shishga qobil bo‘lsa, unda baribir, o'z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj
tug‘iJadi.
0
‘z-o‘zini his qilish va o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazish o‘zlikni ang-
lashning hissiy-emotsional tomoni sifatida namoyon bo‘ladi.
0
‘zlikni anglashning hissiy-emotsional tomoni qiziqishlar, istak-
lar, kayfiyat ularni boshqara bilish kabi komponentlar, tarkibiy
qismlarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi o‘z
hissiyotlari va
fikrlari, xatti-harakatlarini boshqarishga, asoslashga, o‘z-o‘zini
tarbiyalashda u yoki bu darajada namoyon bo‘ladi.
0
‘zlikni
anglash va o‘z-o‘zini boshqarishning o‘zaro aloqasi va o‘zaro
bog‘liqligini quyidagi chizma tarzida tasavvur qilish mumkin:
0 ‘z-o‘zini anglash — bu umuman olganda, shaxs «Men»
obrazining hosil bo‘lishi demakdir (I.S.Kon 1978). Ko‘pchilik
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, «Men» obrazi insonda tez hosil
boimaydi, balki butun umri davomida ijtimoiy ta’sirlar natijasida
yuzaga keladi. Ijtimoiy psixologiya nuqtayi nazaridan olib qaral-
ganda, bu jarayon insonning turli ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishi
qaysi yo‘l orqali amalga oshirilishi biz uchun qiziq.
Ko‘pgina ilmiy manbalarda o‘z-o‘zini anglashga quyidagi-
cha ta’rif beriladi: «Insonning o‘z bilimlari, ma’naviy
qiyofasi va
qiziqishlari, ideallari va axloq motivlarini anglash, baholash, o‘z-
o‘ziga arbob sifatida his qiluvchi va fikrlovchi mavjudod sifatida
yaxlit baho berishi, o‘zini obyektiv dunyodan ajratishi, o‘zining
borliq olamga munosabatini anglash va unga baho berishi, o‘zini
shaxs sifatida anglashi, o‘z xatti-harakatlari,
fikrlari va hislari,
istaklari va qiziqishlarini anglashidir».
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi yosh va jinsiy o‘ziga xoslikka ega.
Masaian, o‘ziga nisbatan o‘ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish
va anglashga intilish ayniqsa, o‘smirlik davrida rivojlanadi. Bu davr
da paydo boiadigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o‘smir yigitlarda
ham nafaqat o‘ziga munosabatni, balki o‘zgalar bilan bo'ladigan
munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» obrazining yax
shi va ijobiy bo‘lishi ko‘proq bu obrazning ayollik sifatlarini o‘zida
mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o‘zida ayni paytda mavjud
ekanligiga bog‘liq bo‘lsa, yigitlardagi obraz ko‘proq jismonan barka-
mollik mezonlari bilan nechog‘li uyg‘un ekanligiga bogliq boladi.
Shuning uchun ham o‘smirlikda o‘g‘il bolalardagi bo‘yning pastligi,
muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» obrazi qator
salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan
go‘zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifat-
larning bor-yo‘qligiga bogliq holda «Men»
obrazi mazmunan idrok
qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo boigan
ayrim toshmalar yoki shunga o‘xshash fiziologik nuqsonlar kuch-
li salbiy emotsiyalarga sabab bolsa-da, baribir chiroyli kiyimlar,
taqinchoqlar yoki sochlarning o‘ziga xos turmagi bu nuqsonlarni
bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi. Lekin shuni alohida ay-
tish joizki, «Men» obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha
shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘zgalar va ularning munosabati
katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini
ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada
refleksiya deb
ataladi. Uning mohiyati — aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi
orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirishdir. Refleksiya «Men»
obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir.
«Men» obraziga doir bir qancha nuqtayi nazarlar mavjud boiib,
bulardan eng ko‘p tarqalgani quyidagi uch komponent boiib, bu
lar:
1. Bilish komponenti (o‘zini bilish).
2. Emotsional komponent (o‘z-o‘zini baholash).
3. Axloqiy komponent (o‘ziga munosabat).
Insonning o‘z-o‘zini anglashi borasida ko‘pgina olimlar ilmiy-
psixologik tadqiqot olib borganlar. Masalan, D. Mill «Men» kon-
sepsiyasini xotira bilan boglagan boisa, V. Vundt «Men»ni insonni
shaxsiy hissiyotlari bilan boglagan. l.S.K on o‘zining «Men»ning
yaratilishi» nomli asarida bu fikrlarni tahlil qilib, «inson avvalo
kishining diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratadigan sifatlarini anglaydi»
deydi. D. Midning fikricha, o‘z-o‘zini anglash bu — birgalikdagi
faoliyati tufayli birlashgan odamlarning ko‘zi bilan o‘ziga bo-
qishdir. A.N. Leontev o‘z-o‘zini anglashda ijtimoiy faoliyatning
roli haqida fikrlab, shunday deydi: «Individual «Men» o‘zining
tarkibiga ko‘ra, ijtimoiy malakalar
natijasida yuzaga keladigan
ijtimoiy tarkibdir».
Insonning o‘z-o‘zini anglashi borasida yana bir qator mulo-
hazalar bo‘lib, uni o‘rganishda asosiy fakt shundaki, u oddiy tav-
siflar kabi yuzaga kelmaydi, lekin u shaxs tarbiyasining va tar-
biyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtayi
nazardan olib qaraganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari
to‘g‘risidagi tasavvurlarning
shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif
berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini, o'zligini qanchalik
aniq bilsa, tasavvur qila olsa, uning jamiyat me’yorlariga qarshi
harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi, shunda u tar-
biyalangan boiib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: