bilan birga, natijali agressiya, ya’ni agressiv harakatlarni amalga
oshirish yo‘li bilan muvaffaqiyat qozonish ham agressiv harakat-
larning qaytarilishida alohida ma’no kasb etadi.
Hozirgi paytda ijtimoiy o‘rganish nazariyasi agressivlikning
oldini olish mumkin deb hisoblovchi eng effektiv metod bo‘lib
kelmoqda.
Agressiyaning frustratsiya nazariyasi.
Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariya yuqorida
keltirilgan yondashuvlarga qarama-qarshi qo'yiladi. Unda agres-
sivlik evolutsion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi. Bu
nazariyaning asoschisi D. Dollard va uning hamkasblari — «frus
tratsiya doimo agressiyaga olib keladi» degan fikrni ilgari suradilar
(John Dollard, 1939). Masaian, faraz qiling, bugun darsga kech
qolmaslik uchun nonushta qilmasdan keldingiz. Uch para dars
tugagunicha qorningiz ochib ketdi. Darsdan so‘ng mazza qilib
ovqatlanishni mo‘ljallagan edingiz. Mana qo‘ng‘iroq ham cha-
lindi. Lekin guruh murabbiysi kirib yarim soatga qolishingizni,
shoshilinch muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masala borligini
aytdi. Guruh yig‘ilishining tugashini intizorlik bilan kutib ovqat-
lanish uchun oshxonaga borganingizda, ular sizga odam ko‘p
bo‘lganligi uchun bugunga ovqat qolmaganini aytishdi...
Mana, ovqatlanish ehtiyojini qondira olmasdan, va’da-
lashganingizdek, o‘rtog‘ingiz bilan kutubxonaga qaytdingiz.
0 ‘rtog‘ingiz sizdan ehtiyot bo'lgani yaxshimikan? Unga biror yo-
mon gap aytishga bo‘lgan ehtimol ortadimi?
Dostları ilə paylaş: