1. NOIJTIMOIY M E’YORLARni bajarish odamga o‘z
faoli-
yatida texnika yutuqlaridan, tabiiy va sun’iy obyektlardan foydala-
nishga imkon yaratadi va shu bilan birga buni nazorat qiladi. Ularga
texnika, qishloq xo‘jaligi, iqlim bilan bog‘liq, fiziologik, biologik,
fizik, ximik, sanitar-gigiyenik kabi me’yorlar taalluqli. Texnik va
boshqa noijtimoiy me’yorlarga rioya etmaslik tabiat kuchi yoki
moddiy obyektlar tomonidan odamlarning aniq qilmishlari uchun
negativ, ya’ni yomon oqibatlarga olib keladi. Masaian,
agrotexnik
qoidalarini buzish hosildorlikning tushib ketishiga sabab bo‘ladi.
Agar texnikaviy me’yorlar bajarilmasa, Chernobl atom elektr stan-
siyasidagi kabi falokat sodir bo‘lishi mumkin.
2. IJTIMOIY M E’YORLAR insonlar o‘rtasidagi munosa
batlarni boshqaruvchi harakatlar qoidasidir. Bu o‘z navbatida
shunday tusdagi barcha vaziyatlarda keng qo‘llaniladigan va
ta’riflangan vaziyatga tushib qolganlarning hammasi bo‘ysunishi
shart bo‘lgan, bir odamning boshqa odamga nisbatan o‘zini tu-
tish qoidalarining masshtab, namuna va standartidir.
Me’yorlarning turlari.
Ijtimoiy me’yorlarni 3 asosga ko‘ra tasniflash mumkin:
1) jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘-
yicha;
2) kelib chiqish usuliga ko‘ra;
3) mustahkamlanish usuliga ko'ra.
Jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘yicha
ijtimoiy me’yorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: udum, marosim,
odat, urf-odat, huquqiy, axloqiy me’yorlar, koorporativ me’yorlar,
siyosiy me’yorlar, diniy tashkilot me’yorlari, talabalar yotoqxonasi
me’yorlari, estetik me’yorlar, etiket me’yorlari kabilar.
Odatiy meyorlar
bu muhrlanib qolgan, ma’lum faoliyat jara-
yonida ko‘p va takroran qo‘llanilishi natijasida shakllangan o‘zini
tutish qoidalaridir. Odatga aylanayotgan u yoki bu me’yor o‘zining
baholovchilik xarakterini yo‘qotadi, uning bajarilishi asosida yo-
tuvchi darajalar esa uning mavjudligi va odatiyligi oldida 2-dara-
jali boiib qoladi.
Urf-odat m e’yorlari
odat me’yorlarining bir qismi boiib, bu
oilaviy, milliy va shu kabi qoidalarni saqlab qolish bilan bog‘liq
boigan, tarixan rivojlangan va nasldan naslga o‘tuvchi umum-
lashgan qoidalardir.
Diniy m e’yorlar —
dindorlarning xudoga, machitga, cher-
kovga,
bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil
qilish va ularga amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoi-
dalaridir.
Siyosiy m e’yorlar —
qoiga olish, ushlab turish va ommaviy si-
yosiy boshqarishni qoilash bilan siyosiy guruhlardagi munosabat-
larni nazorat qiluvchi axloqiy me’yorlardir. Siyosiy me’yorlar xalq
va ijtimoiy guruhlarning davlat boshqaruvida,
davlat tashkilotlari
hamda jamiyatning boshqa siyosiy tizimidagi tashkilotlar bilan
munosabatlaridagi ishtirokini nazorat qiladi.
Iqtisodiy m e’yorlar —
ishlab chiqarish, moddiy boylik taqsimoti
va iste’moli bilan bogiiq boigan ommaviy munosabatlarni na
zorat qiluvchi axloqiy qoidalar.
Huquqiy m e’yorlar (ichki va xalqaro) —
barchaga majburiy
boigan, maxsus davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan,
shakllanadigan, tasdiqlanadigan
va davlat tomonidan nazorat
qilinadigan shaxslarning o‘zini tutish qoidalari. Ular qonunlar,
farmoyishlar, ustavlarda e’tirof etiladi va me’yoriy aktlarda aks
etadi.
Koorporativ m e’yorlar —
turli tashkilotlar o‘rtasidagi, tashkilot
a’zolari o'rtasidagi munosabatlarni nazorat qiluvchi axloqiy qoi
dalar.
Axloqiy m e’yorlar
— jamoatchilikda odamlarning yaxshihk va
yomonlik, adolat va adolatsizlik,
majburiyat, g‘urur, qadr-qim-
mat kabi axloqiy tushunchalarga muvofiqlikda o‘rnatiluvchi odob
me’yorlaridir. Axloqiy me’yorlarni buzishdagi sanksiyalar vijdon-
ning qiynalishi va qilgan ishidan afsuslanishi. Lekin jamoatchilik
tomonidan qabul qilingan axloqiy me’yorlarni buzganlarga ular to
monidan jazo berilishi mumkin. Axloqda me’yor va qarash o‘rtasida
aniq farq mavjud emas. Bir odam uchun xatti-harakatlar qoidasi
hisoblangan hodisa — boshqasi uchun majburiy bo‘lmagan, ammo
imkoniyat darajasida bajarish mumkin bo'lgan qarashdir. Shunday
bo‘lsa ham, jamoatchilikka xos axloq qoidalari ham mavjud. U
keng tarqalgan va butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan me’yorlarni
o‘z ichiga oladi.
IJTIMOIY ME’YOR
Jamoatchilik mu-
nosabatlarini na
zorat
qilish sohasi
Shakllanish usuliga
ko‘ra
Mustahkamlanish
usuliga ko'ra
i
Bu eng avvalo odamlarning boshqalarga nisbatan ijtimoiy sifat-
larining namoyon bo‘Jishi — gumanizm, rahm-shafqatlilik, xay-
rixohlik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, adolatlilik me’yorlaridir. Bu
m e’yorlar o‘zida axloqiy qadriyatlarni namoyon etadi va ularning
himoyasi jamiyatning ko‘p a’zolarini birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: