Ijtimoiy psixologiya


«Men» — obrazi va o‘z-o*ziga baho



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

«Men» — obrazi va o‘z-o*ziga baho
«Men» obrazining asosiy tarkibiy qismi o‘zini baholashdir. 
U. Djeymsning original formulasi bo‘yicha uni hisoblash ham 
mumkin.
Muvaffaqiyat 
, . . , . . .
------ :— -
7
::------- = о zini baholash
talabgorlik
U vaqt o‘tishi bilan va vaziyatlarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. 
U o‘ziga xos differensial o‘lchovlarga ega, ya’ni o‘ziga baho quyidagi 
o'lchovlarga ega boladi: yuqori, adekvat va past. Bundan tashqari 
qo‘shimcha ravishda adekvat past, adekvat yuqori, noadekvat past 
va noadekvat yuqori ham bo‘lishi mumkin. Yoshlikda o‘z-o‘zini 
baholash tashqi baholar ostida shakllanadi, bu esa keyinchalik in- 
teriorzatsiyalanib o‘ziga munosabatga aylanadi. Bu esa ma’lum in- 
tellektual rivojlanish darajasi bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi 
(oligofren bolalarda mazmuniy umumlashtirish bo‘lmagani uchun 
ular barqaror o‘z-o‘zini anglashga ega bo‘lmaydilar).
«Men» obrazi asosida har bir shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan ba­
holar tizimi shakllanadiki, bu tizim obrazga mos tarzda turli xil 
bolishi mumkin. 
0
‘z-o‘zini baholash borasidagi tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, turli yoshdagi kategoriyalarni (masalan, 14, 17 yosh-


dagi o‘quvchilar va 30 yoshdagi kattalarni) beshta parametr — jis­
moniy sifatlar, shaxsiy muvaffaqiyatlar, intellektual rivojlanish, 
shaxslararo munosabatlardagi o‘rni va mas’uliyat hissiga nisbatan 
o‘ziga baho berishini taqqoslash so‘ralganda, ularning yosh o‘tgan 
sayin individual variatsiyalari ortganligi kuzatilgan. Bolalikda o‘zini 
hamma sifatlar bo‘yicha bir xil baholash xos bo‘lsa, katta yoshdagi 
respodentlar o‘zining kuchli va zaif tomonlarini yaxshiroq ang- 
laganligi aniqlangan. Bu esa ularning shaxsiy tajribasi ortganligi 
bilan bog‘liq, bu o‘z navbatida shaxsning kognitiv jihatlari ortishi- 
ning natijasidir, ya’ni shaxs ulg‘aygan sayin unda o‘z «Men»ining 
turli tomonlarini baholash qobiliyati kengayib boradi.
Faoliyatning muvaffaqiyati uchun odam o‘zining real imkoni- 
yatlarini yuqoriroq baholashi darkor, shu orqali u o‘z-o‘zini mo- 
tivlashtiradi. Obyektiv imkoniyatlariga nisbatan o‘z-o‘zini past 
baholash depressivlik, shaxsning nevrozga moyilligidan darak 
beradi. Salbiy «Men» konsepsiyasi odamning faoliyat va mulo­
qot doirasini chetlovchi psixologik himoya mexanizmlarining 
ko‘payishiga olib keladi.
0 ‘zini qabul qilish shaxsning o‘zini faollashtiruvchi asosdir. 
Ijtimoiy mazmundagi kasb egasi bo‘lgan kishi o‘zi haqidagi bili- 
mini chuqurlashtirishi va o‘zidagi salbiy «Men» konsepsiyasini 
bartaraf etishi darkor.
0 ‘z-o‘zini yuqori baholash uchun ma’lum shart-sharoitlar 
bo‘lishi lozim:
a) faoliyatlaridan birida xususiy yutuqlarning mavjudligi;
b) muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda rad etilishdan 
qo‘rqmaslik;
d) atrofdagilarning unga nisbatan ijobiy munosabatda ekanli- 
giga ishonch;
e) boshqalar bilan o‘zini solishtirmaslik.
Noadekvat o‘zini yuqori baholash shaxs uchun hayotiy qiyin- 
chiliklar manbaiga aylanishi mumkin; o‘ziga nisbatan tanqidiylik 
bilan qarashga asoslangan noadekvat past baho esa infantilizm- 
ga, mas’uliyatsizlikka, o‘z faoliyatini tashkil eta olmaslik, uning


natijalarini ko‘ra bilmaslik va odamlar bilan munosabatga kirisha 
olmaslikka olib kelishi mumkin.
O'zini baholash ichki talabgorlik, ya’ni odam o‘z oldiga amal­
ga oshirish qiyin boigan maqsad va muammolarni qo‘yishi bilan 
uzviy bog‘liq. Agar odam o‘z muammolarini va maqsadini hal eta 
olmasa, u o‘zidagi ichki talabgorlikni kamaytirishi kerak.
0 ‘z-o‘ziga nisbatan baho shaxsning turli sifatlari, ijtimoiy 
tajribasi va o‘zi erishgan yutuqlariga bogliq holda turlicha 
bo‘lishi mumkin. Ya’ni ma’lum bir muvaffaqiyat natijasida o'ziga 
baho ortib ketsa, aksincha muvaffaqiyatsizlik natijasida pasa- 
yib ketishi mumkin. 0 ‘ziga baho aslida boshqalarning shaxsga 
nisbatan real munosabatlariga bogliq bolsa-da, aslida u shaxs 
ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni uning o‘zi subyektiv tarzda 
shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bogliq holda shakl- 
lanadi. Masalan, oliy o‘quv yurtidagi talaba uchun hurmatli, 
qadrli boigan o‘qituvchisining unga nisbatan ijobiy munosabati 
va doimiy maqtovlari uning o‘z-o‘ziga bahosini oshiradi, boshqa 
bir o‘qituvchining salbiy munosabati yoki tanbehi ham bu bahoni 
pasaytira olmasligi mumkin. Chunki bu baho ko£proq shaxsning 
o£ziga bog£liq boiib, u subyektiv xarakterga egadir.
0 ‘z-o£ziga bahoning past bolishi ko£pincha atrofdagilarning 
shaxsga nisbatan qo£yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni 
uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildi- 
rilishi, ishda, o£qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyat- 
sizliklar natijasida ham hosil bolishi mumkin. Bunday holda 
shaxs tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chet- 
roqda yurishga harakat qilishi, o‘zining kuchi va qobiliyatlariga 
ishonchsizlik kayfiyatida bolishi bilan ajralib turadi va bora-bora 
shaxsda qator salbiy sifatlar, xatti-harakatlarning paydo bolishiga 
olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o£z 
joniga qasd qilish, o'zining real borligidan «qochishga» intilish 
psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
0 £z-o‘ziga bahoning o£ta yuqori bo‘lishi ham shaxs xulq-at- 
voriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki yuqori baho ham shaxs


yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy 
tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chet- 
lab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda 
paydo bo‘ladigan psixologik holat «noadekvatlik effekti» deb atalib, 
uning oqibatida shaxs mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida no- 
chorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda 
deb biladi va shunga o‘zini ishontiradi. Shaxs tomonidan «... 
xalaqit berdi-da», «...bo‘lmaganida, albatta uddalagan boiardim» 
kabi bahonalarning ko‘payishi aynan shu bilan bog‘liqdir. Bunday 
shaxs bilan qanday omadsizlik sodir bo‘lmasin, u aybdor sifati­
da o‘zini emas, balki atrofdagilardan kimlarnidir yoki sharoitni, 
hech bo'lmaganda taqdirni aybdor deb hisoblashga odatlanadi. 
Bunday shaxslar asta-sekin atrofdagilar tomonidan «oyog‘i yer- 
dan uzilgan», «manman», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan tahlil 
etila boshlanadi. Demak, o‘z-o‘ziga baho real, adekvat, to‘g‘ri 
bo‘lishi kerak.
Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar — ota-ona, yaqin 
qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqin- 
larning o‘rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari 
mahsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarda ko‘rsatilgan kam- 
chiliklarni yoshligidanoq xolis qabul qilishga, kerak bo‘lsa o‘z 
vaqtida to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs uchun eta- 
lon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi — referent guruhning 
roli katta bo‘ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri 
va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar 
mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, 
ba’zida maqtov aralash bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga 
ega. Bunday referent guruh real hayotda mavjud bo‘lishi (masalan, 
ota-ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar), yoki noreal, xayoliy 
(kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal, «kumir») bo‘lishi 
mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi 
odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko‘rsatish kerak 
bo‘lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo‘ladi.


Shunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof ijtimoiy hodisa boiib, uning 
mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat me’yorlariga, 
shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga 
bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jam oalar etalon 
rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho — 
0
‘z- 
o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masaian, mus- 
taqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadri- 
yatlarimizning singishi, vatanparvarlik, adolatlilik, fidoiylik 
sifatlarining shakllanishi va mustaqillik mafkurasiga sadoqat 
hislarining tarbiyalanishi, tabiiyki, har bir yosh avlodda o‘zligini 
anglash, o‘zi mansub bo‘lgan xalq va millat ma’naviyatini qadr- 
lash hislarini rivojlantirmoqda. Bu esa o‘sha milliy o‘zlikni ang- 
lashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin