Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Bostirish mexanizmi. 
U ning m azm uni muayyan g‘oya, fikr, 
xohish-istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bostirish 
m exanizm i tarbiyaning keng tarqalgan usulidir.
Ajratish mexanizmi. 
Bu ijtimoiylashuv m exanizm i sifatida in ­
son o ‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. 
U odatda nizolarni hal qilish kuzatiladi.
0 ‘z-o‘zini cheklash mexanizmi 
— agar tarbiyalanuvchiga 
uning yutuqlari do‘stinikiga nisbatan aham iyatsizroq tuyulsa, 
uning o‘ziga nisbatan hurm ati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. 
Bu esa uning o‘z «Men»ini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldi­
da ojiz qolishi demakdir.
Loyihalash 
mexanizmining o‘z kam chiliklarini boshqalarga te- 
gishli deb hisoblash tashkil qiladi.
Ijtimoiylashuvning yana bir asosiy m exanizm laridan biri 
identifikatsiyadir. 
Identifikatsiya jarayonida shaxs xayolan o ‘zini 
boshqalar bilan qiyoslaydi. Ijtimoiy, jinsiy rollarni, qadriyatlarni
an ’analarni o‘zlashtiradi, ularni o‘zaro taqqoslaydi, fikr yuritadi.
Shunday qilib, shaxsning jam iyatga muvaffaqiyatli ijtimoiy- 
lashuvida ijtimoiy agentlar, ijtimoiylashuv m exanizm larining 
ta ’siri m uhim o‘rin tutadi.
Ijtimoiylashtiruvchi maskanlar va oilaning
ijtimoiylashuvdagi o‘rni
H ar qanday shaxs ijtimoiy m uhitda yashar ekan o‘sha ijtimoiy 
m uhit uning ijtimoiylashuviga ta ’sir ko‘rsatadi va maskan vazifasi- 
ni bajaruvchi bir qancha muassasalarga ega bo‘ladi. Shaxs ijtimoi­
ylashuviga ta ’sir o ‘tkazuvchi atrof-m uhitni birlam chi va ikkilam - 
chi ijtimoiylashuv maskanlariga ajratish m um kin. Oila m uhiti har 
bir shaxs uchun ana shunday birlam chi, dastlabki ijtimoiylashuv 
o‘chog‘i, fan tilida aytilganda ijtimoiylashuv m askani hisoblanadi. 
Shuningdek, o‘zbek m uhitida m ahalla va ta ’lim -tarbiya m uas- 
sasalari ham birlamchi ijtimoiylashuv m askani sifatida qaralishi 
m um kin. Ijtimoiylashuvning ikkilam chi m askanlariga esa m eh- 
nat jam oalari, OAV, turli xil jam oatchilik tashkilotlari, din kabi-


larni kiritish m um kin. Shuningdek, m ehribonlik uylari, maxsus 
internatlar, harbiy bilim yurtlarida nisbatan uzoq vaqt mobaynida 
bolalarning tarbiyalanishini, o‘sha yerning m e’yorlari, qadriyat- 
lari va talablari ta ’sirida uning dunyoqarashi shakllanishini, o‘sha 
yerdagi ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi hisobga olinsa, bu maskan- 
lar ham ijtimoiylashuv m askanlari sifatida tan olinishi maqsadga 
muvofiqdir.
Oila — bu m askanning aham iyatini anglash uchun «Qush 
uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqolni tahlil qilishning o ‘zi 
kifoya. Ya’ni har qanday bola o ‘z oilasida o‘zlashtirgan tajriba- 
laridan hayoti davomida foydalanadi va uni keyinchalik o ‘z far- 
zandlariga ham o‘rgatadi.
H ar qanday jam iyat taraqqiyoti shu jamiyatdagi sog‘lom 
oila muhitiga bog‘liqdir. Sog‘lom oila muhitida sog‘lom avlod- 
lar tarbiyalanadi va kamol topadi. M a’lumki, dunyoga kelgan 
go‘dakning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Aynan 
shu maskan quchog‘ida bola ijtimoiy muhitga moslashib, ijtimoiy 
m e’yorlar va qadriyatlarni o ‘zlashtiradi. Shular asosida ijtimoiy 
hayotga kirib boradi. Farzand oilada kamol topar ekan, u oila 
a ’zolarining o‘zaro m unosabatlaridan doimo ibrat oladi. Shular 
zam inida u boshqa kishilarning xulq-atvori, xatti-harakatlarini 
o ‘rganib, farqlay boshlaydi va ular bilan munosabatga kirishishi, 
muloqotda bo‘lishining usul va shakllarini o‘rganib boradi.
Aynan oila bag‘rida bola boshlang‘ich ijtimoiylashuvni oladi. 
Oila a’zolarining munosabatlari misolida u boshqalar bilan muloqot 
qilishga o‘rganadi, xulq-atvori va munosabatlar shakllarini tushunib 
boradi va bu tushunchalari uning o‘smirlik va balog‘at yillarida ham 
saqlanib qoladi. Ota-onaning farzandini noto‘g‘ri xatti-harakatiga 
nisbatan reaksiyasi, ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, 
oiladagi garmoniya yoki disgarmoniya darajasi, qondosh aka-uka 
va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va un- 
dan tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda 
uning balog‘at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabatlari- 
ga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.


Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va aham iyati shundaki, uning 
ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jum ladan, 
oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni 
shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tom onlam a yetuk, barka- 
mol, aqlli, sog‘ va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega 
b o lad i. Ya’ni, oila va uning soglom m a’naviy m uhiti bolani ja ­
miyatda yashashga, o‘ziga o ‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, 
ham korlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli b o lish , m uom alada 
axloq-odob m e’yorlariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jih at­
dan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin