nadi, boshqacha aytganda, Zigmund Freyd shaxs shakllanishi-
ning psixik strukturasini uch asosiy qismga bo‘lib ko‘rsatadi:
1. Id («U»). Bu shaxsga berilgan tug‘ma reflekslar bilan bogliq
holda mavjud bo‘lgan instinktiv ehtiyojlarning asosi. Rohat olish
uchun yo‘naltirilgan energiya manbai. «U» organizmning ovqat-
lanishi va kerakli ehtiyojlarini qondirish funksiyasini bajaradi.
2. Ego («Men»). Insonning atrof-muhitda o‘zini tutishini,
xulq-atvorini yo‘lga solib turadigan funksiyani bajaradi. Ego re-
allik prinsipi orqali boshqariladi. Masalan, inson och qolganda,
Ego uni zaharli mevalarni iste’mol qilishdan asrab qoladi, ya’ni
taqiqlab qo‘yadi.
3. Superego («Oliy Men»). U ideal ota-ona funksiyasini baja
radi. Superego insonning xulq-atvorini yo‘lga solib turadi va ota-
onalarning standartlariga asosan uning jamiyatda shakllanishiga
yordam beradi.
Bu uchta komponent bolaning shaxs bo‘lib shakllanishida
muhim rol o‘ynaydi. Bolalar reallik prinsipiga, shuningdek, Ego
va Superegoning talablariga rioya qilishlari kerak. Ego Super-
egoning jazolashlari va xatti-harakatlari uchun javobgardir. Shu
orqali inson o‘z aybini va mag‘rurligini his qiladi.
Freyd nazariyasiga k o la, jamiyatda tarixan tarkib topgan
odatlar, axloqiy prinsiplar, ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tu-
fayli jinsiy mayl to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘siladi. Shuning uchun ham
ba’zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayl bilan anglab turilgan vazi-
yat o‘rtasida ichki ruhiy nizo paydo bo‘ladi, bunday to‘qnashuvlar
ba’zan barqaror asab kasalliklariga (nevrozga) olib keladi. Kishilik
jamiyatida ko‘pchilik kishilarning hayoti davomida bu tabiiy ong
siz mayl energiyasi mehnat faoliyatiga, aqliy va ijodiy faoliyatga
qaratiladi va sarf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiyaning
shu tariqa ko‘chirilishi sublimatsiya deyiladi.
Dostları ilə paylaş: