yaqin
bola o‘z ota-onasining ularga nisbatan qaratilgan shafqatsiz mu-
nosabatlari natijasi qurboni bo‘lmoqda. Shuningdek, 16% bola
aka-opalari tomonidan jismoniy jazo usuli: savalash, kaltaklash
bilan jazolanmoqda. Aniqlanishicha, AQSHda o‘gay ota-onalar
tomonidan bir yilda sodir etilgan jinoyatlar soni 400 tani tash
kil etgan. Ular o‘z farzandlarining o‘limiga sabab bo‘layotganligi
achinarli holdir.
Oilaviy munosabatlarga murojaat qilishdan avval shuni
ta’kidlash zarurki, oilaga «to‘liq yoki noto‘liq» deb tavsif berish
bolalar agressivligi bilan bog‘liqday tuyuladi. Bunday tavsif ay-
nan agressivlikni shakllantiruvchi oilaviy sharoitni tashkil etuvchi
oilalarni (ota, ona yoki ularning ikkalasi bola bilan bir uyda ya-
shaydilar, ular o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri) kvalifikatsiya-
laydi. Masalan, tadqiqotchilardan biri bo'lgan F.Getting qotillar
ko‘p hollarda to‘liq bo‘lmagan oilalardan chiqqanini aniqlagan.
Mak-Kartining fikriga ko‘ra, odatda kichkina qotillar «yoki tarti-
bsizlik, jismoniy zo'ravonlik hukm surgan oilada yoki bir-birining
his-tuyg‘ulariga befarqlik, bir-birini qo‘llamaslik va bir-birining
taqdiri bilan qiziqmaslik hukm surgan oilalarda» ulg‘ayadilar.
To‘liq va notoliq oilalardagi bolalar agressivligi o‘rtasidagi kor-
relyatsiya haqidagi so‘z yuritish nimaga zarurligini yanada yaxshi
tushunish uchun biz quyida bu bog‘liqlikni tushuntirib bera olu
vchi oilaviy munosabatlarning o‘ziga xos bo‘lgan jihatlarini ko‘rib
chiqamiz.
Bir necha tadqiqotlar «ota-ona — bola» juftligidagi negativ mu
nosabatlar va bolaning agressiv reaksiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ko‘rsatgan. Agar bola (qaysi yosh guruhiga taalluqliligidan qat’i
nazar) ota, ona yoki ularning ikkisi bilan ham yomon munosa-
batda bo‘lsa, ota-ona uni nima uchun layoqatsiz deb hisoblashi-
ni tushunmasa, ota-onaning qo‘llab-quvvatlashini his qilmasa,
bunday holda uning jinoyat yo‘liga kirib ketishi ehtimoli yuqori
bo‘ladi; o‘zini boshqa bolalarga qarshi qo‘yadi; tengdoshlari uni
agressiv bola deb hisoblaydi; u o‘zini ota-onasiga nisbatan agressiv
tutadi. D. Shtaynmetsning fikriga ko‘ra, siyosiy doirada buyurtma
asosida qotillik sodir etadiganlar yoki o‘z joniga qasd qiluvchilar-
ning aksariyati farzand taqdiri bilan qiziqmaydigan yoki ajrashib
ketib, bolaning taqdiriga befarq qaragan oilalardan chiqqanligi
tasdiqlangan. Onalari bolaligida e’tiborsiz qoldirgan va o‘z ota-
onasidan zarur mehrni olmagan qizlar o‘zlari ona bo‘lganlarida
bolalarini jazolab tarbiyalash (masaian, urishish, baqirish, urish,
kaltaklash)ga va o‘z agressiyasini aksariyat hollarda ularga so-
chishga moyil bo‘lar ekan.
Bunday xulosalar to‘liq tan olinmasa-da, lekin xorij psixologlari
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatkichlariga
asoslangan xulosalar sifatida diqqatni tortadi. Bizning o‘zbek men-
talitetida xorijdan farqli jihatlar mavjudligi sifatida quyidagi mu-
lohazalarni bildirish o‘rinli deb hisobladik. 0 ‘zbek muhitida ham
ajrimlar noto‘liq oilalar yoki ota-ona mehriga to‘ymayotganlar
mavjud, lekin o‘zbekchilikning ajoyib jihatlaridan biri sifatida bo
laning qalbidagi bu kemtikni o‘zbekona mehr — boshqalarning
(bobo-buvisi, tog‘a va xolalari, mahalladagi qo‘shnilar) mehri
to‘ldirishi hisobiga va mamlakatimiz tomonidan yuritilayotgan
bolaparvarlik siyosati tufayli xorijdagi kabi salbiy illatlarni keltirib
chiqarmayapti.
Mashhur psixolog Freda Getting «Oiladagi agressiv bolalar-
ni o‘rganish» bo‘yicha olib borgan maxsus tadqiqotining nati-
jalariga ko‘ra, noto‘liq oilalarda o‘ta qahrli, qo‘pol, agressiv va
shu bilan birga voyaga yetmagan jinoyatchilar kelib chiqayotgan-
ligini alohida ko‘rsatib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha to‘liq oila
larda ham, notoliq oilalarda ham sog£lom yoki nosog‘lom oila-
viy muhit mavjud bo‘ladi. Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar
oilada nosog‘lom muhitni vujudga keltiruvchi bosh omillardir.
Nosog‘lom oila muhitida asosiy e’tibor o‘zaro ziddiyatlarga qara-
tilganligi sababli bunday oilada bola tarbiyasi ko‘pincha tahdid
va jismoniy jazolashdan iborat bo‘ladi. Ruhan nosog‘lom oila
muhitida tarbiyalanayotgan bolalar oiladagi doimiy ziddiyatlar-
dan bezib, ko‘pincha ko‘chaga chiqib ketadilar. Ko‘chada bevaqt
yurgan bolalarning aksariyati esa o‘zlari ham bilmasdan sodir
etilgan jinoyatlarning ishtirokchilari bo‘lib qolmoqda. Bunday
holat ularning ruhiyatidagi buzilishlar ta’sirida yuz bermoqda.
Ota-ona mas’uliyati bilan bolalar agressivligi o£rtasidagi
bog‘liqlikning o‘ziga xosligini Bridjit Djons va uning hamkasblari
tomonidan o‘tkazilgan tajribalar ham yaqqol ko‘rsatib bergan.
Tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida 15, 21 va 39 oylik bolalar
ning onalari va boshqa bolalar bilan bo‘lgan munosabatlarini ku-
zatadilar. Boshqa ko‘plab parametrlar qatorida bola yiglaganidan
yoki ko‘tarishni so‘raganidan so‘ng ona uni qancha vaqtda qo‘liga
olishi ham hisobga olinadi; bola tomonidan boshqalarga nisba
tan yo‘naltirilgan agressivlik (masalan, qo‘li bilan urish, tishlash)
qayd etilgan. Onasi qo‘lga olishga shoshilmagan bolalar, onasi
yig‘laganda va chorlaganda tezda javob bergan bolalarga nisbatan
o‘zini agressivroq tutishgan.
Oiladagi bolalar mushtlashuviga ota-onalarning aralashuvi-
ning natijasini o‘rgangan Richard Felson, bola boshqa bolalardan
ko‘ra ko'proq o‘zining ukasi yoki singlisiga nisbatan jismoniy va
verbal agressiyani ko‘rsatishini aniqlagan.
Tadqiqotchilar agressiyaning rivojlanishida aka-uka va opa-
singillar munosabatlarining muhimligini alohida ta’kidlaydilar.
Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, bir oila farzandlari orasidagi
zo‘ravonlik barcha boshqa oilaviy munosabatlardan ko‘ra indi-
vidning ijtimoiylashuviga ta’sir ko'rsatadi, degan xulosaga ke-
lish mumkin. Djeyms Pattersonning yozishicha, «aka-uka va
opa-singillar ularning hayotlarini buzuvchi jarayonda bir-biriga
o‘qituvchidirlar». U oddiy bolalarning aka-uka va opa-singilla-
ridan farqli ravishda agressiv bolalarning aka-uka va opa-singil-
lari hujumiga qarshi hujum bilan javob qaytarishga moyilligini,
bu esa jismoniy qarama-qarshilikning uzoq davom etib, eska-
lyatsiya qilinishi ehtimoli oshishini aniqlagan. Oilaviy boshqaruv
xarakteri, ota-onalarning farzandini «to‘g‘ri yo‘lga solishi» yoki
uning xulq-atvorni o‘zgartirishiga qaratilgan harakatlari ijtimoiy
psixologlarning qiziqishiga sabab bo‘ladigan muammolardandir.
Bu borada mutaxassislar uch xil tipdagi ota-onalarni ajratib
ko‘rsatishgan:
1. Ba’zi ota-onalar bola tarbiyasiga kamdan kam aralasha-
dilar: ular tarbiyalashda ongli ravishda aralashmaslik siyosatini
qo‘llaydilar, ya'ni bolaga o‘zi istaganidek ish tutishga yo‘l qo‘yib
beradilar yoki shunchaki unga hech qanday e’tibor qaratmay-
dilar, bolaning fe’l-atvori to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida ham
o‘ylamaydilar.
2. Boshqa bir ota-onalar esa bola tarbiyasiga tez-tez aralasha-
dilar: ular bolani goh rag‘batlantiradilar (ijtimoiy me’yorlarga xos
xulq-atvor uchun), goh jazolaydilar (qabul qilib bo‘lmas agressiv
xulq-atvori uchun).
3. Ba’zi bir ota-onalar farzandini ongsiz ravishda agressiv
harakatlar uchun rag‘batlantirib, aksincha jamiyatda qabul qi-
lingan fe’l-atvor uchun jazolab qo‘yadilar. Bilib-bilmay amalga
oshirilgan bunday mustahkamlash agressiv xulq-atvorning shakl-
lanishini belgilab beradi. Oilaviy boshqaruv amaliyoti va bola-
larning agressiv xulq-atvori o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda
tadqiqotchilar asosiy diqqatni ota-onalarning bolalar xulqini na-
zorat qilishi, qattiqqo‘lligi va jazoning xarakteriga qaratadilar.
Umumiy natijalar ota-onaning qattiqqo‘llik bilan bolani jazolashi
va bolaning yuqori darajadagi agressivligi o‘rtasida bog‘liqlik bor-
ligini ko‘rsatgan. Aksincha, ota-ona nazoratining sustligi esa ko‘p
hollarda agressiv xulq-atvor bilan birga kechadigan yuqori dara-
jali assotsiallik bilan korrelyatsiyalanadi.
Edvard Erons va uning hamkasblari agressiyaning bir qa-
tor parametrlari va shakllanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash
yo‘lida longityud tadqiqotlar o‘tkazdilar. Ular tekshiriluvchi-
lardan, ularning ota-onalaridan va tengdoshlaridan uch maro-
taba ma’lumot yiqqanlar: 1-bor 3-sinfda sinovdan o‘tayotganda,
2-bor 10 yil o‘tgandan so‘ng, keyin yana 22 yil o‘tganidan so‘ng.
Ularning tadqiqot natijalariga ko‘ra bolani jazolash va agressivlik
o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqilganda quyidagi natijalar kuza-
tilgan.
Birinchi tadqiqotda 800 dan ortiq 3-sinf o‘quvchilari ishtirok
etgan. Bolalarning agressivlik darajasi birga o‘qimaydigan teng-
doshlarining tavsifiga ko‘ra aniqlangan. Bunda bolalardan
o‘zlari bilan birga o‘qiydigan agressiv (turtadigan, itaradigan)
o‘quvchilarni sanab o‘tish so‘ralgan. Qattiqqo‘llik bilan berilgan
jazoning ta’sirini o'rganish uchun ota-onalar bolalarining agres
siv xulq-atvoriga nisbatan odatda qanday munosabat bildirish-
larini belgilashi lozim bo‘lgan 24 savolga javob berganlar. Lo
yal jazolarga o‘zini to‘g‘ri tutish va xulq-atvorini o‘zgartirgach,
rag‘batlantirish, o‘rtacha jazolarga hayfsan va koyishlar, qattiq
jazoga esa yuziga yoki boshiga shapaloqlab urish kabilar kirgan.
E. Erons va hamkasblarining aniqlashicha, ota-onalar tomonidan
qattiq jazo oladigan bolalar tengdoshlari tomonidan agressivroq
deb xarakterlanganlar.
Jazolarning ta ’siri uzoq muddatli hisoblanadi. 0 ‘sha bolalar
bilan o‘tkazilgan keyingi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 8 yoshligi-
da bolaga nisbatan qattiqqo‘llik bilan qo‘llanilgan jazolar ular
ning 18 va 30 yoshligidagi agressiv xulq-atvori bilan korrelyatsiya
bergan. E. Erons va hamkasblarininig xulosasiga ko‘ra 8 yoshda
qattiq jazolanganlarning ko£pchiligi 30 yoshda o‘z bolalariga nis
batan agressivligini baholash bilan ijobiy korrelyatsiya qilingan.
D. Patterson va Stauthamer-Leber oilaviy boshqaruv xarakteri
va bolalardagi assotsiallik o‘rtasidagi bogiiqlikni o‘rgangan. Tad-
qiqotchilar 4, 7 va 10-sinfda o‘qiydigan 200dan ortiq o‘g‘il bola
larning oiladagi munosabatlarini tahlil qilgan. Odatda, o‘g‘lining
xulq-atvorini kuzatib bormagan va jazolashda nomuntazamlikka
yo‘l qo‘ygan ota-onalarning farzandlari o‘zlarini assotsial ravishda
tutishgan. D. Patterson va Stauthamer-Leber o‘z ishlari natijasini
quyidagicha tushuntiradilar: «Assotsial bolalarning ota-onalari
ularning vaqtini qanday o‘tkazishlariga, oshna-og‘aynilarining
kimligiga va mashg‘ulotlarining qandayligiga befarq munosabatda
bo‘ladilar. Ular jazo sifatida farzandi xohlayotgan narsalarni man
qilish, uning mayda xarajatlari uchun pul bermaslik kabi usul-
lardan foydalanmaydilar. Mabodo bunga e’tibor berib qolsalar
ham kolp hollarda aql o‘rgatish, urishish va po‘pisa qilishga borib
taqaydilar; Nima bo'lgan taqdirda ham bunday do‘qlar samarali
natijaga olib kelmaydi».
ljtimoiylashuv jarayonida bolalarni tarbiyalash vositasi si
fatida jismoniy jazolarni qo‘llashning o‘ziga xos «xavfi» mav
jud. Birinchidan, bolaga jazo beruvchi ota-ona ular uchun
agressivlik namunasi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni jazolash kel-
gusida agressivlikni provokatsiya qilishi mumkin. Ikkinchi-
dan, m e’yoridan ko‘p jazolanadigan bolalar ota-onadan nari
yurishga yoki ularga qarshilik ko‘rsatishga intiladilar. Agar
ular jazolar ta ’sirida «egilmasalar», ularning ijtimoiylashuviga
ko‘maklashishi m um kin bo‘lgan achchiq bo‘lmagan boshqa
«dars»larni o‘qib olishlari amrimahol. Ustiga-ustak, agres
siv munosabat oxir-oqibat bolani «haqiqatdan ham jazolani-
shi zarur bo‘lgan favqulotda xulq-atvorni namoyish qiluvchi
va ma’qullovchi odamlar» kompaniyasiga olib kelishi mumkin.
Uchinchidan, agar jazo bolalarni qattiq hayajonlantirsa yoki
xafa qilsa, ular jazolanishlarining sababini unutib qo'yishlari
m umkin. Bu esa jamiyat tom onidan qabul qilingan xulq-atvor
qoidalarini o‘zlashtirishiga xalaqit beradi. Nihoyat, o‘z xulq-
atvorini shu kabi jiddiy tashqi ta ’sirlar natijasida o‘zgartirgan
bolalar ularga uqtirilayotgan me’yorlarni o‘z tamoyillariga
aylantirib olishlari am rim ahol, ya’ni ularni kim dir kuzatib
turgandagina m e’yorlarga amal qilib, o‘zlari qolganda turli
jinoyatlarni sodir etishlari mumkin. O ta-onalar shuni yaxshi
bilishlari lozimki, berilayotgan qattiq jazolar boladagi istalmas
xulq-atvorning tashqi namoyon bo‘lishini yashirishga majbur
qiladi, xolos, lekin uni yo‘q qilmaydi.
Jazo ko‘p hollarda salbiy samara bersa-da, ba’zida u xulq-
atvorni modifikatsiyalashtirishdagi foydali vosita bo‘lib xizmat
qilishi ham mumkin. Tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatadiki,
jazolar aniq prinsiplar asosida qo‘llanilsa, ular albatta xulq-at-
vorning barqaror o‘zgarishini ta’minlashi mumkin. Jazo bevo-
sita bolaning xulqidan kelib chiqishi va har gal bolaning nojo‘ya
qilig‘idan so‘ng muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur.
Nojo‘ya harakat va jazo o‘rtasidagi vaqt oralig‘i qisqa bo‘lishi ke-
rak, chunki xatodan keyin darhol berilgan jazo ma’lum bir xulq-
atvor modeli taqiqlanishi muhimligini anglatadi, kechiktirilgan
jazo esa buning aksidir.
Jazo bilan qo‘rqitgan, lekin ularni amalda qo‘llamagan ota-
onalar o‘z bolalarini ular bilan hisoblashmaslikka o'rgatadilar.
Bolaga doimo buyruq beruvchi, lekin uni nazorat qilmaydigan
ota-ona o‘zi bilmagan holda bolaga buyruq va po‘pisalarning
hech qanday ahamiyatga ega emasligini o‘rgatadi. Jazo nomaqbul
harakatdan keyin darhol qo‘llanilsa, uning samaradorligi yuqori
bo‘ladi, ya’ni aniq bir xato uchun doimo bir xil jazo belgilanadi.
Yomon xulq-atvor uchun bir gal jazo berib, keyingi gal hech qan
day e’tibor qaratmaslik ham noto‘g‘ridir.
Eng ijobiy holat sifatida mutaxassislar bolaning jazolashga loyiq
bo‘lgan salbiy xulq-atvoriga alternativ xulq-atvor taklif qilishni
tavsiya etadilar. Ota-ona bolaga yoshligidan qaysi harakatlarni
qo‘llash mumkin yoki mumkinmasligini tushuntirar ekan, uning
boshqa xatti-harakatlarni, shu jum ladan, istalgan xatti-harakat-
larni amalga oshirishda to‘siqlar qo‘ymagan bo‘ladi. Masalan,
bola kattalarning gapini tez-tez bo‘lib turadi. Agar ota-ona unga
tushuntirmay jazo bersa, bola unga gapirish man etilyapti deb
o‘ylashi va tortinchoq bo‘lib o‘sishi mumkin. Ota-ona bolaga kat
talarning gapini bo‘lish yaxshimasligini tushuntirib, bola ularning
e’tiborini talab qilgan paytda unga javob berib borsalar, u bun
day vaziyatlarda adekvat ijtimoiy ko‘nikmalarni namoyon qilishni
o‘rganishi mumkin. Ba’zi ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan
bolani vaqtincha izolatsiya qilish kabi protseduralar ham jazo
turiga kirsa-da, jismoniy jazolardan farqli o‘laroq, ko‘p muammo
tug‘dirmaydi. Bunday protseduralar gapga quloq solmaydigan va
agressiv bolalarning xulq-atvorini modifikatsiya qilishda samarali
bo‘ladi. Bola o‘zini yomon tutganda, uni jim-jit xonada qisqa
vaqtga yolg'iz qoldirishda unga nima sababdan uni vaqtincha
izolatsiya qilishayotganligini aniq va ravshan tushuntirib berili-
shi kerak. Bunday protsedura natijasida bola me’yoridan chetga
chiqadigan xulq-atvor rag‘batlantirilmasligini va qabul qilinmas-
ligini, u o‘zini to ‘g‘ri tutishga o‘rganmaguniga qadar, boshqalar
bilan muloqot qila olmasligini anglaydi. Umuman, har qanday
jazo tushuntirib berilishini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |