moiy taqqoslash usuli yordam beradi (Festinger, 1954). Atrofda-
gi odam lar shaxsga m a’lum standartlar ishlab chiqishga turtki
berishadi, bu standartlar yordamida u o‘zini boy yoki kambag‘al,
aqlli va aqlsiz, baland yoki past bo‘yli deb aniqlaydi. Atrofdagi-
lar bilan o‘zini qiyoslab, ulardan nimasi bilan farq qilishini
aniqlaydi.
Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini yuqori ko‘rsatkichlar
bilan tugallab, o‘zining intellektual
qobiliyatlariga ishongan
ko‘pgina bitiruvchilar obro‘li oliy o‘quv yurtlariga kirib, u yerda
o‘ziga o‘xshagan a’lochi talabalarni ko‘rganidan keyin o‘zini endi
oldingidek hurmat qilmayotganligini his etishganligini tadqiqotchi
lar aniqlashgan (Marsh et al.. 2000). Demak, yuqoridagilardan
ko‘rinadiki, shaxs o‘zini atrofidagilarga nisbatan qiyoslash orqali
o‘zining kimligini anglay boradi.
Muvaffaqiyat va omadsizliklar.
Shaxsga «Men» konsepsiyasini
qurish uchun material sifatida nafaqat uning ijtimoiy rollari va
o‘zini atrofdagilar bilan taqqoslashining natijalari xizmat qiladi,
balki bu jarayonda oddiy turmush tarzining ham ahamiyati katta.
Shaxs o‘z
oldiga qiyin, lekin amalga oshirsa bo‘ladigan maqsad-
larni qo‘yib va uni uddasidan chiqishi orqali o‘zining qobiliyatli
ekanligini his etishi ham unga o‘zini anglashida yordam bera
di. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlikdan o‘zini himoyalash
nialakasini egallagan ayol o‘zini kamroq zaif his etadi va vaziyatni
ko‘proq boshqara oladi (Ozer & Bandura, 1990). Ilmiy ishlardagi
muvaffaqiyatlar talabani ilmiy faoliyatdagi yaroqligiga nisbatan
o‘ziga bahoni oshiradi, bu o‘z navbatida uni undan ham ko‘proq
ishlashga undab yanada taassurotli muvaffaqiyatlarga erishishga
stimullashtiradi (Felson, 1984; Marsh & Young, 1997).
Oldinga
qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida maksimum imkoniyatlarni
qidirish va ulardan foydalanish — o‘ziga nisbatan ishonchni ya
nada oshiradi.
Atrofdagilaming fikrlari.
Atrofdagilar tomonidan shaxs erishgan
muvaffaqiyatlarning tan olinishi uning «Men» konsepsiyasiga ijobiy
ta’sir etadi, chunki atrofdagilar uni ijobiy baholayotganligini ko‘radi.
Shaxs uchun o‘zi haqida yaxshi tomonlarini o‘ylash osonroq, agar
atrofdagilar ham xuddi shunday o‘ylasa. Qobiliyatliroq, mehnat-
sevarroq yoki yordamga kelishga tayyor deb hisoblangan bolalar,
bu sifatlarni o‘z «Men» konsepsiyalari va xulq-atvori tarkibiga «oli-
shadi». Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mahalliy jihatdan ozchilik
vakillari
boMgan talabalar, ularning intellektual qobiliyatlari haqi-
dagi stereotipli tasavvurlardan kelib chiqadigan xavfni sezishsa,
ayollar esa ulardan aniq va tabiiy fanlar doirasida katta yutuqlarni
kutishmayotganligini bilishsa, natijada ular o‘zlarini shu kutishlar-
ga mos ravishda tutishadi. Ular bu fikrlarni inkor etishdan ko‘ra,
o‘z imkoniyatlarini boshqa sohada amalga oshirishga kirishadilar
(Steele, 1997).
0 ‘z-o‘zini hurmat etish.
0
‘z-o‘zini hurmat etish shaxsda
gi mavjud va bo‘lishi mumkin bo‘lgan «Men»larning umumiy
yig‘indisimi? Agar shaxs o‘zini jozibador, jismonan baquvvat, aqlli
va badavlat va yana muhabbatga loyiq deb bilsa, bu uning o‘zini
hurmat qilishi «joyida» ekanligini bildiradimi? Mutaxassislar
o‘ziga yaxshi munosabatda bo‘lish uchun o‘zini chiroyliroq, jis
monan baquvvatroq, aqlliroq va h.k. liklarini his etish kerakligini
ta’kidlaganda aynan shuni nazarda tutishadi. Djennifer Kroker va
Konn Volfning fikricha, yuqorida ko‘rsatilgan sifatlar haqiqatdan
ham o‘zini
hurmat qilish, o‘zi bilan g‘ururlanish uchun muhim
ahamiyatga ega (Crocker & Wolfe). «Bir odam o‘zini hurmat etish
uchun faoliyatidagi muvaffaqiyat va tashqi ko‘rinish kerak bo‘lsa,
ikkinchisi uchun Xudoning suyukli bandasi ekanligini va u axloq
me’yorlarini buzmaganini bilish muhimroqdir». Demak, agar bi-
rinchisiga o‘zini aqlli va chiroyli bo‘lishni o‘rgatishsa, ikkinchisini
esa, o‘zini odobli odam deb his etishga o‘rgatgan taqdirda, u o‘zini
hurmat qiladi.
Lekin Djonatan Brayn va Keyt Dattonlar o‘zini hurmat etish
masalasiga o‘zgacha yondashadilar, ular fikricha, sabab va oqibatning
o‘mini almashtirish lozim. Agar odamlar umuman o‘zlarini qadr-
lashsa, ular o‘zlarining tashqi ko‘rinishini, o‘zlarining qobiliyatlarini
ham qadrlaydilar (Brown & Dutton, 1994).