Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Taqrizchilar:
N.Kamilova 
— psixol. f.n., dotsent,
S. 
To‘ychiyeva 
— psixol. f.n., dotsent.
ISBN 978-9943-391-68-0
© 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013


«Yer-и ko‘kdagi Ьиуик о ‘zgarishJarni sezish,
his qilish va ulardan saboq chiqarish, o ‘rnak
olish uchun odamzot o'lining yon atrofigci
uyg‘oq nigoh, qalb ko £zi bilan qarashi lozim.
I. Karimov
KIRISH
Prezidentimiz aytgan bu fikrni shaxs va uning psixologiyasi 
bilan qanday bogiash mumkin. Bu fikrning mag‘zini chaqadigan 
bo‘lsak, uning butun mazmun-mohiyati go‘yoki ijtimoiy psixo­
logiya va shaxs psixologiyasiga bog‘liqligini ko‘rishimiz mumkin.
Axir har bir individ tug‘ilganidan boshlab to um rining oxiri- 
ga qadar haqiqatan ham «уег-u ko‘kdagi o‘zgarishlarni sezib, his 
qilib, ulardan saboq chiqarib» yashaydi-ku! Aytish mumkinki
aynan m ana shunday jarayonlarni boshidan kechirgan individ- 
gina shaxs b o iib shakllanadi va jamiyat hayotiga qo‘shila oladi. 
Buning uchun undan hamisha «o‘zining yon-atrofiga uyg‘oq 
nigoh, qalb ko‘zi bilan qarash» talab etiladi. Shundagina u yetuk 
inson bo‘lib ulg‘ayishi va jamiyat uchun kerakli shaxs bo‘la oli­
shi mumkin.
«Biz, faqat o‘zimiz uchungina yashay olmaymiz, — deb yo- 
zadi, mashhur romannavis yozuvchi German Melvill, — bizning 
hayotimiz boshqalarning hayoti bilan bir-biriga minglab rishta- 
lar bilan chambarchas bog‘langandir». Ijtimoiy psixologiya ay­
nan mana shu rishtalarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan 
hisoblanib, nima uchun jamiyatdagi kishilar bir-birlariga ta’sir 
o‘tkazishlari, bir-birlari haqida o‘ylashlariga oid m a’lumotlarning 
ilmiy asoslarini o'rganadi.
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi va predmeti — shaxs 
va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish qonuniyat- 
lari ekanligini ko‘pgina ijtimoiy psixologlar ta’kidlab o‘tganligi 
ma’lum. Shunday ekan, ushbu o‘quv qo‘llanmada biz shaxs va ja ­
miyat munosabatlariga oid muammolarning boshqa adabiyotlarda 
yoritilmagan jihatlarini kengroq yoritishni maqsad qildik. Chunki


bo‘lajak psixolog, psixologiya fani o‘qituvchisi sifatidagi muta- 
xassis — talabalar uchun bu kabi muammolarga doir bilimlarni 
chuqur egallash o‘z mutaxassisligini chuqur egallashgagina xizmat 
qilib qolmay, balki ularning keyingi faoliyatlarida ham o‘ziga xos 
zaruriyat kasb etadi. Ayniqsa shaxs va shaxslararo munosabat­
lar doirasida yuz beradigan aloqalar chuqur yoritilgan bo‘lib, bu 
bo‘lajak mutaxassislarning bilimlarini yanada oshirishga xizmat 
qilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada zamonaviy psixologiyada hozirgi 
kun uchun dolzarb bo‘lgan mavzular imkon doirasida qamrab 
olingan. Bu mavzularni yoritishda xorij hamda rus psixologiyasi 
namoyandalarining o‘tkazgan tadqiqotlari va qarashlaridan foy- 
dalandik.
Biz, mualliflar guruhi nomidan psixologiya sohasini chuqur 
o‘rganish ishtiyoqida bo‘lgan barcha talabalarga omad tilagan 
holda ularning o‘quv qo‘llanmaning kamchiliklariga doir qarash- 
lari va uni boyitish yuzasidan takliflarini ham kutib qolamiz.



Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin