Ijtimoiy psixologiya


A. Banduraning agressiyani ijtimoiy o‘rganish nazariyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

A. Banduraning agressiyani ijtimoiy o‘rganish nazariyasi
— Biologik omil (nerv sistemasi, garmon)
— 0 ‘rganish (bevosita tajriba, kuzatuv)
agressiyaning yu­
zaga kelishi
— Shablonlar ta’sirida (hayajon, e’tibor)
— Qabul qilib boim as murojaat bilan (do‘q 
urish, frustratsiya)
— Qiziqtiruvchi motivlar bilan (pul, zavq- 
lanish)
— Yo‘riqnomalar bilan (buyruq)
— Ekssentrik ishontiruvchilar bilan (para- 
noidal ishontiruvchilar)
agressiyani pro­
vokatsiya qilish
— Tashqi rag‘batlantirish va jazo berish bi­
lan (moddiy rag‘batlantirish, yoqimsiz oqi- 
batlar)
— Vikar mustahkamlash bilan (boshqalar- 
ni rag‘batlantirilayoganini yoki jazolayot- 
ganini kuzatish)
— 0 ‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi bilan 
(g‘urur, ayb)
agressiyani
boshqarish
Shu sababdan bunda katta e’tibor o‘qitishga, ijtimoiylashuv- 
ning birlamchi vositalari boigan ota-onalarning bolalarni agres­
siv xulq-atvorini o‘zgartirish uchun ta’siriga qaratiladi. Xususan, 
shu narsa isbotlanganki, ota-onaning xulq-atvori agressiya modeli 
boiib xizmat qilishi mumkin, ya’ni odatda agressiv ota-onalardan 
agressiv farzandlar dunyoga kelishi mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra 
agressiv harakatlarning ba’zilar tomonidan (masalan, talabaning 
do‘sti tomonidan «yasha, boplading», deb) quvvatlanishi bunday 
harakatlarning kelgusida ham qaytarilish ehtimolini oshiradi. Shu


bilan birga, natijali agressiya, ya’ni agressiv harakatlarni amalga 
oshirish yo‘li bilan muvaffaqiyat qozonish ham agressiv harakat- 
larning qaytarilishida alohida ma’no kasb etadi.
Hozirgi paytda ijtimoiy o‘rganish nazariyasi agressivlikning 
oldini olish mumkin deb hisoblovchi eng effektiv metod bo‘lib 
kelmoqda.
Agressiyaning frustratsiya nazariyasi.
Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariya yuqorida 
keltirilgan yondashuvlarga qarama-qarshi qo'yiladi. Unda agres- 
sivlik evolutsion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi. Bu 
nazariyaning asoschisi D. Dollard va uning hamkasblari — «frus­
tratsiya doimo agressiyaga olib keladi» degan fikrni ilgari suradilar 
(John Dollard, 1939). Masaian, faraz qiling, bugun darsga kech 
qolmaslik uchun nonushta qilmasdan keldingiz. Uch para dars 
tugagunicha qorningiz ochib ketdi. Darsdan so‘ng mazza qilib 
ovqatlanishni mo‘ljallagan edingiz. Mana qo‘ng‘iroq ham cha- 
lindi. Lekin guruh murabbiysi kirib yarim soatga qolishingizni, 
shoshilinch muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masala borligini 
aytdi. Guruh yig‘ilishining tugashini intizorlik bilan kutib ovqat- 
lanish uchun oshxonaga borganingizda, ular sizga odam ko‘p 
bo‘lganligi uchun bugunga ovqat qolmaganini aytishdi...
Mana, ovqatlanish ehtiyojini qondira olmasdan, va’da- 
lashganingizdek, o‘rtog‘ingiz bilan kutubxonaga qaytdingiz. 
0 ‘rtog‘ingiz sizdan ehtiyot bo'lgani yaxshimikan? Unga biror yo- 
mon gap aytishga bo‘lgan ehtimol ortadimi?

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin