Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

A.Antonov
ning ta’kidlashicha, oila ijti- 
moiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday m e’yortiv va 
axborot ta ’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, ja- 
miyatdagi qonuniy m e’yorlar, xulq andozalarini egallaydi. Oila 
qanchalik inoq, uyushgan va m ustahkam b o isa, uning m e’yortiv 
ta ’siri ham shunchalik sam arali bo lad i. Bunday oilada o‘zining 
qadriyatlaridan tashqari Jam iy atn in g qadriyatlari, qonun-qoidalar 
va m e’yorlar hurm at qilinadi, bola boshidan jam iyatda yashashga 
o‘rgatilgan boladi. Uning aham iyati shundaki, farzand m aktab- 
gacha tarbiya muassasasida ham , keyinchalik m aktab, kollej yoki 
litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan 
topshiriqlarni m as’uliyat bilan vijdonan bajaradigan b o lib , bola­
lar jam iyatida ham isha o £zining o ‘rniga ega b o la oladi. Bunday 
farzandga turli bid’atlar, bem aza chaqiriqlar, d a’vatlar ta ’sir et- 
maydi, mustaqil fikrli, pok vijdonli inson b o lib yetishadi. C hun­
ki, oila bu kichik jam iyat, jam iyatning kichiklashgan andozasi, 
oila m ustahkam b o isa, jam iyat ham m ustahkam b o lish in i o ‘zbek 
xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, m ustaqillik 
yillarida oila bizning Vatanim izda qadrlanib, nikoh muqaddas 
rishta sifatida e ’zozlanib kelinmoqda.
Ko‘plab olim lar va oila m asalalari bo£yicha mutaxassislarni 
xavotirga solgan jihat shuki, zamonaviy oila o£zining bola shax- 
sini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini yaxshi va to liq ado etmayapti. 
A.Antonovning ta ’kidlashicha, zamonaviy oila oilaviy turm ush


tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o‘zining bola tar- 
biyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti. 
Bundan tashqari, G ‘arb mam lakatlarida o‘tkazilgan tadqiqot- 
larda aksariyat ayollarda onalik ustanovkalarining yo‘qligi, bola 
tarbiyalash xohishining yo‘qligi, qo‘ydi-chiqdining bemalol am al­
ga oshirilishi, rasman FH D Y b o lim larin i nikohni qayd etmay 
yashash (fuqarolik nikohi), ajrim lardan keyingi erkak va ayolning 
o‘zaro yomon munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga niho- 
yatda salbiy ta ’sir ko‘rsatmoqda. Bunday er-xotinlarning farzand- 
lari bir tom ondan um um an oila institutiga va nikohga nisbatan 
salbiy qarashlarga ega boiib, voyaga yetsalar, ikkinchi tom ondan, 
ularning xarakterida asosan xudbinlik, agressivlik kabi salbiy si- 
fatlar shakllanmoqda. Demak, jam iyatda o‘z davriga munosib, 
soglom fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishning 
m uhim omili bu rasmiy nikohda b o ig an er-xotinlar oilasining 
baham jihatlikda yashashlaridir.
Shaxs ijtimoiylashuvi m uam m osining m illiy asoslari o ‘zbek 
psixologi, professor V. Karimova tom onidan juda chuqur tahlil 
etilgan b o iib , unga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i 
oila bo‘lib, aynan ota-ona dastlabki ijtimoiy ko‘nikm alarni bola 
ongiga singdiruvchi, uning irodasini charxlovchi insonlardir. 
Oilaviy m unosabatlar bolani nafaqat shaxs sifatida o ‘zligini 
anglash, balki o‘zini u yoki bu jins vakili sifatida idrok etish 
va shaxsiy fazilatlarini takom illashtirishga ham yordam bera­
di. Bizning kuzatishlarim iz shuni isbotlaydiki, oilaning to liq
b o lish i, ya’ni, ota-onaning o'zaro tinch-totuv yashashi, ular 
orasida m e’yorl insoniy m unosabatlar va soglom m a’naviy 
m uhitning mavjudligi bolaning nafaqat jism oniy jih atd an salo- 
m atligini, balki m a’naviy va ruhiy jih atd an ham barkamol b o iib
shakllanishiga zam in yaratadi. Bola uchun oilada ham ota, ham 
onaning b o lish i zarurati shu bilan izohlanadiki, m asalan, qiz 
bola onasi va uning oilada o ‘zini tutishiga qarab, o‘zini ayollar 
jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda q an ­
day ona b o lish in i tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga b o ig a n


m unosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila 
sohibasi b o ‘lishi lozim ligini anglab boradi. Xuddi shunday, o ‘g‘il 
bola onasining fazilatlari, oiladagi tutim i va otasiga m unosaba- 
tin i idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turm ush 
qurish m um kinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi 
b o lis h i lozim ligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga 
qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birga- 
likda turm ush o‘rtog‘iga qanday m unosabatda bo‘lish lozimligi 
to ‘g‘risida bilim va tasavvurlarini o rttirib boradi. Bu psixologik 
qonuniyat b o ‘lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsiali- 
zatsiyasining yetakchi tam oyili hisoblanadi. Shu bois ham b o ­
laning tom m a’noda yaxshi tarbiya olib, jam iyatda va oilaviy 
m unosabatlarda munosib mavqega ega bo ‘lishi uchun oila m uhi- 
ti sog‘lom, barqaror, er va xotin bir-birlariga g‘am xo‘r, m ehrli va 
sadoqatli b o ‘lishlari o ‘ta m uhim dir.
H ar bir shaxs oilaning jam iyatdagi o‘rni va funksiyalarini, 
qadr-qim m atini anglam asdan, V atanning ostonadan boshlanishi- 
ni tushunm asdan turib, Vatan tuyg‘usini tom m a’noda his qila 
olmaydi. Bu ish asosan har bir o ‘zbek oilasidagi tarbiya a n ’analari 
va ularni takom illashtirish, m illiy qadriyatlarni turm ush tarzining 
ajralmas boiagiga aylantirish, m uloqot m adaniyatining sharqona 
ko‘rinishlari bilan zamonaviy shakllarini uyg'unlashtirish, m eh- 
nat tarbiyasi, uning farzandlar farovon turm ush kechirishining 
m uhim tamoyili sifatida qadrlanishiga erishishi orqali amalga 
oshirish m um kin.
Bundan tashqari, shaxsning barkamolligi har bir shaxs ongida 
oilaning muqaddasligi, Vatanning aslida oiladan boshlanishi, shu 
bois uni sevish va nikohni m uqaddas bilish zarurligini, oilaning 
jam iyat hayotida tutgan o‘rni va funksiyalarini tushuntirish orqali 
ro‘y berishi inobatga olinadi.
D em ak, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor bo‘- 
lishida m uhim aham iyat kasb etgan pedagogik m uhitdir. Shu bois 
ham olim lar oilaning eng m uhim va dastlabki vazifalaridan ham
birini tarbiyalovchi funksiya ekanligini doimo e’tirof etadilar.


Lekin ayrim oilalarda er va xotin o‘rtasida samimiy, iliq m uno- 
sabatlarning yo‘qligi, tashqi tom ondan nomiga oila qurganliklari, 
m a’nan esa bir-birlariga nisbatan begonaday bo'lib qolganliklari 
bois bu yerda o ‘zaro munosabatlar ham isha tarang, yuzaki bo‘lib 
boradi. Tabiiy, bunday m unosabatlar nafaqat ularning o ‘ziga, 
balki ularni o‘rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzand- 
larga faqat salbiy ta ’sir etadi, yoshlarning ijtimoiylashuv jarayo- 
niga to ‘g‘anoq bo‘lishi ham m um kin. «Ko‘cha bolalari», «tarbiyasi 
og‘ir bolalar», voyaga yetmay turib jinoyatga qo‘l urgan o‘sm irlar 
aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy m uhitning qurbonlari 
hisoblanadi.
Kasbni puxta egallash va fidokorona m ehnat qilish uchun ilm 
qanchalik zarur bo‘lsa, fozil farzandlar tarbiyalash va ularni in- 
sonlarga nafi tegadigan darajada yetuk qilib tarbiyalash uchun 
ham ilm -bilim shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun bu fikr- 
larning naqadar to ‘g‘riligi va ayniqsa, ayol kishi uchun savodlilik 
va ilm ning zarurati to ‘g‘risida o‘z vaqtida o ‘rta asrning ko‘zga 
ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Abdibek Sheroziy shun­
day yozgan edi: «11m — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan 
qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib 
yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa 
bola tarbiyalashda turli xatolarga yo‘l qo‘yadi».
Bobolar va momolar o‘zbek oilasida shaxsni tarbiyalashda b e­
vosita ishtirok etadilar. Azaliy turkiy udumga binoan ota-onadan 
ham ko‘ra bobo-buvilarning tarbiyaviy ta ’siri kuchliroq bo‘ladi. 
M asalan, A m ir Temur shahzodalarning tarbiyasi bilan ularning 
onalari emas, ulug‘ bibilari-buvilari shug'ullanishini lozim topgan. 
Shunga ko‘ra, Saroy-Mulk xonim Shohruh M irzoni, suyukli na- 
biralari M uham m ad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek 
M irzolar tarbiyasini o‘z bo‘yniga olgan.
Shuning uchun ham yurtim izda oila ham isha davlat himoya- 
sida va oliy qadriyat sifatida e ’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning 
asosiy va m uhim o ‘chog‘i bo‘lgani uchun ham uning shu m uhitda 
tarbiyalanayotgan yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezi-


larli, hukum at bola tarbiyasida ota-onalar m as’uliyatini oshirish 
uchun har yili xayrli tadbirlar ishlab chiqm oqda.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin