Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Frustratsiya 
— bu maqsadga erishishga to‘sqinlik qiluvchi bar­
cha narsalardir (shu jumladan, ovqati tugagan oshxona ham). 
Agar shaxsning maqsadi kuchli motivatsiyalangan bolsa, qoni- 
qish olishni kutayotgan bo‘lsa va uning bu istagi to£siqqa uchrasa 
frustratsiya kuchayishi mumkin.
Frustratsiya agressiyaning paydo bo‘lishi uchun motivatsiya 
hosil qiladi. D. Dollard va M. Millerning fikriga ko‘ra, frustrat- 
siyani keltirib chiqaruvchi sababga ko‘ra agressiyani namoyon 
qilish jamiyat yoki jamoatchilik tomonidan jazolanishi mumkin.


Bunday jazodan qo‘rqish esa agressiya boshqa nishonga, obyektga 
yoki shaxsning o‘z-o‘ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga sabab 
bo‘lishi mumkin (Dollard, 1939; Miller, 1941)
Frustratsiya va agressiya nazariyasi borasida o‘tkazilgan labora- 
toriya tadqiqotlari ikki xil natija berganligini koYish mumkin: frus­
tratsiya ba’zan agressiyani kuchaytirgan bo‘lsa, ba’zan aksincha, 
susaytirgan. Masalan, Yudjin Bernstayn va Filip Uorchel o‘tkazgan 
tajriba bunga yaqqol dalildir: eksperimentatorning assistenti eshitish 
apparati ishlamay qolayotganligi tufayli hadeb guruhiy qaror qabul 
qilishga xalal beraveradi, bu hoi majlis ishtirokchilarida frustasiyani 
keltirib chiqazgan, lekin hech qanday agressiyaga olib kelmagan. 
Tadqiqotchilarning fikricha, bu yerda frustratsiya agressiyaga sabab 
bolmaganining sababi frustratsiyani keltirib chiqazgan manba aniq 
va yetarlicha tushunarli bo‘lganidir. Frustratsiya va agressiyaning 
aloqadorligi ilk nazariyalarda oshirib talqin qilinganligini payqagan 
Leonard Berkovits bu nazariyani qayta ko‘rib chiqdi. U quyidagi 
taxminni ilgari surdi: frustratsiya jahl va agressiv harakat qilishga 
emotsional tayyorlikni keltirib chiqazadi (frustratsiya agressiyani 
emas, balki agressiv harakat qilishga tayyorlikni keltirib chiqaza­
di). Insonning jahli qachon chiqadi, qachonki unda frustratsiyani 
keltirib chiqazgan odam boshqacha yo‘l tutish imkoniga ega bo'lgan 
bo‘lsa-yu, bunday qilmasa (Averill, 1983; Weiner, 1981). Frustratsi­
yani his qilgan odam qachon dilozorga tashlanadi, qachonki uni 
bunga majbur qilishsa. Albatta agressiya kelib chiqishi uchun har 
doim ham frustratsiya bo‘lishi shart emas, lekin agressiya bilan 
assotsiatsiyalanadigan stimullar doimo agressiyani kuchaytiradi 
(Carlson & Others, 1990).
Bu nazariyaning asosiy holatlari quyidagicha ifodalanadi:
— Frustratsiya har doim biror-bir shakldagi agressiyaga olib 
keladi.
— Agressiyani doimo chorlovchi masalalarda uchta omil hal 
qiluvchi ahamiyatga ega:
1. 
Subyekt tomonidan kutilayotgan bo‘lg‘usida erishiladi- 
gan maqsadga erishish darajasi — agar shaxs o‘z oldiga qo'ygan


maqsadiga erishishi ancha vaqtga cho‘zilib ketsa, bunday hoi al- 
batta agressiyani chaqiradi.
2. Maqsadga erishish yo‘lidagi to‘siq kuchi — shaxsning o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadi yoiida uchragan to‘siq yengib boim as 
darajada bo'lsa yoki shaxs tomonidan shunday deb tushunilsa, 
agressiya vujudga keladi.
3. Ketma-ket frustratsiyalar soni — agar maqsad yo‘lida bir 
to‘siq ortidan ikkinchisi, uning ortidan uchinchisi va bu davomiylik 
davom etaversa, bu albatta shaxsda agressiyani keltirib chiqaradi.
Ya’ni subyekt maqsadidan qoniqishni qay darajada ko‘p kutsa, 
bu yo‘lda to‘siqlar qay darajada kuchli bo‘lsa va to‘siqlar qay dara­
jada ko‘p blokirovka qilinsa, agressiv xulq-atvorga turtki shuncha 
kuchli bo‘ladi.
Frustratsiyalar ketma-ket sodir bo‘lganda ularning kuchi bir- 
biri bilan qo‘shilib, katta kuchdagi agressiv reaksiyani tug‘dirishi 
mumkin.
Bundan tashqari organizmdagi og‘riq va frustratsiya (maqsad­
ga erishish yo'lida to‘siq paydo bo‘lishi) ko‘pincha tushkunlik va 
adovat hissini keltirib chiqazishi va buning ortidan agressiya yu- 
zaga kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Agar frustratsiya 
qo‘rquv yoki ikkilanish tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, shaxs ala- 
mini (agressiyasini) ko‘pincha boshqalardan oladi. Bu holat fanda 
«agressiyani chiqarib yuborish» fenomeni deb ataladi.
0 ‘z agressiyasini chiqarib yuborish uchun shaxs turli xil ni- 
shonlarni topadi. Misol sifatida quyidagi tarixiy holatni kelti- 
rish o‘rinli. Germaniya Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga 
uchragach, bu davlatga iqtisodiy tartibsizlik, inqiroz kirib keldi 
va ko'pchilik nemislar buning alamini olish uchun yevreylarni 
tanlashdi va ularga nisbatan yovuzlikni his qila boshlashdi. Gitler 
hokimiyat tepasiga kelishidan ancha oldin, bir nemis lideri shun­
day degan edi: «Yevreylar — bu bizning agressiyamizni chiqarishi- 
miz uchun juda qulay obyektdir. Agar yevreylar bo‘lmaganida edi, 
ularni o‘ylab topishga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi» (G.W. Allport. 1958). 
0 ‘rta asrlarda odamlar o‘zidagi qo'rqinch va agressiyani jodug-


arlarga ko‘chirishgan, vaqti-vaqti bilan ularni gulxanda kuydirib
alamini chiqarib yuborganlar.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin