ijtimoiy guruh yoki jam oatchilikning munosabati tushuniladi.
Yana ham aniqroq qilib aytganda, ijtimoiy sanksiya — bu jam i-
yatdagi me’yorlarni jamiyat a’zolari tomonidan bajarilishi yoki
bajarilmasligiga nisbatan boshqa bir kishilar tomonidan bildiri-
ladigan jazolash yoki rag‘batlantirish yo‘llaridir. Sanksiyalarni
bu ma’noda ijobiy yoki salbiy sanksiyalarga ajratish mumkin.
Masalan, ijtimoiy m e’yorlar bajarilgan
holatda ijobiy sanksi-
yalar qo‘llanilsa, me’yorga amal qilinmaganda salbiy sanksi-
yalar qo‘llaniladi.
Shaxs jamiyatdagi mavjud biror turdagi me’yorni buzganda
o‘ta qattiq sanksiyalar — davlatdan quvg‘in qilish, o‘lim jazosi,
qamoq jazosi kabilar qo‘llaniladi. Sanksiyalarning eng og‘iri tabu
(axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy taqiq) va yuridik qo-
nunlarni (masalan: odam o‘ldirish, davlat sirlarini sotish) buzish-
ga nisbatan qollanilsa, eng yumshog‘i — guruhiy me’yorlarning,
shu jumladan oilaviy me’yorlarning (ro‘mol o‘ramaslik) alohida
ko‘rinishlarini buzish kiradi. Ammo
shunday guruhiy odat yoki
udumlar yoki me’yorlar mavjudki, ular juda qadrlanadi va ular
ning buzilishiga yoki ularga amal qilmaslikka qarshi ham qattiq
choralar, sanksiyalar qo‘llaniladi.
Ba’zan bir vaziyatda bir necha ijtimoiy me’yor qoidalari va
ularni nazorat qiluvchi sanksiyalar mavjud bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida shaxsning ko‘p qirrali, har tomonlama tartibli bo‘lib
rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Olimlar tomonidan sanksiyaning verbal va noverbal tur
lari ajratilgan. Bundan tashqari yana to‘rt turi ajratilgan bo‘lib,
ular: pozitiv, negativ, formal, noformal. Ular yana to‘rt tipdagi
uyg‘unlikni namoyon etadi.
Sanksiyalarning mavjudligi kishilarni ijtimoiy m e’yorlarga
amal qilishga chorlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy
m e’yorlarga amal qilgan yoki qilmagan shaxs jamiyat a ’zolari
tomonidan turli xil sanksiyalarga duch
kelishini bilgani va ang-
lagani holda mavjud me’yorlarni qabul qilib, ularga amal qila
di.
Pozitiv (ijobiy)
Negativ (salbiy)
Rasmiy
Rasmiy-pozitiv
sanksi-
yalar
(R+)
jam oatchilik
oldida
shaxsning
rasmiy
tashkilotlar
tom onidan
ragtbatlantirilishi — huku-
mat sovrinlari, davlat me-
dallari, stipendivalar.
Rasmiy-negativ
sanksiya
R — yuridik qonunlar, hu-
kum at qarorlari, buyriiq va
fa rmoyishla rid a ko'rsatilgan
jazolashlar —
qam oq jazosi,
fuqarolik huquqidan m ah-
rum etish, ishdan bo'shatish,
jarim a solish, m ulkni muso-
dara qilish kabi jazolar.
Norasmiy
Norasmiy-pozitiv
sanksiya
(N +) — rasmiy tashkilotdan
chetdaboim aganjam oatchi-
lik oldida rag'batlantirish:
kom pliment, olqishlash.
Norasmiy-negati v
sanksi-
yalar
(N ) — rasmiy bosqich
va y o i-y o 4riqiar bilan ko'rib
chiqilm agan jazolar: tanbeh,
ustidan kulish.
Tadqiqotchilar ijtimoiy me’yorlarning buzilishiga nisba
tan bee’tiborlik yoki me’yorga amal qilinmaganda sanksiya
qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligi holatini o‘rganish maqsadida
odamlarga so'rovnoma bilan murojaat qilganlar. So‘rovnomaga
kiritilgan quyidagi savolga nisbatan
bildirilgan munosabatlar
orqali ma’lum bir vaziyatda jamiyat a’zolari tomonidan sanksiya
qanchalik tez-tez qo‘llanilishi o‘rganilgan. Savol va unga beri-
ladigan javob variantlari quyidagicha:
Siz jamoat transportidasiz.
Avtobusga yoshi katta ayol chiqdi. U qo‘Jida og‘ir yuk bilan bir yosh
o'smir bolaning oldiga keldi. Bola esa ayolni ko‘ra turib unga joy
bermadi. Bunday holda Siz:
a) E 'tibor bermayman (bu holatga aralashmayman)
b) Bolaga
o‘qrayaman
yoki
ichimda
uni
yoqlamay
o‘tiraveraman
d) Bolaga tanbeh beraman (so‘zlar orqali)
Yoshi, millati va jinsi turlicha bo‘lgan 25 ta odamga ushbu
so'rovnoma bilan murojaat qilingan. Uning natijalari quyidagi
diagramma orqali ko‘rsatiladi: