Ijtimoiy psixologiya


 ‘zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

9. 0 ‘zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur
qilish jarayoniga nima deb aytiladi?
a) Personal identivlik
b) Refleksiya
c) Sublimatsiya
d) Persepsiya
10. Shaxs shakllanishining psixik tuzilishini uch asosiy qis-
mini Id («U»), Ego («Men»), Superego («Oliy Men»)ga ajratib
ko‘rsatgan olim.
a) D. Mid
b) A.N.Leontev
c) I.S.Kon
d) Z. Freyd


SHAXS SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI IJTI­
MOIY NAZORAT SHAKLLARI
Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Odamzotning yashash sharoiti, boshqacha qilib aytganda uni 
o£rab turgan ijtimoiy muhitning doimo o‘zgarib borishi qonuniy 
bir jarayondir, shunday ekan, shaxs muammosi va uni o‘rganish 
barcha fanlar qatori ijtimoiy psixologiya uchun ham hamisha 
dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolaveradi.
Muammolar qanchalik bir-biriga o‘xshash bo‘lmasin, ular 
har gal boshqacha tarixiy sharoitda, o‘zgargan ijtimoiy muhit- 
da yashovchi, binobarin, o‘zgacha tafakkur tarziga ega bo‘lgan 
dunyoni boshqacha his etuvchi va tushunuvchi insonning muam- 
molari bo‘lib qolaveradi.
Shaxs biologik tur bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida muayyan 
tarixiy davr va ma’lum mamlakatdagi ijtimoiy muhitning ham far- 
zandi hisoblanadi. Shaxsning qaysi tarixiy davrda, qaysi ijtimoiy 
muhitda yashashiga qarab uning fe’l-atvorida jiddiy o‘zgarishlar 
bo‘ladi.
Shaxsning fe’l-atvori, xatti-harakatida tug‘ma (irsiy) xususi- 
yatlar mavjud ekanligini ijtimoiy nazariya tarafdorlari ham tan 
olishadi, lekin ularning fikriga ko‘ra shaxsdagi bu xususiyatlar 
asosan muayyan ijtimoiy muhitda (oila, o‘quv va mehnat jamoasi, 
davr ruhi, davlat tuzilishi, kasbiy va ijodiy uyushmalar va h.k.) 
hamda mehnat, til, nutq, tarbiya, tajriba orqali o‘ziga xos ra­
vishda namoyon bo‘ladi.
Shaxs va jamiyatning shakllanishi hamda tarixiy takomili- 
da ijtimoiy mehnat, nutq va tafakkur tarzining o‘zgarishi, oila- 
nikoh munosabatlari takomillashishining ham ahamiyati katta 
bo‘lgan.
Shaxsdagi tabiiylik va ijtimoiylik o‘rtasidagi aloqadorliklarda 
ijtimoiylik mayllarining yetakchi bo‘la borishi odamning insonga, 
ya’ni jamiyatlashgan mavjudodga aylanib borishini ta’minlaydi.


Genetik jihatdan chegaralangan tabiiy omillarga ijtimoiylik 
katta ta’sir ko‘rsatishi natijasida odam hayotining davomiyligi 
ham uzayib boradi. Biologik jihatdan mehnat qila olish imkonini 
beruvchi tana tuzilishiga ega boigan odam shaxsga — ijtimoiy 
muhit ta’siri ostida rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar 
bilan munosabatga kirishuvchi, voqelikni biluvchi hamda aktiv 
o‘zgartiruvchi subyektga aylanib boradi. Shaxsning inson jinsiga 
mansublik nazariyasi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. In­
divid sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsga aylana- 
di. Shaxsning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish jarayoni odamning 
boshqalar bilan o‘zaro munosabati jarayonida amalga oshadi va 
uning «ichki dunyosi» shakllanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Shaxsda aktiv faollik bo‘lishi uning uchun xarakterli bo‘lgan xulq- 
atvor motivlarida, ko‘rsatmalarida va ularga amal qilish usullarida 
namoyon bo‘ladi.
Shaxs avvalo o‘zining qadr-qimmati va kamchiliklari bilan 
jamiyat hayotida faol qatnashganligi hamda ta’lim-tarbiya nati­
jasida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlari bilan 
paydo boigan konkret tirik odamdir.
Shaxsning faolligi uning o‘z hayoti uchun yo‘l tanlashida, bu 
yo‘lni egallashida, hatto o‘z mavqei va o‘rnini anglashida ifoda­
lanadi. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning 
individualligidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, 
psixik protsesslarning o‘sib borishi xususiyatlari, hukmron hissi- 
yotlar yig‘indisi, faoliyat motivlari va tarkib topgan qobiliyatlar 
kiradi.
Shaxs tuzilishining o'zgarishi psixologlar tomonidan aniqlan­
gan bo‘lsa-da, bu o‘zgarishlar odamning yashash sharoiti va faoli- 
yatida yuzaga keladigan o‘zgarishlarning natijasi bo‘lib, avvalo 
ijtimoiy tarbiya bilan bog‘liqdir.
Psixologiyada shaxs shakllanishiga doir bir qator nazariyalar 
mavjud bo‘lib, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtayi 
nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yori- 
tadi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik,


psixo-analitik, bixevioristik va shu kabi bir necha nazariyalarni 
misol qilib keltirishimiz mumkin. Quyida mazkur nazariyalar va 
ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Biogenetik nazariyada shaxsning biologik taraqqiyoti bosh 
omil sifatida qabul qilingan va qolgan jarayonlarning rivojlanishi 
ixtiyoriy holatda ana shu omil bilan o‘zaro bogliqlikda kechadi. 
Mazkur nazariyaga ko‘ra shaxs shakllanishining asosida biologik 
determ inantlar yo'tadi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ham 
ularga bog‘liq ravishda rivojlanadi. Biogenetik nazariya taraf- 
dorlarining shaxs shakllanishiga ta ’sir etuvchi omillar borasidagi 
qarashlari «Umumiy psixologiya» va «Yosh davrlari psixologiya- 
si» darsliklarida yoritilganligini, qolaversa ijtimoiy psixologiyada 
ijtimoiy omillarning roli haqida gapirish o‘rinli bo‘lishini hisobga 
olib sotsiogenetik nazariya haqida m a’lumotlarni beramiz.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi sotsiogenetik 
nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni 
jamiyat strukturasi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, 
atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabat vositalari asosida tu- 
shuntiriladi.
ijtimoiylashish nazariyasiga ko‘ra inson biologik tur sifatida 
tug‘ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri os- 
tida shaxsga aylanishi ta’kidlangan. Ijtimoiy yo‘nalishdagi naza- 
riyaiardan biri sifatida g‘arbda yuzaga kelgan eng muhim nazari- 
yalaridan biri — rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra jamiyat 
o'zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan 
xatti-harakatlarning barqaror usullari majmuasi yaratgan bo‘lib, 
bunda inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan maxsus rol- 
lari orqali jamiyatda namoyon etayotgan xulq-atvori va boshqalar 
bilan munosabatida uning qanday shaxs ekanligi yaqqol ko‘zga 
tashlanadi.
Ijtimoiy yo‘nalishdagi nazariyalardan biri sifatida AQSHda in­
dividual tajriba va shaxs ijtimoiylashuvida bilimlarni o‘zlashtirish 
(ko‘nikish) nazariyasi keng tarqalgan bo‘lib, mazkur nazari­
yaga binoan, shaxsning hayoti va atrof-muhitdagi voqelikka


bo‘lgan munosabati, koiiikmalarni egallashi va olgan bilimlarini 
o‘zlashtirishi ta’sir etuvchi omillarning barqarorligiga bog'liqligi 
aytib o‘tilgan.
Yuqorida keltirilgan nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy- 
tarixiy, obyektiv shart-sharoitlari haqida batafsil ma’lumotlar be- 
rilmaganligini ko‘rishimiz mumkin.
Sotsiogenetik nazariya shaxs taraqqiyotini uning atrofidagi 
ijtimoiy muhitning bevosita ta’siri natijasi deb hisoblaydi. Sot- 
siogenetiklarning fikricha, odam «ijtimoiy muhitning nusxa- 
sidir». Sotsiogenetiklar ham biogenetiklar singari rivojlanayot- 
gan odamning shaxsiy aktivligini inkor qiladilar. Odamni faqat 
atrofdagi muhitga moslashadigan, passiv rol o‘ynaydigan mavju- 
dod deb ataydilar. Shaxs taraqqiyotining qonuniyatlarini tushu- 
nishda biogenetik nazariyaga ham, sotsiogenetik nazariyaga ham 
asoslanib bo‘lmaydi.
Chet el psixologi K. Markning so‘zi bilan aytganda, inson 
shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidan 
iboratligiga e’tiroz bildirib bolmaydi. Shaxs ijtimoiy mavjudod 
bo‘lish bilan birga, o‘zida tabiiy, biologik tuzilish belgilarini 
saqlab qoladi.
Jamiyat odamni juda ko‘p jihatdan cheklab qo‘yadi, uning in- 
stinktlari va mayllarini «senzuradan» o‘tkazadi. Natijada odam 
o‘zini qo‘lga olishga, yoi qo‘yib bo‘lmaydigan xatoliklarni qil- 
maslikka, o‘zining hissiy kechinmalarini tormozlashga majbur 
bo‘ladi. Shaxsning muhitga bog'liqligi birinchi o‘ringa qo'yiladi. 
Bunda shaxs muhit orqali avtomatik ravishda belgilanadigan, ijti­
moiy muhitning oddiy funksiyasi sifatida yuzaga chiqadi. Muhit 
shaxsga o‘zining eng muhim sifatlarini ko‘chiradi. Ular shaxs ak- 
tivligining formalariga aylanadi.
Psixologiyada shaxs shakllanishiga oid nazariyalardan biri
— psixogenetik yondashuv bo‘lib, u biogenetik va sotsiogenetik 
omillarni kamsitmagan holda, shaxs psixik jarayonlarining rivoj- 
lanishini birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab 
o‘tadi.


Ularning fikrlari quyidagicha: ijtimoiy munosabatlarga kiri- 
shuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol qatnashuvchi odamni shaxs 
deb atashimiz mumkin. Avvalo inson individ sifatida dunyoga 
keladi, so‘ngra, ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxsga ayla- 
nadi. Shaxs shakllanishi uni o‘rab turgan jamiyatdagi voqelik- 
ni o‘zgartirishga qaratilgan turli-tuman faoliyatlarida namoyon 
bo‘ladi. Shaxs jamiyat bilan o‘zaro munosabatga kirishishi uning 
o‘z hayoti uchun lozim bo‘lgan yoMni tanlashida va tanlagan 
yo‘lini to‘la-to‘kis egallashida ifodalanadi.
Shaxs ijtimoiy hayotining tarkib topishida axloq va ong o‘ziga 
xos alohida ahamiyat kasb etadi. 0 ‘zida umuminsoniy xislatlarni 
shakllantirish jarayonida shaxs ishonch, haqiqat, yolg‘on, mut- 
tahamlik kabi nuqtayi nazarlarning qarama-qarshiliklariga duch 
keladi. Demak, shaxsning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosa- 
batida uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga mu- 
nosabatini ham albatta, hisobga olish lozim.
L.S.Vigotskiyning fikricha, shuni ham inobatga olish kerakki, 
bolaning psixik rivojlanishida va o‘z-o‘zini anglashning taraqqiy 
etishida nasliy omillarning ham roli mavjuddir, biroq asosiy ta- 
moyil sifatida psixikaning rivojlanishida muayyan hayot tarzining 
roli ham kattadir. Har bir psixik funksiyalar ba’zi o‘rinlarda bio­
logik organizm hayoti bilan birga shakllanib boradi.
L.S.Vigotskiy nazariyasiga ko‘ra, yuqori funksiyalarga qara- 
ganda elementar funksiyalar ko‘proq naslga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqori funksiyalarga ixtiyoriy xotira; mantiqiy tafakkur; nutq 
kirsa, elementar funksiyalarga sezish, his qilish kabilar kiradi.
Demak, shaxs psixikasining shakllanishida ham biologik, ham 
ijtimoiy omillarning ta’sirini inobatga olish muhimdir.
0 ‘rta Osiyoda ham shaxs shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillar haqida mutafakkirlarimiz o‘ziga xos fikrlarni bildirgan- 
lar. Ular orasida bu boradagi fikrlarini asosan ijtimoiy psixologik 
nuqtayi nazardan asoslashga harakat qilganlardan biri F.Attor 
hisoblanadi. Uning quyidagi fikrlari aynan ijtimoiy muhitning 
shaxsga ta’siri masalasini oydinlashtirishga qaratilgan desak, xato


bo‘lmaydi. «Ko‘zingi ochib qaragin, — deb ta’kidlaydi alloma, — 
dunyo xuddi qaynab turgan qozonday jo ‘shib-toshib turibdi, sen 
ham shu qozonning ichida qaynayapsan. Ostingda olov lovillab 
turibdi, shu sababli tinmay qaynab turibsan, dunyo bilan birga. 
Bu qudrat bor ekan, qaynash davom etadi. Ammo asosiy maqsad, 
bu qozonda pishib yetilish va «jonni jononga qo‘shish»dir. Shun- 
da quduqdan qutulib, «aynulyaqin» bo‘lasan, ilohiy saodatda 
o‘zligingni qayta namoyon qilasan. Shunda kishi: «Makon va lo- 
makon birlikda ko‘rdim, jon va jismni uzviylikda ko‘rdim», deya 
oladi bemalol».
Allomaning ushbu qarashlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, inson 
ijtimoiy muhitsiz hech kim emas. U doimo xohlaydimi-yo‘qmi, 
muhit bilan hamnafasdir. Asosiy maqsad esa «bu qozonda pishib 
yetilish va jonni jononga qo‘shish», ya’ni hayotdagi tarixiy 
o‘zgarishlar davomida shakllanish hamda muhit talablari asosida 
o‘zining shaxsiy individualligini namoyon qila olishdadir.
0 ‘zbek ma’rifatparvarlaridan biri boMmish A.Avloniy bo­
lani tarbiyalashda oilaning o‘rni va ahamiyati katta ekanligim 
ta’kidlagan. Muallif bola tarbiyasida bola yashab turgan sharoit, 
muhit, atrofdagi kishilarning roli muhimligini ta’kidlab, bu borada 
nafaqat oila, balki maktab sharoitini ham nazar-e’tibordan chetda 
qoldirmaydi. Oilaviy munosabatlardagi tarbiyalanganlik darajasi 
bolaning axloqiga, xulq-atvoriga va bola shaxsining shakllanishiga 
kuchli ta’sir etishini e’tirof etadi hamda ota-onalarga o‘z bolalari- 
ni tarbiyalashda to‘g‘ri usullardan foydalanishni maslahat beradi. 
Albatta, bola shaxsining shakllanishida oilaviy tarbiya usulining 
ahamiyati katta bo‘lib, ularni to‘g‘ri yoiga solishda har bir yosh 
davrlarining xususiyatlarini inobatga olish lozimdir.
Allomaning fikricha, inson bolasi aslida iste’dod va qobiliyat 
bilan tug‘ilgandir. Lekin undagi bu qobiliyatni kamolga yetka- 
zishda oiladagi shaxslararo munosabatlarning va bola shaxsiga 
nisbatan e’tiborning roli beqiyosdir. Alloma bola shaxsining 
shakllanishida oiladagi jismoniy tarbiya, fikr tarbiyasi, axloq tar- 
biyasining o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tadi. Avloniyning fikri-


cha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega boiish uchun 
badanni tarbiya qilish zarurdir: «Badanning salomat va quv- 
vatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki, o'qimoq, 
o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasal- 
siz jasad lozimdir».
Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko‘rsatib, salomatligini 
mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga 
yordam beradi. Sport — har qanday yoshda ham qaddi-qomatni 
tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turishning asosiy vositasi hi­
soblanadi. Mutafakkir badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom 
qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan 
tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor qara- 
tadi. Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish va bu tarbiya bilan 
muntazam shug‘ullanish benihoyat zarur va muqaddas bir vazi- 
fadir. Binobarin, «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan 
beri taqdir qilinib kelgan, u muallimlarning diqqatlariga suyalgan, 
vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki, fikrning 
quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog'liqdur». 
Fikr insonning sharofatlikka, g‘ayratli bo‘lishga yetaklaydi. Shu 
o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, aynan bizning zamonda, ya’ni 
demokratik jamiyat qurish davrida mustaqil fikrlovchi yoshlarni 
tarbiyalash muhim vazifalardandir. Zero, Prezidentimiz l.A. Kari­
mov « 0 ‘z mustaqil fikriga ega boigan, o‘z kuchiga, o‘zi tanlagan 
yo'lining to‘g‘riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bi­
lan qaraydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho‘chimaydi, 
balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga 
suyangan holda har qanday g‘arazli niyat, tahdid va intilishlarni 
fosh qilishga qodir bo‘ladi», deb bejiz aytmaganlar.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin