Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy rolning shaxs shakllanishiga ta’siri



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy rolning shaxs shakllanishiga ta’siri
Ijtimoiy rolning shaxs shakllanishiga ta’siri juda katta. Shaxs 
o‘zi bajaradigan rollar tufayli boshqalar bilan munosabatga kiri-


shadi. Shaxsning bajaradigan rollari qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning 
hayotga va jamiyatga moslashuvi osonroq kechadi. Yangi rolni 
zimmasiga olish ham shaxsdan katta mas’uliyatni talab etishi bi­
lan birga shaxs ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
psixoterapiyada shaxs xulqini korreksiya qilishga yordam beruv- 
chi imogoterapiya deb nomlanuvchi usul qo‘llaniladi. Bu usul 
D. 
Moreno 
tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, unga ko‘ra patsientga 
yangi — o‘zi istagan, lekin imkoni bo‘lmagan rolni bajarish im- 
koni beriladi. Bu orqali Moreno nevrozlarni davolagan. Har bir 
rolni o‘ziga xos bajarilishida shaxsning xarakteri, temperamenti 
va shaxsiy xususiyatlari ham katta rol o‘ynaydi.
D.A.Leontevning ta’kidlashicha, shaxs ijtimoiy rollarni 
o‘zlashtirish jarayonida ikki aspekt mavjud: texnik va fikriy. Talaba 
o‘zining talabalik rolini qabul qilar ekan, uning qanday bajarili- 
shiga e’tibor qaratadi, lekin ba’zi talabalar bu rolni o‘ziga qabul 
qilmaydilar va natijada majburiyatlarini to‘liq anglab yetmagan 
holda bu rolni bajaradilar. Shaxs butun um r yoshi, oilaviy va 
kasbiy maqomi, shaxslararo munosabatlariga bog‘liq holda yangi 
rollarni o‘zlashtirib boradi. 0 ‘zlashtirish ba’zida oson, ba’zan esa 
qiyin kechishi mumkin.
Rollardagi nizolar.
M a’lum bir rolni egallab turgan shaxs­
dan uning atrofidagi m a’lum bir guruh kutayotgan kutuvlarni 
amalga oshirilishi jarayonida sodir bo‘ladigan to'qnashuv. Ya’ni 
shaxs bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq rolni bajarishga 
majbur boiganda sodir bo‘ladigan holat. Rollar nazariyasida 
ikki xil to‘qnashuv yoki nizo turi ajratiladi: rollararo va rollar 
ichida kuzatiladigan nizolar. Rollararo to ‘qnashuvga shaxsga 
bir vaqtning o‘zida bir nechta rol bajarish to ‘g‘ri kelganda sodir 
bo‘ladi, chunki bunday vaziyatda u yoki rollarning talablarini 
bajarish uchun ruhan tayyor bo‘lmaydi (17 yoshli qiz kelinlik 
rolini eplashga zo‘rg‘a ulgurayotganida ona bo‘lishi natijasida 
bu rollarni birvarakayiga bajarishga ruhan javob bera olmaydi) 
yoki javob berish uchun vaqt va jismoniy imkoniyatlari yet- 
maydi. Rollararo nizolarni tushuntirishda am erikalik psixolog


U.G. Gucla
o‘zining «Rollardagi nizolar nazariyasi» asarini chop 
ettirgan. Bu nazariyasida u rollar to‘qnashuvi nizolar nati­
jasida yuzaga keladigan zo‘riqishlar haqida fikr bildirib, shu 
zo‘riqishlarni bartaraf etish usullarini tavsiflaydi. M uallifning 
fikriga ko‘ra, zo‘riqishlardan qutulish uchun shaxs bajarishi 
lozim bo‘lgan rollardan o‘zini birmuncha ozod qilishi kerak. 
Buning uchun qaysi rol uning uchun eng muhim ekanligini 
ajratib olishi, m a’lum bir rolining bajarilmasligiga nisbatan 
qo‘llaniladigan ijobiy yoki salbiy sanksiyalarga e’tibor berishi, 
biror rolni bajarmasligiga atrofdagilarning reaksiyasini hisobga 
olishi kerak.
Rollar ichida kuzatiladigan nizolarni tahlil qilish bir rolning 
egasiga nisbatan turli xil guruhlarda turlicha talablar qo‘yilishi 
natijasida kelib chiqadi. Bu borada M. Komarovskaya tomonidan 
Amerikadagi kollejlardan birida talabalar bilan o‘tkazilgan tadqi- 
qot klassik xarakterga ega. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, 
talaba qizlarga nisbatan ularning ota-onalarining kutuvlar bilan 
shu kollejdagi talaba yigitlarning kutuvlari orasida farq kuza- 
tilgan. Rollar bilan bog‘liq nizolar tez-tez sodir bo‘lib turuvchi 
hodisadir. Bu esa shaxslararo munosabatlarning murakkabligi 
bilan bog‘liq. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, rollardagi ni­
zolar shaxslararo o‘zaro ta ’sir jaravoniga ham ta’sir ko'rsatadi, 
shuning uchun ijtimoiy psixologlar rollardagi nizolarni hal etish 
bilan bog‘liq konsepsiyalar ishlab chiqishga harakat qilishmoq- 
da. Ulardan biri U .G udaning rollardagi zo‘riqishlar nazariyasi 
bo‘lsa, aynan shunday yo‘nalishni N. Gross, U. Meysonlarning 
ham ishlarida ko‘rish mumkin. Ular bu boradagi omillarni uch 
guruhga ajratishadi. Birinchisi, rol ijrochisiga nisbatan subyek- 
tiv munosabatlar bilan bog‘liq omillar. Ikkinchi guruhga rol­
ning ijro etilganligi yoki etilmaganligiga qarab sanksiyalarning 
qo‘llanilishi bilan bog‘liq omillar. Uchinchi guruhga rol ijro- 
chisining oriyentatsiyasini kiritishadi. Bu omillardan qay birini 
tanlash orqali rollardagi nizoni bartaraf etish rol ijrochisining 
o‘ziga bog‘liq.



Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin