gandir. Ota-onalik roli bolasiga g‘amxo‘rlik qilishga yo‘naltirilgan
bo‘lsa, rahbar shu tashkilotning yutug‘i uchun qayg‘uradi.
Ijtimoiy rollarning turi shaxsning qaysi munosabat va faoliyat
turiga taalluqli ekanligiga ko‘ra ajratiladi. Jamoatchilik muno-
sabatlariga ko‘ra ijtimoiy va shaxslararo ijtimoiy rollar mavjud.
Ijtimoiy rollar ijtimoiy maqom, kasb yoki faoliyat turiga bog‘liq.
Bu shaxsi noaniq bo‘lgan standartlashtirilgan rollar uni kim ba-
jarayotganligidan qat’i nazar shu rolning huquq va majburiyatlari
asosiga quriladi. Ijtimoiy demografik rollar: er, xotin, o‘g‘il, qiz
va h.k. kirsa, shaxslararo rollarga emotsional darajada boshqari-
luvchi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan lider, araz-
lagan shaxs, xafa yoki xursand shaxs kabi rollar kiradi.
Namoyon qilinishiga qarab faol va yashirin rollarga ajratila
di. Faol rol aniq bir vaziyat yoki vaqtda bajariladi, yashirin rol
esa dolzarb vaqtda namoyon bo‘lmaydi, lekin ushbu jarayonda
u mavjud bo£ladi. Bundan tashqari taqdirga bitilgan (ayol, yosh
bola, o‘zbek) va hayot davomida o‘zlashtirilgan (ona, rahbar,
o‘qituvchi) rollarga bolinadi.
Ijtimoiy rollar borasida ish olib borgan psixologlar Dj. Mid va
T. Shibutanining fikriga ko‘ra, ijtimoiy rollar shaxsning aniq bir
vaziyatda optimal harakat qilishini ta’minlovchi uzoq vaqt davo
mida shakllanib kelgan xulq-atvor usullaridir. Har bir rol o‘zining
huquq va majburiyatlar to‘plamiga egadir. Majburiyat — o‘z rolidan
kelib chiqib unga yoqadimi yoki yo‘qmi qat’i nazar shaxs bajarishi
lozim bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlar ketma-ketligi. 0 ‘z roliga
mos bo‘lgan majburiyatini bajarar ekan, har bir shaxs boshqalardan
talab qilishi mumkin bo‘lgan huquqlarga ham ega. Majburiyatlar
hamisha burchlar bilan birgalikda kechadi. Ularning uyg‘unligi ijti
moiy rolning me’yorida bajarilishini ta’minlaydi, aksincha holat esa
ijtimoiy rolning yaxshi o‘zlashtirilmaganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: