Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy me’yorlar
Ijtimoiy me’yor 
— bu ma’lum bir vaziyatda kishilar qanday 
gapirishi, qanday harakat qilishini ifodalab beruvchi namuna 
yoki qoliplardir. Ijtimoiy me’yorga olim lar tomonidan berilgan 
ta ’riflarning umumlashmasi sifatida quyidagi ta ’rifni qabul qi­
lish mumkin: 
Ijtimoiy me’yor 
— shaxs hayotida shunday kate- 
goriyaki, u jam iyatning o‘z a ’zolari xulq-atvoriga nisbatan ish- 
lab chiqqan va ko‘pchilik tom onidan e ’tibor etilgan harakatlar 
talablaridir. Me’yor so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, uning 
m azmuni «qoida», «namuna», «standart» degan m a’noni ang- 
latadi. Jamiyatdagi mavjud m e’yorlar shaxsga, oilaga, guruhga, 
tashkilotga o‘zining aslini yo‘qotmay, o‘zligicha qola oladigan 
darajada m a’lum bir chegaralarni qo‘yadi. Jamiyat a’zolarining 
shaxslararo munosabatlari, ijtimoiy guruhlarning harakat va 
faoliyatlari aynan shu jamiyatdagi ijtimoiy m e’yorlar orqali na­
zorat qilinadi.
Ijtimoiy me’yorlar — haqiqatdan ham tartib va qadriyatlar- 
ning himoyachisidir. Hattoki eng oddiy o‘zini tutish (axloqiy)


me’yorlari ham o‘zida guruh va jamiyat tomonidan qadrlanuvchi 
jihatlarni aks ettiradi.
Qadrlash va me’yor orasidagi farq quyidagicha:
— Me’yor — o‘zini tutish qoidalari hisoblansa,
— Qadrlash — yaxshilik, yomonlik, to‘g‘rilik, noto‘g‘rilik, 
majburlik va majbur emaslik kabi tushunchalar haqidagi abstrakt 
tushunchadir.
Ijtimoiy me’yorlarning vazifasi shundan iboratki, u jamiyat 
a’zolariga ma’lum bir munosabatlarda yoki harakat qilish jaray- 
yonida nima 
«to‘g ‘ri», «majburiy», «tasdiqlanuvchi», «kutiluvchi»,
«inkor etiluvchi»
ekanligini tushunishga yordam beradi. Ijtimoiy 
me’yorlarning o‘ziga xos jihatlaridan biri ularning hech qayerda 
yozilmaganligi va ularni buzgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortil- 
masligidadir. Ijtimoiy me’yorlarning o‘ziga xos belgilari sifatida 
quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin